1-ma’ruza. Akkreditasiya va muvofiqlikni baholash soxasidagi asosiy atama va ta’riflar. Reja


 Muvofiqlikni baholashning asosiy vazifalari



Yüklə 146,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix11.12.2023
ölçüsü146,58 Kb.
#146358
1   2   3   4   5   6
1-ma\'ruza (1)

 
2. Muvofiqlikni baholashning asosiy vazifalari 
 
Muvofiqlikni baholashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

inson hayoti va sog‘lig‘i, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning 

mol-mulki xavfsizligini ta’minlash; 

atrof-muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanilishini ta’minlash; 

mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimlari, 
xodimlarning normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga 
solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash; 

muvofiqlikni baholash organlari akkreditasiyaning belgilangan sohasida 
ishlarni bajarishga vakolatli ekanligini tasdiqlash; 

ichki 
va 
tashqi 
bozorlarda 
mahsulot 
hamda 
xizmatlarning 
raqobatbardoshligini oshirish; 

xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdoda 
ishtirok etish; 

savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish. 
Muvofiqlikni baholashning asosiy prinsiplari 
Muvofiqlikni baholashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 

muvofiqlikni baholashning yagona qoidalari va tartib-taomillarini 


qo‘llash; 

muvofiqlikni baholash haqidagi axborotning ishonchliligi va ochiqligi; 

akkreditasiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarining xizmatlaridan 
foydalanishga to‘siqlar qo‘yishga va ular o‘rtasidagi raqobatni cheklashga yo‘l 
qo‘ymaslik; 

davlat sirlarining, tijorat sirining va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa 
sirning saqlanishi; 

akkreditasiya bo‘yicha faoliyatni sertifikatlashtirishga, muvofiqlikni 
deklarasiyalashga, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi 
inspeksiyani amalga oshirishga, mahsulot sinoviga, sanitariya-epidemiologiya
veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalarini berishga, ekologik 
ekspertiza o‘tkazishga doir faoliyat bilan qo‘shib olib borilishiga yo‘l qo‘ymaslik. 
Muvofiqlikni baholash ob’yektlari quyidagilardan iborat:

mahsulot; 

ishlab chiqarish jarayonlari; xizmatlar; 

menejment tizimlari; 

akkreditasiya qilinishga talabgor bo‘lgan yuridik shaxslar; 

muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor 
bo‘lgan mutaxassislar; 

muvofiqlikni baholash organlari inspeksiya nazoratidan o‘tkazilishi 
chog‘ida ushbu organlarning o‘zi. 

Yüklə 146,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə