1. bob. O’zbekiston Respublikasida Prezidentlik lavozimining joriy etilishi


BOB. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlari



Yüklə 61,28 Kb.
səhifə4/6
tarix12.04.2022
ölçüsü61,28 Kb.
#85370
1   2   3   4   5   6
prezident boshqaruvi

2. BOB. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlari.

2.1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ijroiy hokimiyat boshlig’i.

O’zbekistonning o’z Prezidentiga ega bo’lishi uning uchun mustaqillik yo’lidagi eng muhim, hal qiluvchi qadam bo’ldi.

Birinchilardan bo’lib O’zbekistonning, undan so’ngroq esa sobiq ittifoqchi respublikalarning ham o’z Prezidentlarining saylashi vaqtdan e’tiboran SSSR ning parchalanib ketishidagi burilish nuqtalaridan biri edi.

1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi chaqirildi. Unda tarixiy ahamiyatga molik hujjatlar qabul qilindi. Bular «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Qarori, «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risida Oliy Kengash Bayonoti» va O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risida» O’zbekiston Respublikasining Qonunidan iboratdir.

O’zbekiston Oliy Kengashining «Bayonoti» da shunday deyilgan: «O’tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining  siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o’zgarishlarni e’tiborga olib,

-xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o’z taqdirini o’zi belgilash huquqiga asoslanib,

-O’zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas’uliyatni anglab,

-shaxsning huquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o’rtasidagi chegaralarning buzilmasligi to’g’risidagi Xelsenki shartnomalariga qat’iy sadoqatini bayon etib,

-millati, diniy e’tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishini, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib,

-mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O’zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi.

O’zbekiston Respublikasining o’z tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan birga, hududi bo’linmas va daxlsizdir.

O’zbekiston Respublikasining boshqa davlatlarga hududiy da’volari bo’lmay, u o’z hududi va uning tabiiy boyliklariga nisbatan oliy huquqqa egadir.

Davlat hokimiyatining birdan-bir sohibi O’zbekiston Respublikasining ozod mustaqil xalqidir.

O’zbekiston Respublikasi to’la davlat hokimiyatiga ega, o’zining milliy – davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralarining tizimini mustaqil belgilaydi...

 O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini hamda hududiy butunligini himoya qilish maqsadlarida Mudofaa ishlari vazirligi va milliy gvardiya tuziladi. Respublika hududida joylashtirilgan SSSR Ichki ishlar vazirligining, SSSR Davlat xavfsizligi qo’mitasining idoralari shuningdek, ichki qo’shinlar O’zbekiston Respublikasining huquqiy tobeligiga olinadi...

 Bundan buyon O’zbekiston Respublikasi hududida Respublika Konstitutsiyasi va qonunlari shak-shubhasiz ustun deb e’tirof etiladi. O’zbekiston Respublikasi oldindan hech qanday shart qo’ymagan holda barcha sheriklar bilan bevosita teng huquqli, o’zaro manfaatli bitimlar hamda shartnomalar tuzish uchun o’zini ochiq deb e’lon qiladi».

Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi 1991 yil 31 avgustda qabul qilgan hujjatlar orasida «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi konstitutsiyaviy Qonun ham favqulodda ahamiyatlidir.

Qonun favqulodda ahamiyatga ega ekanligining  ma’no-mohiyati shundaki, o’sha davrda amalda bo’lgan O’zbekiston SSR Konstitutsiyasida respublikaning mustaqilligi umuman nazarda tutilmagan edi. «Demak, mustaqillikning e’lon qilinishi mutlaqo yangicha konstitutsiyaviy asosni taqozo etdi. Konstitutsiyaviy asossiz e’lon qilingan mustaqillik esa rasman tan olinmas edi. Bu xalqaro huquqning mutlaq talabi. Shu sabab mustaqillikni rasman e’lon qilishdan oldin uning konstitutsiyaviy baza-asosi bo’lib, zudlik bilan Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasida qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida» gi konstitutsiyaviy qonun xizmat qildi.

Konstitutsiyaviy qonun O’zbekistonning huquqiy holatini tubdan o’zgartirdi. O’z mohiyatiga ko’ra bu hujjat vaqtincha Konstitutsiya rolini o’ynadi».[11]

Ushbu qonun Oliy Kengash tomonidan O’zbekiston SSR ning mustaqillik Deklaratsiyasiga va O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risidagi Bayonotiga asoslanib qabul qilingan va 17 moddadan iborat.

Mazkur qonun O’zbekistonning Davlat mustaqilligiga erishganligini uzil-kesil mustahkamladi. 1-moddada, O’zbekiston Respublikasi o’z tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan birga, mustaqil demokratik davlatdir, deyiladi. 2-4-moddalarda O’zbekiston xalqining suverenligi va u respublikada davlat xokimiyatining birdan-bir sohibiligi, davlat hokimiyati uning xohish-irodasiga muvofiq vakillik organlari tizimi orqali amalga oshirilishi, hududi va chegaralari daxlsiz va bo’linmasligi, u O’zbekiston xalqining roziligisiz o’zgartirilishi mumkin emasligi belgilab qo’yilgan. 5-moddada O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va uning qonunlari ustun ekanligi va davlat idoralarining tizimi, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida qurilishi qonunlashtirildi. 6-moddada O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat qilish huquqiga ega, deb belgilab qo’yilgan bo’lsa, 7-moddada O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir, respublika hududidagi er, er osti boyliklari, suv va o’rmonlar, o’simlik va hayvonot dunyosi tabiiy va boshqa resurslar, uning ma’naviy boyliklari O’zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb mustahkamlandi. 10-moddada belgilab qo’yilganidek, O’zbekiston Respublikasi o’z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o’z oltin zahirasini yaratadi.

Oliy Kengashning «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonuni yuqorida qayd etilganlar bilan birga, O’zbekiston Respublikasi o’z hududida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni rivojlantirish va tartibga solishda inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga muvofiq inson qadr-qimmati ulug’lanishini, o’z taraqqiyot yo’lini, o’z davlat ramzlari va davlat tilini o’zi belgilaydi, deb e’lon qildi.

Mazkur qonunning qabul qilinishi mustaqillik davrida qo’lga kiritilgan yutuqlarning natijasidir. Shuning uchun ham bu qonunga O’zbekiston SSR Oliy Kengashining 1991 yil 30 sentyabr qarori bilan konstitutsiyaviy maqom berildi. Qarorda bu haqda shunday deyilgan edi: «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi 1991 yil 31 avgustida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Qonuniga konstitutsiyaviy maqom berilsin.

O’zbekiston Respublikasi amaldagi Konstitutsiyaviy moddalari «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida» gi qonunning qoidalariga amal qilinsin.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan bu tarixiy hujjatlar xalqimizning mustaqillik haqidagi asriy orzu-umidlari ro’yobga chiqqanligi va amalga oshganligining konstitutsiyaviy-huquqiy asosi bo’lib xizmat qildi.

1991 yil 31 avgustda e’lon qilingan O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi mamlakatimiz xalqlari tarixida tengi va qiyosi yo’q buyuk voqea bo’ldi.  O’zbekiston suveren, mustaqil davlat deb e’lon qilindi. O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining nomi o’zgartirilib, O’zbekiston Respublikasi deb atala boshlandi. O’zbek xalqi ham dunyodagi juda ko’plab hur va erkin xalqlar qatoridan joy oldi, o’z taqdirini o’zi hal qilish imkoniyatiga ega bo’ldi, millatlar hamdo’stligining haqiqiy a’zosi bo’ldi. O’zbekiston xalqi jonajon o’lkadagi beqiyos boylikning abadul-abad haqiqiy egasi bo’lib qoldi. Mustaqillik-xalqimizning ko’p asrlik tarixida buyuk voqeadir.

O’zbekiston Oliy Kengashining Qarori bilan 1991 yil 1 sentyabr-O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi kuni deb e’lon qilindi. Bu kunni O’zbekiston mehnatkashlari eng ulug’ va eng buyuk bayram sifatida har yili nishonlaydilar.

1991 yil 18 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sakkizinchi sessiyasida «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida» Qonun qabul qilindi. Qonunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qilib yoshi 35 dan kam bo’lmagan va 65 dan ortiq bo’lmagan, saylanish huquqiga ega bo’lgan O’zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. Qonunda shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti xalq deputati bo’lishi mumkin emasligi ham ta’kidlangan.

Konstitutsiyaning 89-moddasida belgilab qo’yilganidek, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’idir. “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi mamlakat Prezidenti bir paytda ijro etuvchi hokimiyat rahbari ham ekanini belgilaydigan normalarning o’zgartirilishi muhim siyosiy-huquqiy qadam bo’ldi. Bugungi kunda Konstitutsiyaga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat rahbari bo’lib, davlat hokimiyati organlarining o’zaro uyg’un va hamjihat faoliyat yuritishini ta’minlaydi”[12]

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga muvofiq, «...O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan etti yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O’zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi».

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bo’lib, O’zbekiston Respublikasining fuqarosigina saylanishi mumkin; davlat tilini yaxshi biladigan, O’zbekiston Respublikasi hududida kamida 10 yil muqim yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi ham Prezidentlikka saylanishi mumkin.

O’zbekistonda Prezident saylovlari umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri va yashirin ovoz berish yo’li bilan amalga oshiriladi. O’zbekistondagi 1991 va 2000 yillardagi Prezident saylovlari aynan shu yo’l bilan o’tkazildi.

Respublika Konstitutsiyasining 91-moddasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi belgilangan. Unga ko’ra, «Prezident o’z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to’lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo’lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi mumkin emas.

Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi».

Prezident O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig’ilishida qasamyod qilgan paytdan boshlab o’z lavozimiga kirishgan hisoblanadi. Prezident qasamyodining matni Konstitutsiyaning 92-moddasida berilgan: «...O’zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman»

Konstitutsiyaning 93-moddasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga uning davlat hokimiyati organlari tizimidagi o’rniga mos ravishda ko’plab vakolatlar beradi. Prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlari davlat va jamiyat hayoti faoliyatining eng muhim sohalarini qamrab oladi.

Asosiy qonunda belgilab qo’yilganidek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolarning huquq va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishning kafilidir. O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’radi.

Prezident mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O’zbekiston Respublikasi nomidan ish ko’radi.

Prezident muzokaralar olib boradi hamda O’zbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini imzolaydi, Respublika nomidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi.


Yüklə 61,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə