1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Boshqaruv jarayonini tashkil etishning psixologik omillari



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə6/64
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#158967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v-fayllar.org

4.Boshqaruv jarayonini tashkil etishning psixologik omillari. 
Muayyan tashkilotni boshqarish faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, uning turli
sohalaridagi samarali rahbarlik faoliyati turlicha yondoshuv va malakali
mutaxassislar ishtirokini talab qiladi. Tashkilot miqyosidagi boyliklarni ikki asosiy
guruhga bo‘lgan holda – moddiy va nomoddiy ko‘rinishlarni qayd etishimiz
mumkin.
Nomoddiy boyliklarga shu tashkilot miqyosidagi nafaqat aqliy salohiyat,
balki inson omili bilan bog‘liq bo‘lgan hamma yutuqlar kiradi.
Muayyan tashkilotda faoliyat yurituvchi barcha shaxslar - «personal»
atamasi bilan nomlanadi. Psixolog olim T.Yu. Bazarov ta‘rifi bo‘yicha
«Tashkilotdagi barcha inson resurslari yig‘indisi - personaldir. Bunga tashkilot


xodimlari, biron loyihani joriy etishda qatnashuvchi hamkorlar, tadqiqot o‘tkazish
uchun, strategiya ishlab chiqish, biron tadbirni amalga oshirishda qatnashishga
taklif etilgan ekspertlar ham kiradi».
Tashkilotdagi inson resursi - boshqaruvga oid fanlarning diqqat markazida
turuvchi mavzu bo‘lib, tashkilotning asosiy maqsadiga qay tarzda erishish aynan
personalni malakali boshqarish bilan bog‘liqdir. Birorta tashkilotning texnologik
jarayonini boshqarish masalasi - personal boshqaruvidan ajralgan holda tahlil
qilina olmaydi. Shu o‘rinda, mashhur tadbirkor Endryu Karnegining quyidagi
so‘zlarini eslab o‘tish o‘rinlidir:
«Menga fabrikalarimni qoldirib, xizmatchilarimni olib keting va yaqin orada
zavodlarim hududida o‘tlar o‘sib ketadi. Fabrikalarimni olib qo‘yib, odamlarimni
qoldiring va yaqin orada avvalgilaridan yaxshiroq, yangi zavodlarni quramiz».
Odatda biror korxonada personalni boshqarishning huquqiy, iqtisodiy,
ijtimoiy va psixologik jihatlarini farqlash mumkin. Quyida shu jihatlar haqida
qisqacha ma‘lumot berib o‘tamiz.



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə