1-Mavzu: Adabiyot –ma’naviyatni yuksaltirish vositasi. Doston va uning turlari Reja


-Mavzu : Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi. Bobur – buyuk nosir



Yüklə 182,57 Kb.
səhifə9/25
tarix15.02.2022
ölçüsü182,57 Kb.
#83779
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Adabiyot ma`ruza. 2022

7-Mavzu : Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi. Bobur – buyuk nosir.

Reja:

  1. Z. M. Bobur hayoti va ijodi

  2. Bobur – shoh va shoir

  3. Bobur lirikasida hasbi hol ruhiyati

  4. Bobur she’riyati

Temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda tug‘ildi. Bobur Vatanimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan biridir. U nafaqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olim, balki mohir sarkarda va davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalar bilan chambarchas bog‘liq holda yuzaga keldi.

Uning mustaqil siyosiy faoliyati juda erta – otasi Umar­shayx mirzoning kutilmaganda vafot etishi munosabati bilan boshlandi. O‘shanda u bor-yo‘g‘i 12 yoshda edi.

Bobur bobosi Amir Temur davlatining poytaxti – Samarqand shahrini ishg‘ol qilish uchun bir necha marta urinib ko‘rdi. Dastlabki muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Shunga qa­ramay, uni qo‘lda tutib turishning imkonini topa olmadi. Keyinchalik u o‘z she’rlaridan birida shunday deydi:

Davron meni o‘tkardi sari somondin,

Oyirdi meni bir yo‘li xonumondin,

Gah boshima toj, gah baloyi ta’ma,

Nelarki, boshima kelmadi davrondin.

Boburning yagona maqsadi yirik va mustahkam markazlashgan davlat tuzishdan iborat edi. Bu maqsad amalga oshdi. Biroq u o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtda – Movarounnahrda emas, balki undan ancha olisda – Hindistonda amalga oshdi. Adib­ning o‘zi bu hodisadan doimo iztirobda bo‘lganligi asarlarida juda yorqin tarzda aks etgan:

Tole yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,

Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi.

O‘z yerni qo‘yub Hind sori yuzlandim,

Yo rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.

Boburdan bizga uning devonlari, «Boburnoma»si, bir qator ilmiy, tarixiy, diniy-falsafiy va axloqiy-ta’limiy ruhdagi asar­laridan iborat meros qoldi. U Xoja Ubaydullohning «Risolayi volidiya»sini o‘zbekchalashtirdi, musulmon axloqiga oid «Mu­bayyin» nomli masnaviyni yaratdi, «Xatti Boburiy»ni ixtiro qildi.

Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 1530-yil 26-dekabrda, 47 yoshida o‘zi asos solgan sal­tanat poytaxti Agrada vafot etdi va o‘sha yerda dafn etildi. Keyinchalik, 1539-yil, vasiyatiga muvofiq, xoki Kobulga keltirilib, o‘zi bunyod ettirgan «Bog‘i Bobur»ga qo‘yildi.

Bobur O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘z yurtida haqiqiy qadr-qimmat topdi. Andijon shahrida Bobur nomida universitet, teatr, kutubxo­na, milliy bog‘ («Bog‘i Bobur») bor. Bobur milliy bog‘i majmuasida «Bobur va jahon madaniyati» muzeyi, shoirning ramziy qabr-maqbarasi bunyod etilgan. Shahar markazida va Bobur bog‘idagi yodgorlik majmuyida shoirga haykal o‘rnatildi. Andijondagi markaziy ko‘chalardan biriga, shuningdek, Tosh­kentdagi istirohat bog‘i va ko‘chaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bog‘iga Bobur nomi berildi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali ta’sis etildi.

1993-yil 23-dekabrda tashkil etilgan Xalqaro Bobur jamg‘armasi Bobur ijodini o‘rganishda katta ishlarni amalga oshirdi. Jamg‘armaning ilmiy ekspeditsiyasi 10 dan ortiq Sharq mamlakatlari bo‘ylab ilmiy safarlar uyushtirib, Bobur va boburiylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi ma’lumotlar to‘plab, ularni ilmiy iste’molga kiritdi. Mazkur ma’lumotlar asosida 10 dan ziyod ilmiy, hujjatli, badiiy asar­lar, 10 ga yaqin hujjatli, videofilmlar yaratildi. Jamg‘armaning Lohur (Pokiston), Haydarobod (Hindiston), Abu Dabi (BAA), Moskva (RF), O‘sh (Qirg‘iziston), Toshkent, Namangan sha­harlarida bo‘limlari mavjud.


Yüklə 182,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə