1-mavzu: estetika fanining ob’ekti va va falsafiy mohiyati. Reja


Ulug‘vorlik va tubanlik tushunchasining mohiyati



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix09.01.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#98363
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu estetika fanining ob’ekti va va falsafiy mohiyati. Reja

Ulug‘vorlik va tubanlik tushunchasining mohiyati.
Ingliz nafosatshunosi E.Byork 
go‘zallikni ulug‘vorlik bilan qiyoslaydi va ularni alohida tushunchalar sifatida tadqiq etadi. 
I.Kant esa go‘zallik va ulug‘vorlikni uyg‘unlikda rivojlanuvchi tushunchalar deb hisoblaydi. 
Ulardan farqli o‘laroq, Xegel, ulug‘vorlikni go‘zallikning bir ko‘rinishi, ulug‘vorlik – zohiriy 
go‘zallikning botiniy go‘zallikka aylanishi, deb tushuntiradi.
Ulug‘vorlik 
– insonning narsa hodislarga estetik va axloqiy mezonlar bilan yondashishi 
va ulardan yuksak hayratlanish tuyg‘usini hosil qiluvchi estetik hissiyot majmuidir. 
Ulug‘vorlikning ko‘lami go‘zallik ko‘lami kabi cheksizdir. Ulug‘vorlik o‘zida hajm, miqdor, 
ko‘lam va buyuklikni mujassam etadi. Shiller ulug‘vorlik tushunchasini dramatiklashtiradi: u 
qayg‘u va qo‘rkuvni yengish insonni qanchalik ulug‘lashi va chiroy baxsh etishini ko‘rsatib 
beradi. Bu yerda u «axloqiy xavfsizlik» tushunchasini kiritadi. Qo‘rquv va dahshatga qarshi 
borish uchun ham xavfdan xoli bo‘lish lozim. 
Tabiatdagi ulug‘vorlik 
cheksiz osmon, purviqor tog‘lar, yuksak cho‘qqilar, moviy 
dengizlar, ming yillik chinorlar, shuningdek, vulqon va chaqmoq singari tabiat hodisalarida 
namoyon bo‘ladi. Ular uzoqdan kishilarda hech qanday hayajonli taassurot qoldirmaydi. Biroq, 
ularga yaqinlashganimiz sari ruhiyatimizni hayajon, jo‘shqinlik egallay boshlaydi, ularni 
butunligicha ko‘z bilan qamrab ololmaslik darajsiga yetganda esa bu hayajon yanada ortadi. 
Tabiatdagi ulug‘vorlik matematik va dinamik xususiyatga ega. Matematik xususiyatida xajm, 
dinamik xususiyatida kuch ustuvor ahamiyatga kasb etadi. Biroq, ikkala xususiyat ham insonda 
kuchli hayrat va hayratlanish tuyg‘ularini paydo qiladi. Tog‘lar insonni yuksak fikrlashga, buyuk 
g‘oyalarga undaydi: Everestga O‘zbekiston bayrog‘ini tikib qaytishgan alpinistlarimizning 
taassurotlari nihoyatda hayajonlidir.
Jamiyatdagi ulug‘vorlik 
umuminsoniy qadriyatlar, qahramonlik, jasorat, xalqparvarlik, 
bunyodkorlik tushunchalari bilan uyg‘unlashadi. Davlatda barqarorlik, jamiyatda adolat 
ustuvorligi, shaxsning erkin va hurfikrlilik asosida faoliyat olib borishi ijtimoiy tizimning 
ulug‘vorligini aks ettiradi.
San’atdagi ulug‘vorlik 
o‘zining har tomonlama ijodiy ifodasini topadi; san’atning 
barcha turlari uchun ulug‘vorlik asosiy mezon bo‘lib hizmat qiladi. Badiiiy adabiyot va ifodali 
san’at turlari ulug‘vorlikni tasvirlashda xilma–xil vositalardan foydalanib hamda ulug‘vorlik 
mavzusini badiiy o‘zlashtirib, qahramonlik eposlarini liro–epik dostonlarni, qahramonlik 
fojialarini, mardonavor musiqa asarlarini (simfoniya, oratoriya)ni vujudga keltirdi. San’atdagi 
ulug‘vorlik teatr, kino, badiiy adabiyot fojiaviylik bilan yonma–yon turadi: estetikaning bu ikki 
mezoniy tushunchasi o‘rtasida o‘ziga xos dialektik aloqadorlik mavjud bo‘lib, ular milliylik va 
umuminsoniylik xususiyatlariga ko‘ra farqlanadilar.
Me’morchilikdagi ulug‘vorlik 
yuksak ahamiyat kasb etadi: Samarqanddagi Registon 
maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Imom Buxoriy majmui, Buxorodagi Minorai Kalon, Xivadagi 
Kalta Minor, Shahrisabzdagi Bibixonim, Oqsaroy, Toshkentdagi Yevropa va Osiyo 


me’morchiligining yangi an’analarini uyg‘unlashtirgan Milliy Bank binosi, Oliy Majlis binosi, 
Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, Misrdagi ehromlar, yunonlarning Parfenoni, rimliklarning 
Kolizeyi, o‘rta asr gotik bosh cherkovlari shular jumlasidandir.
Tubanlik – 
insonda kuchli nafratlanish tuyg‘ularini hosil qiluvchi estetik kategoriyadir. 
Nafosatshunoslik kategoriyalari orasida xunuklik singari kishilarda salbiy his–tuyg‘u paydo 
qiladigan boshqa tushunchalar ham mavjud. Tubanlik ana shunday tushuncha: uni xunuklik bilan 
aynanlashtirib bo‘lmaydi. Chunki, xunuklik kishilarda yengil noxushlik tuyg‘usini paydo qilsa, 
tubanlik esa kuchli nafratlanish hissini uyg‘otadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə