1-ma’ruza. Akkreditasiya va muvofiqlikni baholash soxasidagi asosiy atama va ta’riflar. Reja


 Muvofiqlikni baholashni amalga oshirish



Yüklə 146,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix11.12.2023
ölçüsü146,58 Kb.
#146358
1   2   3   4   5   6
1-ma\'ruza (1)

 
3. Muvofiqlikni baholashni amalga oshirish 
 
Muvofiqlikni baholash: 

akkreditasiya qilish; sertifikatlashtirish; 

muvofiqlikni deklarasiyalash; inspeksiya nazorati; 

yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiya
mahsulot sinovi; 

sanitariya-epidemiologiya, 
veterinariya, 
veterinariya-sanitariya, 
fitosanitariya xulosalari yoki ekologik ekspertiza yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Akkreditasiyani amalga oshirish 
Akkreditasiya akkreditasiya qilinishga talabgor bo‘lgan yuridik shaxslarning 
vakolatli ekanligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladi. Akkreditasiya 
akkreditasiya qilinishga talabgor bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ishlab 
chiqilgan hujjatlarning tahlili va ekspertizasini, olingan dalillarni tekshiruvlar 
o‘tkazish yo‘li bilan baholashni o‘z ichiga oladi. 
Muvofiqlikni deklarasiyalash 
Muvofiqlikni deklarasiyalash — mahsulotning normativ-huquqiy hujjatlar


shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga 
muvofiqligini ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki ijrochi tomonidan tasdiqlash. 
Muvofiqlikni deklarasiyalashda muvofiqlikni tasdiqlash qoidalari, tartibi va 
usullari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli normativ hujjatlarda 
belgilanadi. Agar muvofiqlikni deklarasiyalashda muvofiqlikni tasdiqlash 
qoidalari, tartibi va usullarida mahsulot sinovini o‘tkazish zarur ekanligi 
belgilangan bo‘lsa, bunday sinov akkreditasiya qilingan sinov laboratoriyasi 
(markazi) tomonidan ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki ijrochi bilan tuzilgan 
shartnoma asosida o‘tkaziladi. 
Inspeksiya nazoratini amalga oshirish 
Inspeksiya nazorati Milliy akkreditasiya organi, muvofiqlik sertifikatini 
bergan sertifikatlashtirish organlari yoki inspeksiya organlari tomonidan amalga 
oshiriladi. Inspeksiya nazorati natijalariga ko‘ra muvofiqlik sertifikatini yoki 
akkreditasiya to‘g‘risidagi guvohnomani tasdiqlash, uning amal qilishini to‘xtatib 
turish, tugatish yoxud sertifikatni yoki guvohnomani bekor qilish to‘g‘risida 
belgilangan tartibda qaror qabul qilinishi mumkin. 

Yüklə 146,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə