1-Mavzu: Adabiyot –ma’naviyatni yuksaltirish vositasi. Doston va uning turlari Reja



Yüklə 182,57 Kb.
səhifə3/25
tarix15.02.2022
ölçüsü182,57 Kb.
#83779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Adabiyot ma`ruza. 2022

«RUSTAMXON» DOSTONI HAQIDA

Hurmatli o‘quvchi! Quyi sinflarda ham siz «Ravshan», «Kuntug‘mish», «Alpomish» singari dostonlar bilan tanishgan­siz. O‘ylaymizki, «Rustamxon» dostonidan olingan parchani o‘qigach sizda asarni to‘liq o‘qish ishtiyoqi paydo bo‘lsa, ajabmas.

Dostonning bosh qahramoni Rustam yoshligidan baquv­vat, mard va jasur bo‘lib ulg‘aydi. Doston voqealari rivojida Rustamning qo‘rqmas va dovyurakligini, chin insoniylik si­fatlarini ko‘rish mumkin. Kundoshlari tuhmat bilan onasini yurtdan haydab, dorga osdirmoqchi bo‘lganida, Rustam saro­simaga tushmadi. Onasini jallodlar qo‘lidan qutqarib: «Adash­ganning oldi yo‘l», – deya yo‘lga tushadi va Hukumu tog‘ida qo‘nim topib, ovchilik bilan kun ko‘ra boshlaydi.

Rustam ov kunlarining birida o‘tovga bog‘lab qo‘yilgan xushsurat qizni ko‘rib qoladi va uning ajdarga yemish uchun turganligidan xabar topadi. Xabarni eshitgan Rustam ajdar bilan jangga otlanadi. Oftoboy yalinib-yolvorib Rustamni o‘z ahdidan qaytarishga urinadi, biroq dovyurak Rustam: «Mard so‘zidan, yo‘lbars izidan burilmaydi» degan gap bor, ajdahor domiga tortadi, meni yutadi deb vahm qilmayman, qayish­may ajdahorning yo‘lini aytgin», – deydi. Ajdar bilan mar­ donavor kurashib, uni yengadi va qizni o‘limdan qutqaradi. Ajdar zulmidan xalos bo‘lgan Bujul yurti Rustamni shohlikka ko‘taradi va Oftoboyim bilan to‘yini qilib uylantirib qo‘yadi. Erkin va oddiy hayot yo‘lini tanlagan Rustam uch kundan so‘ng shohlikdan voz kechib, suyukli yorini olib, onasi oldiga qaytadi. Shu tariqa dostonda Rustam obrazi soddadil, mard va qo‘rqmas, jismonan baquvvat inson, mehribon farzand va sadoqatli yor sifatida gavdalanadi.

Dostonda bir qancha ayol obrazlari ham gavdalantirilgan. Ayniqsa, Huroyim va Oftoboyim obrazlari alohida ajralib turadi. Ularga xos go‘zallik, oqilalik, sadoqat va mehribon­lik fazilatlari doston voqealari rivojida ishonarli tasvirlangan. Xususan, Oftoboy – tengsiz go‘zal qiz. Uni birinchi ko‘rgan Rustam unga shunday murojaat qiladi:

Maloyik suratli, gul yuzli dilbar,

Seni ko‘rgan odam bo‘lar beqaror.

Oy-u kundan ziyod sening husning bor

Ne qildi seni boylab giriftor?

Oftoboyda mana shu go‘zallikka teng fahm-farosat, zukko­lik ham mavjud. Uning bu fazilatlari Sultonxon o‘z qilmish­lariga tavba qilib, o‘g‘li va xotinidan kechirim so‘rash uchun darvesh qiyofasida kelgan paytda ham ko‘rinadi. Oftoboy dos­tonda oqila kelin, suyukli yor sifatida gavdalanadi.

Dostondagi asosiy qahramonlardan biri Huroyimdir. Hu­royim Sultonxonga o‘g‘il farzand ato etadi, biroq evaziga qanchadan qancha jabr-u sitamlar ko‘radi. Kundoshlari yurtidan quvganida ham, ajal ko‘lanka solganida ham, o‘zga yurtda qiyinchilikda yashasa ham, u o‘zligidan kechmaydi. Undagi go‘zal xulq, oqilalik barcha sitamlardan qutulishida yordam berdi. Rustam darvesh sifatida kelgan Sultonxonni qilich bilan chopmoqchi bo‘lganida, Huroyimning o‘ziga xos mulohazali ayol, oqila ona, kechirimli yor ekanligi ko‘zga tashlanadi

Savollar:



  1. Rustamxon dostoni bosh qahramonlarini ayting.

  2. Rustamxon kimlarning qo`liga asir tushadi?

  3. Rustamxonning otasi kim edi?

  4. Dostonda qanday joy nomlari keltirilgan?



Yüklə 182,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə