1. bob. O’zbekiston Respublikasida Prezidentlik lavozimining joriy etilishi


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti shaxsi daxlsizligi



Yüklə 61,28 Kb.
səhifə5/6
tarix12.04.2022
ölçüsü61,28 Kb.
#85370
1   2   3   4   5   6
prezident boshqaruvi

2.2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti shaxsi daxlsizligi.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti o’z huzurida akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi.

Prezident O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi. Prezident O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining,  ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi.

U ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi, respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi, vazirliklar, davlat qo’mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig’igi kiritadi.

Bundan tashqari Prezident O’zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig’i bilan mukofotlaydi, O’zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi. O’zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi.

Prezident amnistiya to’g’risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va O’zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi.

 Respublika Prezidenti, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini tuzadi. Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalalarga doir farmonlarni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig’iga kiritadi.

Prezident ushbu Konstitutsiya va O’zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. O’zbekiston Prezidenti o’z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.

Asosiy Qonunning 94-moddasida belgilab qo’yilganidek, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va Qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo’lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

95-moddada Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvchi, hal qilib bo’lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir necha marta O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, shuningdek, Qonunchilik palatasi bilan Senat o’rtasida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo’lmaydigan ixtiloflar yuz berganda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilishi mumkin, deb belgilab qo’yilgan.

Mazkur moddaning ikkinchi bandida, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida o’tkaziladi, deyilgan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati favqulodda holat joriy etilgan davrda tarqatib yuborilishi mumkin emas, deb qat’iy belgilab qo’yilgan.

Agar O’zbekiston Respublikasining Prezidenti betobligi sababli o’z vazifasini bajara olmasligi O’zbekiton Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qo’shma qaroriga ko’ra tuzilgan davlat tibbiy komissiyasi xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda o’n kun muddat ichida palatalarning qo’shma favqulodda yig’ilishida deputatlar, senatlar orasidan uch oygacha bo’lgan muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha  bajaruvchi saylanadi. Bu holda uch oy muddat ichida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining umumxalq saylovi o’tkazilishi shart.

97-moddaga muvofiq, vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident umrbod Senat a’zosi lavozimini egallaydi.

Konstitutsiyaning 98-moddasida belgilab qo’yilganidek, O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining boshlig’i Vazirlar Mahkamasiga tarkibida o’z lavozimi bo’yicha kiradi.

Ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi Vazirlar Mahkamasi tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Ko’rinib turganidek, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi o’z kafolatlarini  ijro etish maqsadida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.



Xulosa

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli.

Belgilab qo’yilganidek, Vazirlar Mahkamasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir. «O’zbekiston Respublikasi hukumati o’z faoliyatida bamaslahat ish ko’rish, demokratizm, qonuniylik, ijtimoiy adolat, O’zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning manfaatlarini himoyalash kabi printsiplarga rioya etadi».[13]

O’zbekistonda Islom Karimov etakchi bo’lib ishlagan  yillar tarixiy unutilmas voqealarga, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy-huquqiy sohalarda qilingan ishlarga nihoyatda boy ekanligini alohida eslatib o’tishga to’g’ri keladi.

Shular ichida eng unutilmas tarixiy voqealardan biri-XXI asr bo’sag’asida O’zbekiston Davlat mustaqilligining e’lon qilinishidir. «Bu tabarruk kun,-Islom Karimov ta’biri bilan aytganda,-O’zbekistonning ko’p asrlik tarixidan porloq sahifa bo’lib joy oldi. Mustaqillik bizni mustabid va mafkuralashgan tuzum kishanlaridan ozod qildi, o’zbek xalqiga o’z yurtida boshini baland ko’tarib yurish, o’z madaniyati va an’analarini, qadr-qimmati, dini va e’tiqodini, ona tili va ma’naviyatini qayta tiklash imkonini berdi».[14]

Mustaqillik sharofati bilan ma’naviy hayotimizda uyg’onish yuz berdi, ona tilimizni tikladik. Dinga munosabat o’zgardi. O’zligimizni angladik.

Mustaqillik tufayli siyosiy yo’lda burilish bo’ldi, necha yillik orzu-umidlarimiz ro’yobga chiqdi, iqtisodiy sohada burilish boshlandi, ijtimoiy adovat joyiga tusha boshladi. «Bir so’z bilan aytganda, istiqlol biz uchun taraqqiyotning butunlay yangi, keng ufqlarini ochdi. O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan yaratadigan bo’ldik. Hayotimiz va umumiy xonadonimizni milliy manfaat va qadriyatlarimizga, umume’tirof etilgan demokratik mezonlarga monand qilib qurishdek noyob tarixiy imkoniyatga ega bo’ldik. Bu juda katta boylik. Biz uning qadriga etishimiz, ko’z qorachig’idek asrab-avaylashimiz kerak».[15]

O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning davlat va ijroiya hokimiyati boshlig’i sifatida yurgizib va amalga oshirib kelayotgan dono siyosati va qat’iyati mamlakatimiz taraqqiyotiga olib keldi. Ayni paytda uning davlat boshlig’i sifatida chuqur o’ylangan oqilona ichki va tashqi siyosati ham dunyoda allaqachonoq e’tirof etildi.

Shunday qilib, Islom Karimov katta siyosat sahnasiga ko’tarilganidan hozirga qadar davlatni mustahkamlash, fuqarolar tinchligi, xavfsizligini ta’minlash, O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni  yanada chuqurlashtirish, jamiyatni yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish yo’lida turli siyosiy-ma’naviy vosita va usullardan foydalanib kelmoqda. Uning Vatan, xalq millat, barcha o’zbekistonliklar oldida olijanob xizmatlari beqiyos.

 



Yüklə 61,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə