1-Mavzu: Adabiyot –ma’naviyatni yuksaltirish vositasi. Doston va uning turlari Reja


-Mavzu: Mahmud Qoshg’ariy hayoti va ijodi



Yüklə 182,57 Kb.
səhifə4/25
tarix15.02.2022
ölçüsü182,57 Kb.
#83779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Adabiyot ma`ruza. 2022

3-Mavzu: Mahmud Qoshg’ariy hayoti va ijodi

Reja:

  1. M. Qoshg’ariy hayoti va ijodi

  2. M. Qoshg’ariy – qomusiy olim

  3. “Devoni lug’otit turk” – ilmiy, badiiy, tarixiy asar

Mahmudning ilk ustozlaridan biri qashqarlik Husayn xalifadir. So'ng u Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur, Bag'doddagi maktab va madrasalarda ilmini oshirgan.

Mahmud Koshg'ariy umri davomida qilgan mashaqqatli mehnati evaziga qomuschi olim va tolmas sayyoh bo'lib tanil- di. U turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan, turkcha-arab- cha lug'atning ilk namunasini yaratgan birinchi tilshunos olimdir. «Devonu lug'ot at-turk» Mahmud Koshg'ariy qoldir- gan va turkiy xalqlar uchun bebaho qumaru — merosdir.

Bu asarda olim turkiy tildagi so'zlar ma'nosini arab tilida izohlab beradi. Misol sifatida esa xalq tilida mavjud namu- nalarga murojaat etadi. Muallifning: «Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida hikmatli so'zlar, saj' (qofiyali nasr)lar, maqol- lar, rajaz (misralari nisbatan uzunroq bo'lgan she'r turi) va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim... Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo 'llanib kelgan she 'rlaridan, shodlik va motam kunlarida qo'llanadigan hikmatli so'zlardan, maqollardan keltirdim», — deyishi bejiz emas.

«Devonu lug'ot at-turk» asari 1072-yilda yozila boshla- gan. Ammo unga kirgan materiallar 15—20 yillar davomida to'plangan. Mahmud Koshg'ariyning o'zi: «Men turklar, turkmanlar, o'g'uzlar, chigillar, yag'molar, qirg'izlarning sha­harlari, qishloq va yaylovlarini ko 'p yillar kezib chiqdim, lug'atlarini to'pladim», — deb yozadi. Muallif: «Kitob hijriy 464-yil jumodul-avval boshlarida boshlandi va to'rt karra yo- zilgan (ko'chirilgan)dan va tuzatilgandan so'ng 466-yil jumodul- oxirning 12-kuni (1074-yil) bitirildi», — deb ko'rsatgan.

Kitobga «Devonu lug'ot at-turk» («Turkiy tillar lug'atlari») deb nom berilgan. U Abulqosim Abdulloh binni Muhammad al-Muqtadoga bag'ishlangan.

Mahmud Koshg'ariy turk tilining nozik bilimdoni va tolmas targ'ibotchisidir. U «arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib, o'zib borayotgan turk tilini» ko'klar- ga ko'taradi, uning o'ziga xos xususiyatlarini mahorat bilan ko'rsatib beradi.

«Devon» sahifalari orqali tanishish ko'z oldimizda Mah­mud Koshg'ariyni geograf, botanik, zoolog, biolog, etnograf, tilshunos, folklorshunos, adabiyotshunos, tarixchi olim sifatida namoyon qiladi. Shuning uchun ham uni qomusiy olim deb ataymiz.




Yüklə 182,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə