1-ma’ruza. Akkreditasiya va muvofiqlikni baholash soxasidagi asosiy atama va ta’riflar. Reja


Muvofiqlikni tasdiqlashni amalga oshirish



Yüklə 146,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix11.12.2023
ölçüsü146,58 Kb.
#146358
1   2   3   4   5   6
1-ma\'ruza (1)

Muvofiqlikni tasdiqlashni amalga oshirish 
Mahsulot, xizmatlar, ishlab chiqarish jarayonlari, menejment tizimlari, 
xodimlarning normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga 
solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash 
sertifikatlashtirish va muvofiqlikni deklarasiyalash natijalariga ko‘ra amalga 
oshiriladi. Sertifikatlashtirish va muvofiqlikni deklarasiyalash majburiy yoxud 
ixtiyoriy tusda bo‘lishi mumkin. 
Muvofiqlikni baholash organlarining muvofiqligini tasdiqlash ularni 
akkreditasiya qilish natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. 
Muvofiqlikni baholash qoidalari va tartib-taomili 
Muvofiqlikni baholash qoidalari va tartib-taomili muvofiqlikni baholash 
sohasidagi tashkiliy hamda texnik talablarni, ishlarni bajarish va rasmiylashtirish 
tartibini, usullarini o‘z ichiga oladi. Muvofiqlikni baholashga doir ishlar xodimlar 
tomonidan amalga oshiriladi. Muvofiqlikni baholashga doir ishlarga sifat bo‘yicha 
ekspert- auditorlar va (yoki) tegishli tarmoqlarning muvofiqlikni baholash sohasida 
ishlarni tashkil etishga, ushbu sohadagi jarayonga yoki faoliyatga taalluqli maxsus 
bilim va tajribaga ega bo‘lgan texnik ekspertlar jalb qilinishi mumkin. 
Muvofiqlikni baholash natijalarini tan olish 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida o‘tkazilgan muvofiqlikni baholash 
natijalarini O‘zbekiston Respublikasida tan olish O‘zbekiston Respublikasining 
xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Muvofiqlikni baholash sohasini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston 


Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston 
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda boshqa davlat va 
xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi. 

Yüklə 146,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə