1-mavzu: estetika fanining ob’ekti va va falsafiy mohiyati. Reja



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix09.01.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#98363
  1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu estetika fanining ob’ekti va va falsafiy mohiyati. Reja



1-MAVZU: ESTETIKA FANINING OB’EKTI VA VA FALSAFIY MOHIYATI. 
 
Reja: 
1. “Estetika” - nafosatni o‘rganuvchi qadimiy fan. 
2. Estetikaning ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi. 
3. Estetikaning amaliy ahamiyati. 
4.Estetika kategoriyalarining tasnifi. 
Tayanch so‘z va iboralar: Estetika, nafosat, san’at, go‘zallik falsafasi, san’at falsafasi, nafosat 
tarbiyasi,go‘zallik, ulug‘vorlik, fojialilik, kulgililik, insondagi go‘zallik, hazil, mutoiba, yumor, tabiatdagi 
ulug‘vorlik, jamiyatdagi ulug‘vorlik ,chiroylilik,
texnika estetikasi , san’at estetikasi, ijodkorlik 
,iste’dod,texnikaviy taraqqiyot, dizaynchi-injener ,tasviriy sanat – rang, dizayn, konstruktor — 
injener . 
 
Estetika” - nafosatni o‘rganuvchi qadimiy fan. 
Estetika yoxud nafosatshunoslik eng 
qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o‘z ichiga oladi. Biroq u 
o‘zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo‘lmish 
go‘zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bag‘ishlangan risolalarda, falsafa 
hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o‘z aksini topgan edi.
«Estetika» atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Gotlib 
Baumgarten
(Baumgarten / 
1714-1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug‘ 
olmon faylasufi Gotfrid Vilgelm Leybnis 
(Leibniz / 
1646-1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda 
munosabat bildirgan edi. Laybnis inson ma’naviy olamini uch sohaga – 
aql-idrok

iroda-ixtiyor

his-tuyg‘uga
bo‘ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o‘rganish lozimligini 
ta’kidlaydi. Baumgartengacha aql–idrokni o‘rganadigan fan – mantiq, iroda-ixtiyorni 
o‘rganuvchi fan esa – axloqshunoslik (etika)ning falsafada ko‘pdan buyon o‘z o‘rni bor edi. 
Biroq his-tuyg‘uni o‘rganadigan fan falsafiy maqomda o‘z nomiga ega emasdi. Baumgartenning 
bu boradagi hizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni 
anglatuvchi yunoncha aisthetikos – «oyestetikos» so‘zidan «estetika» (olmoncha 
«yestetik» –
«eshtetik») iborasini olib, ana shu bo‘shliqni to‘ldirdi. 
Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida olib qaradi. Lekin, ko‘p 
o‘tmay, u goh «go‘zallik falsafasi», goh «san’at falsafasi» sifatida talqin etila boshlandi. Estetika 
fanining eng buyuk nazariyotchilaridan biri Georg Vilgelm Fridrix Xegel (Hegel / 1770-1831) 
esa o‘z ma’ruzalarining kirish qismida yozadi: «Estetika» degan nom muvaffaqiyatsiz chiqqani 
va yuzaki ekani sababli boshqa atama qo‘llashga urinishlar bo‘ldi. So‘zning o‘z-o‘zicha bizni 
qiziqtirmasligini nazarda tutib, biz «estetika» nomini saqlab qolishga tayyormiz, buning ustiga, u 
odatiy nutqqa singishib ketgan. Shunga qaramay, bizning fanimiz mazmuniga javob beradigan 
ibora, bu – «san’at falsafasi» yoki yana ham aniqroq qilib aytganda – «badiiy ijod falsafasi».
 
Endi «Estetika» fanining mohiyatini anglatadigan 
«san’at falsafasi»
va 
«go‘zallik 
falsafasi»
iboralariga to‘xtalamiz. Estetika tarixida birinchi ibora tarafdorlari ko‘pchilikni tashkil 
etadi. Lekin, yuqorida aytib o‘tganimizdek, san’at bu fanning yagona tadqiqot ob’ekti emas. 
Hozirgi paytda texnika estetikasi va uning amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni 
go‘zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham shu fanimiz shug‘ullanadi. 
Demak, uning qamrovini san’atning o‘zi bilangina chegaralab qo‘yishga haqqimiz yo‘q. Zero 
bugungi kunda inson o‘zini o‘rab turgan barcha narsa-hodisalarning go‘zal bo‘lishini, har 
qadamda nafosatni his etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz haydayotgan 
mashina, biz uchadigan tayyora, biz yashayotgan uy, biz mehnat qiladigan ishxona, biz 
yurgizayotgan dastgoh, biz yozayotgan qalam, biz dam oladigan tomoshabog‘lar – hammasidan 
nafis bir ruh ufurib turishi lozim. 
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqsak, «Go‘zallik falsafasi» degan ibora bu fani 
mohiyatiga ko‘proq mos keladi. Negaki, u faqat san’atdagi go‘zallikni emas, balki insondagi, 


jamiyat va tabiatdagi go‘zallikni ham o‘rganadi. Shuningdek, go‘zallikdan boshqa ulug‘vorlik, 
fojiaviylik, kulgililik, mo‘jizaviylik, hayolilik uyg‘unlik, noziklik singari ko‘pdan-ko‘p 
tushunchalar mavjudki, ularni tadqiq etish ham estetika fanining zimmasida. Lekin, bu o‘rinda, 
shuni unutmaslik kerakki, mazkur tushunchalarning har birida go‘zallik, bir tomondan, unsur 
(element) sifatida ishtirok etsa, ikkinchi tomondan, ularning o‘zi go‘zallikka nisbatan unsur 
vazifasini o‘taydi. Ana shu xususiyatlarning voqelikda namoyon bo‘lishini biz 
nafosat 
deb 
ataymiz. 
Go‘zallik, ko‘rganimizdek, nafosatning bosh, yetakchi xususiyati hisoblanadi. Shu bois 
u estetikaning mezoniy tushunchalaridan biri sifatida tadqiq va talqin etiladi. Zero go‘zallikning 
ishtirokisiz yuqoridagi xususiyatlarning birortasi estetik tabiatga ega bo‘lolmaydi.
San’at estetikaning ob’ekti sifatida o‘ziga xos olam. Unda estetik xususiyatlar bo‘rtib 
ko‘zga tashlanadi. Shunga ko‘ra, uni nafosatga burkangan ijtimoiy hodisa deyish mumkin. 
San’at hayotni in’ikos ettirar ekan, insonning o‘zini o‘ziga ko‘rsatuvchi ulkan ko‘zgu vazifasini 
o‘taydi. U insonni o‘rgatadi, da’vat etadi, go‘zallashtiradi. Bu vazifalarni bajarishda estetika 
san’atning ko‘makchisi, yetakchisi hisoblanadi. Estetika bir tomondan, san’atning paydo 
bo‘lishidan tortib, uning turlariyu janrlarigacha, san’at asarining ichki murvatlaridan tortib, 
san’atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘rganadi. Ikkinchi tomondan, 
san’at uchun umumiy qonun-qoidalarni ishlab chiqadi va tadbiq etadi. Uchinchi tomondan, esa 
san’at asarini idrok etayotgan kishi ruhidagi o‘zgarishlarni nafosat nuqtai nazaridan tadqiq qiladi. 
Shunday qilib, estetika san’atni to‘la qamrab oladi va uning ich–ichiga kirib boradi: 
badiiy asarning yaratilish arafasidagi shart–sharoitlardan tortib, to u bunyodga kelib, asl egasi – 
idrok etuvchiga yetib borgunigacha bo‘lgan va undan keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda 
ulardan nazariy xulosalar chiqaradi. Zero «San’at falsafasi» iborasining siri ana shunda. 
Estetika – falsafiy fanlardan biri. Falsafa esa fanlarning podshosidir. Darhaqiqat, u 
fanlar podshosi sifatida barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlarni o‘z qamroviga olib, 
ulardan umumiy xulosalar chiqarib, shular asosida insoniyatni haqiqat tomon yetaklaydi. Shu 
bois tafakkurni falsafaning predmeti deb atash maqsadga muvofiq. Estetika esa falsafiy fan 
sifatida barcha san’atshunoslik fanlari erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu 
xulosalar asosida insonni go‘zallik orqali haqiqatga yetishtirishga xizmat qiladi. Bundan 
tashqari, estetika ishlab chiqqan qonun–qoidalar barcha san’atshunoslik fanlari uchun umumiylik 
xususiyatiga ega. Masalan, uslub, ritm, kompozitsiya v. h. borasidagi qonuniyatlar barcha san’at 
turlariga taalluqli. Hech bir alohida san’at turi haqidagi fan bunday imtiyozga ega emas. 
Masalan, adabiyotshunoslik ishlab chiqqan qofiya nazariyasini musiqa yoki me’morlik san’atiga 
tadbiq etib bo‘lmaydi. 
Estetikaning falsafiy mohiyatini yana uning san’at asariga yondashuvida ko‘rish 
mumkin. Ma’lumki, har bir san’atshunoslik ilmi o‘z tadqiqot ob’ektiga uch tomonlama – nazariy, 
tarixiy, tanqidiy jihatdan yondashadi. Masalan, adabiyotshunoslikni olaylik. Adabiyot nazariyasi 
faqat adabiyotgagina xos bo‘lgan badiiy qonuniyatlarni, badiiy qiyofa yaratish usuli va 
vositalarini o‘rganadi. Adabiyot tarixi muayyan tarixiy–badiiy jarayonlar orqali badiiy 
adabiyotning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Adabiy tanqid esa adabiy–badiiy ijodning 
zamonaviy jarayonlarini tadqiq etadi va har bir yangi asarni baholaydi, asar ijodkorining ijodiy 
rivojlanishini kuzatib boradi. Musiqada ham, tasviriy san’atda ham va boshqa san’at turlarida 
ham shunday. Estetikada esa tadqiqot ob’ektiga yondoshuv uch emas, birgina nazariy jihatdan 
amalga oshiriladi: tarix ham, tanqid ham nazariyaga bo‘ysundiriladi. To‘g‘ri, «estetika tarixi» 
degan ibora va shu nomda kurslar o‘qitiladi. Lekin bu nom, ibora shartli tarzda 
qo‘llaniladi.Chunki, u fan tarixi emas, balki tarixan davrlarga bo‘lingan estetik nazariyalar 
tahlilidir. 
Ma’lumki, san’at asarining mavjud bo‘lishi uchun to‘rt shart yoki unsur albatta zarur. 
Bular: ijodkor – badiiy asar –badiiy asarni idrok etuvchi – vositachi. Yuqoridagi misol nuqtai 
nazaridan qaraydigan bo‘lsak: yozuvchi – roman – kitobxon – tanqidchi. Adabiyotshunoslik 
bularning har birini odatda alohida-alohida o‘rganadi.


Shunday qilib, estetikaning falsafiy mohiyatini ko‘rib o‘tdik. Endi uning boshqa fanlar 
bilan o‘zaro munosabatlariga to‘xtalamiz. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə