1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/99
tarix29.11.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#140414
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz

transmilliy

xalqaro

multimilliy
, supermilliy, 
global
va boshqa kompaniyalar deb 
nomlanishi mumkin. Shunga muvofiq ravishda transmilliy korporatsiya deganda, yirik 
moliyaviy, ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, savdo-servis uyushmalari tushuniladi, ular о‘z 
operatsiyalarini о‘zlari tashkil etadilar va boshqa xorijiy mamlakatlarda ham birdek amalga 
oshiradilar. Ularni shaxsiy ishlab chiqarish, bank, investitsiya, savdo-reklama faoliyati, ilmiy-
tadqiqot ishlarini amalga oshirish, kadrlarni tayyorlashni о‘z ichiga oluvchi murakkab tashkiliy 
tuzilma bir-biridan ajratib turadi. 
TMKlarning zamonaviy ajralib turadigan jihatlari quyidagilar hisoblanadi:
a) Bozorlarni reja asosida yuritish va jahon miqyosida raqobatni amalga oshirish (ayrim 
xorijiy ekspertlar global raqobatning zamonaviy atamasi uchun yangi sо‘z 
- "giperraqobat” sо‘zini ishlatadilar); 
b) Jahon bozorlarini shunday global korporatsiyalar bilan ajratish;


c) Yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida о‘z bо‘limlari faoliyatini kuzatish; 
d) Korporatsiyalar tuzilmasining moslashuvchanligi;
e) Bо‘limlar, zavodlar va qо‘shma korxonalarni yagona xalqaro boshqaruv tarmog‘iga 
birlashtirilishi; 
f) TMK faoliyat yuritayotgan davlatlarga iqtisodiy va siyosiy ta’sir kо‘rsatish.
Har qanday mamlakat uchun ilk asosiy rivojlanish, tabiiyki, ichki bozor bо‘lib qoladi (yirik 
mamlakatlar bunda g‘ayritabiiy afzalliklarga ega), modomiki, 
transmilliylashtirish jarayonlarining avj olishi bilan siyosiy iqtisodiy rivojlanishning asosiy kriter
iyasi jahon bozoriga zamonaviy mahsulotlar bilan chiqish va u yerda о‘z о‘rniga ega bо‘lishdan i
borat bо‘lib qoladi. 
Globallashtirish va regionalizatsiya
, hududiy iqtisodiy integratsiya jarayonlarining о‘zaro 
munosabati har doim ham bir xil ma’noga ega bо‘lavermaydi. Sir emaski, globallashayotgan 
jahon iqtisodiyotining bugungi holatining xarakterli belgilaridan biri kо‘p miqdorli hududiy 
iqtisodiy guruhlarning shakllantirilishi bо‘lib qolmoqda. Regionalizatsiya (hududiy iqtisodiy 
integratsiya) va globallashtirishning о‘zaro faoliyati haqidagi sodda tasavvurlar biri ikkinchisini 
inkor qiladigan pozitsiyaga mos keladi. Masalan, shunday fikrlar ham uchraydiki, bunda 
“xalqaro regionalizatsiya globallashtirishning dialektik inkori hisoblanadi, modomiki, hududiy 
ittifoqlar mamlakatlarning cheklangan miqdorinigina о‘z ichiga oladi”.
Hududiy iqtisodiy integratsiya jahon xо‘jaligi globallashuvi jarayonlarini chuqurlashtirish uchun 
dastlabki shart-sharoitlarni shakllantiradi. 
Globallashtirishning harakatlantiruvchi kuchlari globallashtirish jarayonlarining aniq omillarida 
mujassamlashadi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə