1-Mavzu: Adabiyot –ma’naviyatni yuksaltirish vositasi. Doston va uning turlari Reja


-6- Mavzu: Alisher Navoiy hayoti va ijodi. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti



Yüklə 182,57 Kb.
səhifə7/25
tarix15.02.2022
ölçüsü182,57 Kb.
#83779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Adabiyot ma`ruza. 2022

5-6- Mavzu: Alisher Navoiy hayoti va ijodi. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti

Alisher Navoiy lirikasi. Navoiy g‘azallari, ruboiylari va qit’alari

tahlili

Reja:

    1. Alisher Navoiy hayoti va ijodi.

    2. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti

    3. Alisher Navoiy ruboiylari

    4. Navoiy qit’alarini tahlil qilishi

    5. Navoiy qit’alarining mavzuiga ko’ra turlari

    6. Navoiy g’azallari

XV asrning ikkinchi yarmi ijtimoiy-siyosiy hayotdagi nis­biy ko‘tarilishlar yuz beradi. Bu davrda Temuriylar siyosatining o‘ziga xos qirralari yanada ko‘proq namoyon bo‘la bosh­laydi. Amir Temur boshlab bergan buyuk rivojlanish davom ettirildi. Endilikda hokimiyat tepasida Temurning farzandlari, nabiralari hukmronlik qilishardi.

Ulug‘bek zamonida Samarqandda ilm-fan nihoyatda yuk­saldi, o‘zbek fanining dunyoga yoyilishida bu davr o‘ziga xos o‘rin tutadi. Xususan, aniq fanlar rivoji, ayniqsa, matematika, astronomiyadagi yutuqlar salmoqli bo‘ldi. Birgina Ulug‘bek observatoriyasining yutuqlari natijasida 1018 ta yulduzning holati o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, yulduzlarning o‘rnini belgilashdagi aniqlik hozirgi zamon yutuqlari bilan deyarli uyg‘un keladi. Ulug‘bekning otasi Shohruh mirzo qurdirgan kutubxona salmog‘i va boyligiga ko‘ra ham o‘z zamonasida tengsiz edi.

Samarqandda Bibixonim, Shohizinda, Ulug‘bek madra­sasi, Amir Temur maqbarasi, Ulug‘bek rasadxonasi o‘sha davr me’morchiligining go‘zal obidalari sifatida bugun ham xalqimizning faxr-u iftixoriga sabab bo‘lib kelmoqda.

Hirotda Husayn Boyqaro va Alisher Navoiyning tashabbus va rahbarliklarida ko‘plab binolar, madrasa va xonaqohlar, shifoxona, hammom va karvonsaroylar qurilgani, ariq va kanallar qazilgani, bog‘-rog‘lar barpo qilingani yaxshi ma’lum.

Temuriylarning o‘zaro nifoq va kurashlari Shayboniyxonning (1451–1510) tarix maydoniga kirib kelishi va bu maydonda barqaror turib qolishi uchun imkon beradi. Shay­boniyxon ko‘chmanchi o‘zbeklarning xoni Abulxayrxonning (1428–1468) nabirasi edi. U 1499-yilda temuriylarga dastlabki zarbalarni bera boshlagan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay ularning o‘rnini deyarli egallab oladi. Shayboniyxonning o‘zi ham katta iqtidor egasi, yirik salohiyatli ijodkor edi.

Bu davrda Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar ijodi jahon adabiyotining eng porloq namunalari sifatida e’tirof etildi. Badiiy ijodning ikki tilda yaratilishi ham shu davrning muhim xususiyatlaridan edi. Navoiy, Bobur mirzo, Husayn Boyqaro, Sulton Ahmad mirzo (1451–1494) singari ijodkor­lar ikki tilda she’rlar yaratgan. Zullisonaynlik an’anasi ham Navoiy timsolida o‘zining oliy cho‘qqisiga ko‘tarildi. Alisher Navoiy boshchiligidagi adabiy harakat turkiy til mavqeyi uchun qattiq kurash olib bordi va bu borada olamshumul g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.

Alisher Navoiy faqat o‘zbek emas, balki butun turkiy xalqlar adabiyoti, jahon xalqlari adabiyoti tarixidagi eng noyob hodisalar silsilasiga mansub bo‘lgan buyuk shaxsdir. U qoldirgan merosning soni va hajmigagina emas, balki ularning mazmun va yuksak badiiyatiga ko‘ra ham tengsiz adibdir. Navoiyning kichik zamondoshi Zahiriddin Muhammad Bobur buni juda muxtasar tarzda ifodalab bergan: «Alisherbek naziri yo‘q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas. Olti masnaviy kitob nazm qilibtur, beshi «Xamsa» javobida, yana biri «Mantiq ut-tayr» vaznida «Lison ut-tayr» otliq. To‘rt g‘azaliyot devoni tartib qilibtur: «G‘aroyib us-sig‘ar», «Navodir ush-shabob», «Badoyi ul-vasat», «Favoyid ul-kibar» otliq. Yaxshi ruboiyoti ham bor. Yana «Mezon ul-avzon» otliq aruz bitibtur... Forsiy nazmda «Foniy» taxallus qilibtur. Yana musiqiyda yaxshi nimalar bog‘labtur. Yaxshi naqshlari va yaxshi peshravlari bordur».

Navoiy adabiyotshunos sifatida o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga xizmat qiladigan ko‘plab ilmiy asarlar muallifidir. Xusu­san, uning o‘zbek adabiyoti va madaniyati tarixi uchun noyob manba sifatida katta ahamiyatga ega «Majolis un-nafois» asarida 459 ta shoir, yozuvchi, ijodkor haqidagi ma’lumot­lar jamlangan. «Bu aziz kitob hazrati xoqon Shohruh mirzo podshohligi davridan boshlab, shu zamonga qadar yer yuzini ravshan vujudlari bilan bezagan va bezab turgan olim vashoirlardan ko‘plarining ba’zi sifatlaridan va ahvollaridan bayon qiladi»1, – deb bildiradi Xondamir.

Asar 8 majlisdan iborat: dastlabki majlislar xronologik tartibda, ya’ni vaqtning qadimdan shoirning zamonasigacha bo‘lgan yo‘nalishi qamrovida olingan. Keyingi majlislarda ijodkorlarning yashash joylariga ko‘ra tuzilgan, ya’ni bunda mintaqaviy (geografik) tamoyil amal qilgan. Yettinchi majlis Temur va temuriylarga, sakkizinchi majlis esa birgina Husayn Boyqaroga atalgan.

Asar faqat adiblarning hayoti va ijodiga oid materiallar bilan cheklanib qolmagan. Unda adabiyot nazariyasi, she’r san’atlari, madaniy hayot voqealari ham o‘ziga xos tarzda aks etgan. Ayrim maqolalarda adiblarning shaxsiy fazilatlari, alohida xususiyatlari ham ochib berilgan. Masalan, mashhur shoir Yahyo Sebak haqida shunday deydi: «Xuroson mulkining rangin fozili erdi, ko‘p ulum va fununda mohir erdi. Sanoe’ va aruz fanida barcha el ani musallam tutar erdi... Bu faqir aruz fanida vosita bila Mavlononing shogirdimen». Biz Navoiyning aruz ilmini Darvesh Mansurdan o‘rganganligini yaxshi bilamiz. Darvesh Mansur esa Yahyo Sebakdan tahsil olgan. Bu yerda mana shu «vosita» nazarga olingan.

Asarda Navoiyning shaxsiy hayotiga, tarjimayi holiga alo­qador ko‘plab fakt va voqealar ham aks etgan. Jumladan, ikkinchi majlisda Mavlono Sharafiddin Ali Yazdiy haqida gapirib turib, o‘zi bilan bevosita bog‘liq bir hodisani ham qayd etadi. Taqdir taqozosi bilan (Xurosondagi nomunosib shart-sharoit tufayli) Alisherlarning oilasi ham o‘z yaqinlari bilan Iroqqa yo‘l olishadi. Ular Taft shahrida bir muddat dam olish uchun to‘xtashadi. Bu shaharda mashhur tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy yashar erdi. Tasodifan, jamoa shu olim yashaydigan joy yaqinida to‘xtagan ekan. U kishi o‘ynab yurgan bolalardan birini chaqiradi. Bu bola yosh Alisher edi. «Faqir alar sari borurg‘a muvaffaq bo‘ldum. Har neki so‘radilar javob ayttim. Tabassum qilib tahsin qildilar,



Yüklə 182,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə