1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/99
tarix29.11.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#140414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz

kо‘rsatish mumkin:
a) Ishlab chiqarish va raqobat
b) Xalqaro savdo (tovarlar va xizmatlar);
c) Investitsiya. 
Globallashuv jarayonlariga ta’sir kо‘rsatuvchi, bevosita ularni shakllantiruvchi omillar va 
globallashuvning harakatlantiruvchi kuchlariga:
Ø jahon iqtisodiyoti doirasida kuch tо‘playotgan kapitalning jamlanishi va markazlashishini 
Ø xо‘jalik hayotining transmilliylashtirilishi - yirik transmilliy kompaniyalar va moliyaviy 
guruhlarning о‘sishi va rivojlanishini kiritish mumkin.
Zamonaviy globallashuv jarayonlariga nafaqat milliy bozorlarda, shuningdek, jahon miqyosidagi 
bozorlarda ham globallashuvni rag‘batlantiradigan bozor raqobati kabi baquvvat kuch katta 
ta’sirga ega. Raqobatning asosiy vositasi – xarajatlarni kamaytirish, tovar va xizmatlar sifatini 
oshirish, ularning turlarini kengaytirish globallashtirishning motori hisoblanadi. 


Globallashtirishning yana bir harakatlantiruvchi kuchi 
ilmiy texnikaviy taraqqiyot 
– texnologik 
innovatsiyalar bо‘lib, u transport va aloqani, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarini 
modifikatsiya qilishda yanada yaqqol namoyon bо‘ladi, tovar va xizmatlar, moliyaviy vositalar, 
g‘oya va axborot mahsulotlarini chegaraviy transport vositalariga tez va kam xarajat bilan 
joylashtirish uchun kutilmagan imkoniyatlarini yaratadi. Yangi axborot va kommunikatsiya 
texnologiyalarining yuzaga kelishi, tez harakatlanuvchi kompyuter texnikasi, signal uzatishning 
optik tо‘lqinli texnologiyasi, sputnik va uyali telefon aloqasi, kibernetika, tarmoq 
texnologiyalari, kompakt elektron qurilmalar rivojlanishi, Internet global tarmog‘i yaratilishi 
bilan, boshqa texnik yutuqlarning yuzaga kelishi bilan paydo bо‘ldi. Butunlay yangi 
imkoniyatlar axborot va kommunikatsiya texnologiyalari doirasida yangiliklarning kashf 
qilinishi globallashtirish jarayonlari rivojlanishini rag‘batlantiruvchi inqilob bilimlariga 
(knowledge-based) asoslangan haqiqiy axborot innovatsiyalari haqida gapirish imkonini beradi. 
Mavjud hisob-kitoblar va baholarga muvofiq keyingi 5-10 yil ichida dunyodagi mavjud 
axborotlarning umumiy hajmi har yarim yilda ikki barobarga oshdi va bu Mur qonuni nomini 
oldi (bu tendensiyani ilk bor topgan kishi nomi sharafiga).
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning amerika tadqiqotchisi Dj.Garret jahon iqtisodiyoti 
globallashuvining uch asosiy mexanizmini ajratib kо‘rsatadi, ularga quyidagilar kiradi: 
1) jahon savdosida о‘sib borayotgan raqobat;
2) ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish quvvatlarini boshqa mamlakatlarga joylashtirish 
hisobiga shaxsiy daromadlarini oshirishga intilishlari natijasida ishlab chiqarishning kо‘p millatli 
xarakterini о‘rnatish; 
3) moliyaviy bozorlarning xalqaro integratsiyasi.
Jahon iqtisodiyotida transmilliylashtirish jarayonlari real va moliyaviy tarmoqlarda transmilliy 
korporatsiyalar yaratilishi va ularning faoliyati jarayonlarida о‘z aksini topadi. G‘arb 
iqtisodchilarining ishlarida iqtisodiy faoliyatning bunga о‘xshash 
subyektlari 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə