|
Metallmaslarning umumiy xossalari
|
tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 1,43 Mb. | | #137586 |
| Metallmaslarning Reja: Normal sharoitda ba’zi metallmaslar gazsimon (vodorod, azot, kislorod, ftor, xlor), ba’zilari suyuq (brom), qolganlari qattiq (oltingugurt, uglerod, yod, fosfor va bosh.) holda uchraydi. Metallmaslar nozik tuzilmali bo‘lib, ko‘pchiligi organik erituvchilarda eriydi. Issiqlik va elektr tokini yomon o‘tkazadi.
Metallmaslar
Tipik metallmaslar metallar bilan ion bog‘li birikmalar hosil qiladi (NaCl, MgO, Na2S). Metallmaslarning o‘zaro ta’sirlashuvidan kovalent bog‘li birikmalar hosil bo‘ladi. Masalan, suv H2O, ammiak NH3 molekulalarida atomlar orasidagi qutbli kovalent bog‘, metan CH4 da esa qutbli kovalent bog‘ bo‘lib, molekulasi qutbsiz. Metallmaslar kislorod bilan kislotali oksidlar, vodorod bilan uchuvchan vodorodli birikmalar hosil qiladi. Vodorod atomining tashqi qavatida 1 ta elektron bo‘lganligi uchun (vodorodning faqat 1 ta elektroni bor) ishqoriy metallarga o‘xshab davriy jadvalning birinchi guruhida joylashgan. Shuningdek, vodorod odatdagi sharoitda gaz bo‘lganligi, molekulasi ikki atomli va bu atomlar kovalent qutbsiz bog‘langanligi sababli galogenlarga o‘xshaydi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|