1. Makkajo‘xori va silos yig‘ish kombaynlari O‘rgich-maydalagich mashinalar



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə1/9
tarix28.11.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#136223
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pichan o`rgichlar m


Pichan o`rgichlar


Reja:


1. Makkajo‘xori va silos yig‘ish kombaynlari

2. O‘rgich-maydalagich mashinalar


3. Pichan o‘rish, maydalash, yig‘ish tashish va

g‘aramlash mashinalari

4. Pichan presslagichlar





1. MAKKAJO‘XORI VA SILOS YIG‘ISH KOMBAYNLARI


Dehqonchilikda yetishtiriladigan asosiy mahsulotlardan eng muhimlaridan biri makkajo‘xori. Uni yig‘ishtirib olish uchun asosan „Xersones-7“ KOÏ-1,4A yig‘ish kombayni ishlatiladi.
„Xersones-7“ qatorlarining orasi 70-90 sm va qatordagi oralig‘i kamida 20 sm bo‘lgan makkajo‘xorini barcha yetilganlik bosqichida yig‘ishga mo‘ljallangan. U ÄT-75M traktoriga tirkab ishlatiladi. Yuqori hosilli makkajo‘xorini ÄT-75M traktori bilan yig‘ishda burovchi momentli kuchaytirgichdan foydalanish kerak.
Makkajo‘xorini to‘liq yetilgan paytda yig‘ishda so‘talarni po‘stidan tozalaydi va poyalardan ajratadi, shuningdek barg-poya massasini silos uchun maydalaydi. Makkajo‘xorini o‘rishda kombayn so‘talarini ajratishi va barg-poya massasini maydalash, shuningdek poya hamda so‘talarni maydalash mumkin. Makkajo‘xorini to‘liq yetilgan davrda yig‘ish uchun kombayn so‘ta uzuvchi jo‘valar bilan jihozlanadi; sut-mum pishiqlik davrida yig‘ib, so‘talarni ajratish uchun aktiv jo‘valar bilan va yig‘ish bilan barglar, poyalar hamda so‘talarni maydalash uchun biterli jo‘valar bilan jihozlangan.
Sut-mum pishiqligi davrida yetilgan makkajo‘xorini so‘talarni ajratgan holda yig‘ish texnologik jarayoni to‘liq yetilgan davrda yig‘ish jarayonidan shu bilan farq qiladiki, bunda ajratilgan so‘talar tozalash apparatini chetlab o‘tib, qiya taxta bo‘ylab so‘talar shnegiga keladi va tozalangan so‘talar konveyeri ularni kombaynning orqasiga tirkalgan telejka kuzoviga tashlaydi. Makkajo‘xorini sutmum pishiqlik darvrida so‘talarni ajratmasdan yig‘ishda poyalarni qirqish va ularni biterli jo‘valarga keltirish xuddi shu usulda amalga oshiriladi.
Makkajo‘xorini sut-mum pishiqlik davrida so‘talarni tozalab yig‘ishda kombaynning ish unumi (hosildorlik 800 sr/ga bo‘lganda) 35 t/soat ko‘k massani, to‘liq yetilgan davrda so‘talarni tozalab yig‘ishda 65—1 sr/ga ni, barg poya massani yig‘ishda esa 1 ga/soat ni tashkil etadi.
Qirquvchi apparatni rostlaganda pichoq suyanchig‘i bilan qismalar orasidagi zazor 0,6 mm dan, segmetlar bilan teskari qirquvchi plastinkalar orasida zazor esa 1 mm dan katta bo‘lmasligiga erishish kerak. Buning uchun siqish panjalari tagiga rostlash qistirmalari qo‘yiladi.
Segment tumshug‘ini shunday o‘rnatish kerakki, chekka holatlarda u teskari qirquvchi plastinka tig‘ining cheti orqasida turadigan bo‘lsin. Segmentni teskari qirquvchi plastinkalarning qirralariga nisbatan simmetrik joylashtirish zarur; simmetriklikdan 5 mm farq bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Pichoq tovonidagi sharcha va koromislo kallagi bir gorizontal tekislikda yotishi kerak.

Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə