1. Chaqiq tosh ishlab chiqarish texnologiyasi Ishlab chiqarish va boyitish


-rasm. Eng oddiy maydalash-navlarga ajratish korxonasi



Yüklə 327,2 Kb.
səhifə3/4
tarix13.05.2023
ölçüsü327,2 Kb.
#110119
1   2   3   4
TOSH ISHLAB CHIQARISH ZAVODLARIDAGI ATMASFERAGA TASIRINI HISOBLASH VA LOYIHALASH

6.3-rasm. Eng oddiy maydalash-navlarga ajratish korxonasi:
1-qabul qilish; 2-ta'minlovchi; 3-maydalagich; 4-lentali transportyor; 5-g‘alvir; 6,7,8 – maydalangan mayda, o‘rtacha va yirik mahsulotlar uchun bunkerlar.

Yuqorida keltirilgan misolda, har bir maydalagichda maydalash darajasi-4 ga teng bo‘lgan i =60 ni ta'minlash uchun, maydalashni uch bosqichda amalga oshiriladi:


i =4·4·4=64.
Yiriklikni tartibga solish uchun, o‘z vaqtida, maydalashga yo‘naltirilayotgan materialning miqdorini to‘g‘ri ta'minlashda elash ishlari bajariladi.
Texnologik sharoitga bog‘liq holda quyidagi turdagi elash ishlari bajariladi: dastlabki, nazorat va yakuniy(tayyor mahsulot).
Dastlabki elash, maydalashga tushayotgan materialdan mayda sinfga mansub bo‘laklarni ajratish uchun bajariladi (6.4-rasm). Natijada maydalagichlarning ishlash sharoiti yaxshilanadi va mahsuldorligi ortadi.
Nazorat elash, yopiq siklda qayta maydalashga yo‘naltirilgan mahsulotdan alohida sinflarni ajratib olish uchun xizmat qiladi. Yopiq sikl maydalashning yakuniy bosqichida nazarda tutiladi (6.5-rasm). Yopiq siklda maydalashda kerakli fraksiyaning chiqishi ortadi va chaqiq tosh dona shakli yaxshilanadi.
Yakuniy elash, iste'molchiga tovar fraksiyali chaqiq toshni olish va jo‘natish (6.6-rasm) uchun bajariladi.
Barcha tog‘ konlari u yoki bu darajadagi mustahkamligi bo‘yicha bir jinsli bo‘lmagan toshlardan tashkil topgan.





6.4-rasm. Har bir bosqich 6.5-rasm. Maydalashning maydalash oldidan elash sxemasi: yakuniy bosqichida yopiq sikl
1- g‘alvir; 2- maydalagichni chetlab sxemasi:1-nazorat elash; 2-yakuniy o‘tish uchun transportyor; 3-(tovar) elash. maydalagich: “+” va “-” panjara usti va panjara ostidagi (mayda sinflar) mahsulotlarga mos keladi.
Hattoki nisbatan bir jinsli bo‘lgan yuqori mustahkamlikdagi granit jinslari tarkibida ham bo‘sh qo‘shimchalar uchraydi. Ohaktoshlar eng ko‘p bir jinsli bo‘lmagan holda uchraydi, ya'ni turli zichlikdagi qatlamlar shaklida hosil bo‘ladi.
Tog‘ konlarini geologik qidiruv ishlari asosida undan sifatli chaqiq tosh olish uchun, faqat o‘ta mustahkam toshlarni qazib olish kerak bo‘ladi. Biroq bu narsa ish jarayonini murakkablashtiradi va chaqiq tosh tannarxini oshiradi. Hozirgi zamonaviy chaqiq tosh ishlab chiqarishda konlarni to‘la qayta ishlash va mahsulotni mustahkamligi bo‘yicha alohida sinflarga ajratish nazarda tutiladi.
Chaqiq toshni boyitish yuqorida keltirilgan kabi shag‘al singari amalga oshiriladi.
Chaqiq tosh uchun saylanma maydalash prinsipi asosida boyitish maqsadga muvofiqdir. Bu usul quyidagilarga asoslangan. Maydalanayotgan toshning maydalik darajasi nafaqat maydalagich turi, ishlash rejimi va uni to‘g‘irlashga, balki toshning mustahkamligiga bog‘liq.
Agar doimiy rejimda ishlayotgan maydalagichdan turli mustahkamlikdagi toshlarni o‘tkazsak, u holda tosh mustahkamligi qancha kichik bo‘lsa, maydalangan mahsulot ham mayda bo‘ladi. Shu sababli maydalagandan so‘ng mahsulotdan mayda fraksiyani elashda, panjara ostida qoladigan mahsulot nisbatan bir jinsli va mustahkam hisoblanadi.
Bu yerda qo‘shimcha elashning yana bir afzalligini ko‘rish mumkin, ya'ni mustahkamligi past fraksiyalarni ajratib, yakuniy mahsulotni boyitish imkonini beradi ( rasm-6).

2 1

Yüklə 327,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə