1. bob. O’zbekiston Respublikasida Prezidentlik lavozimining joriy etilishi


Vatanimiz taraqqiyoti, uning dunyo hamjamiyatidan munosib o’rin egallashi



Yüklə 61,28 Kb.
səhifə3/6
tarix12.04.2022
ölçüsü61,28 Kb.
#85370
1   2   3   4   5   6
prezident boshqaruvi

1.2. Vatanimiz taraqqiyoti, uning dunyo hamjamiyatidan munosib o’rin egallashi

Respublika Oliy Kengashining o’n ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida xalq deputatlari O’zbekistonning birinchi Prezidentini yashirin ovoz berish yo’li bilan sayladilar. O’zbekiston xalqi tarixida ilk bor Prezident bo’lib Islom Abdug’anievich Karimov saylandi. Ana shu Oliy Kengash sessiyasida Islom Karimov nutq so’zlab, O’zbekistonning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash va yanada takomillashtirish, respublika iqtisodiy mustaqilligini, o’zini o’zi idora qilishga va o’zini o’zi pul bilan ta’minlashga o’tishni e’tirof etdi. O’zbekiston Prezidentlik lavozimining ta’sis etilishi mustaqillik sari qo’yilgan eng muhim qadam edi.

O’zining halolligi, chuqur bilimdonligi, o’ta mehnatsevarligi, uzoqni ko’zlab ish qilishi, yuksak talabchanligi bilan el-yurt nazariga tushgan, xalq dardi, millat qayg’usi yo’lida kuyib -yonib yashaydigan, Vatani istiqboli uchun jon kuydiradigan Islom Karimovdek benazir inson va ulug’ zotning respublika oliy rahbari, O’zbekiston Prezidenti bo’lib saylanishi mamlakatimiz xalqlarini behad quvontirdi. Chunki xalq dardi, g’am-tashvishi, orzu-niyati yo’lida tinim bilmay harakat qiladigan bu insonni o’zbek xalqi o’ziga tog’dek tayanch deb bilar, najotkor deb hisoblardi. Iqtisodiyoti inqirozga yuz tutgan, qanchadan-qancha fidoyi farzandlari nohaqdan-nohaq qamalib ketgan, milliy, ma’naviy qadriyatlari, tili, dini, urf-odatlari oyoqosti qilingan o’zbek xalqi bu ajoyib farzandi sharofati bilan qaddini tiklab olishni orziqib kutardi. Ana shu ezgu ishlarga boshchilik qilishni o’zi uchun oliy maqsad deb bilgan Islom Karimov yuksak martabaga ko’tarildi.

Jahon tajribasining ko’rsatishicha, tarixning eng qiyin, o’ta og’ir, o’ta murakkab, burilish davrlarida tarixiy shaxslar, siyosiy yo’lboshchilar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Xalqning ko’p yillik taqdiri siyosiy  yo’lboshlovchining, davlat boshlig’ining ezgu maqsadlar yo’lida qabul qiladigan qarorlariga, ilmiy-amaliy faoliyatiga, millati, xalqiga azaliy xos bo’lgan barcha noyob xislat va fazilatlariga ham ma’lum darajada bog’liqdir. Ulug’ zotlarning dono siyosati va qat’iyati mamlakatni chuqur tanglikdan, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-siyosiy inqirozlardan eson-omon olib chiqqan, uni dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari darajasiga ko’targan hollar tarixda ko’p bo’lgan. Butun bir davlatni qayta tiklab, istiqlol va taraqqiyot yo’lini belgilab bergan, uni ilg’or mamlakatlar darajasiga ko’targan, ilm-fani, madaniyati-ma’naviyati, texnika va texnologiyasini o’stirgan siyosiy etakchilarning hayoti va ijtimoiy faoliyati nafaqat ular mansub bo’lgan millat va xalq vakillarida, balki jahon jamoatchiligida ham katta qiziqish uyg’otishi tabiiy, albatta.

Buyuk shaxslarni tarix yaratadi, millat qayg’usi, xalq dardi dunyoga keltiradi, deydilar. Bu-ayni haqiqatdir. «Zotan, muayyan millat, yohud bani bashar tarixan taqdirilomon tub o’zgarishlar pallasiga kirganda buyuk shaxslarga tabiiy muhtojlik sezishi-qonuniyat. Milliy kamolotning yangi sifat bosqichi, tarixiy qismat aynan shunday. Shaxslarni kashf etsagina favqulodda taqdirilomon mohiyat-maqsadlarga erishadi. Topolmasa yo’q...

Tarixiy vaziyatning o’zi, davrning siyosiy-ma’naviy zarurati o’z tabiiy ehtiyojlarini qondirishga qodir buyuk arboblik salohiyati- sohiblarini, tafakkur daholarini kashf etadi, muqarrar istiqbolni ular taqdiri bilan bog’laydi. Bunday arboblar favqulodda Insoniy qudratlari, yuksak aqliy- shuuriy, teran quvvai hofizalari, xarakter va tafakkur kuchi bilan inkishof etgan tsivilizatsiya, davr taraqqiyotiga mislsiz buyuk ta’sir ko’rsatishadi. Tarixiy bu qonuniyat shu bois ham ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotning hal qiluvchi taqdirilomon mohiyat chorrahalari, yangicha tsivilizatsiya ibtidolari uchun alohida qimmat kasb etadi».[8]

O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov xalqimiz orasidan etishib chiqqan benazir inson va ulug’ yo’lboshchidir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Vatanimiz taraqqiyoti, uning dunyo hamjamiyatidan munosib o’rin egallashi, ichki va tashqi siyosatda erishgan ulkan yutuqlari Islom Karimovning oqilona va amaliy siyosati bilan uzviy bog’liqdir. «Dunyoda har qanday etakchining nomi ham o’z mamlakati timsoliga aylanavermaydi. Bu-faqat noyob shaxslarning ne’mati. Mustaqil O’zbekiston uchun XX asr oxiri va XXI asr boshida Islom Karimov haqli ravishda o’z mamlakatining siyosiy timsoliga aylandi.

O’zbekiston tarixan g’oyat qisqa muddatda milliy rivojlanishning qator hal qiluvchi bosqichlarini boshdan kechirdi. Har bir bosqich demokratiya va taraqqiyot sari yangi qadamdir. Ayni paytda, har bir bosqich-yangi muammolar, demakki, ularni bartaraf etish bilan bog’liq yangi vazifalar hamdir.

O’zbekistondagi islohotlar ortga qaytmas tus oldi. Barcha yangilanishlarning tashabbuskori va amalga oshiruvchisi Prezident Islom Karimov bo’ldi. Uning yurtimizda demokratik huquqiy davlat barpo etish va uni rivojlantirish nazariyasi butun dunyoda tan olindi».[9]

Islom Karimovning O’zbekiston Prezidenti, davlat boshlig’i bo’lib saylanishini Markaz, birinchi navbatda, Gorbachev va uning atrofdagilar nihoyatda qahr-g’azab bilan kutib olishdi. O’sha paytlarda yuz bergan voqealarni, Islom Karimovga bo’lgan nosamimiy, o’ta sovuq munosabatlar haqida Leonid Levitin Donal’d S. Karlayl bilan hamkorlikda yozgan «Islom Karimov – yangi O’zbekiston Prezidenti» nomli kitobi (T., «O’zbekiston», 1996, 11-bet) da quyidagilarni yozadi: «1990 yilning mart oyida u o’sha paytdagi ittifoqdosh respublikalar rahbarlari orasida birinchi bo’lib Prezidentlikka saylandi. Moskva buni juda salbiy qabul qildi. Gorbachev ochiqdan -ochiq g’azablandi. Boshqa respublikalar rahbarlari esa Karimovning Prezidentlikka saylanganini qalban - quvvatlasa-da, unga havas qilsa-da, televidenie va minbarlarda Gorbachevning «16 ta prezidenti bor davlat qanday davlat bo’ladi» degan so’zlarini qaytarish bilan band bo’ldilar. (Bu Gorbachevning navbatdagi mantiqiy fikri edi-yangidan paydo bo’layotgan davlatlar ittifoqida 16 ta parlament raislari bo’lishi mumkin emishu, 16 ta Prezident bo’lishi mumkin emas emish).

Karimovdan qutulish uchun, uning o’zining gapiga qaraganda, tazyiqning barcha yo’llardan foydalanib ko’rishdi. Gorbachev uni o’ta ketgan amalparast deb aybladi. Bu vaqtda, men ishonamanki, Karimov haqoratlangan O’zbekistonning obro’sini ko’tarish haqida o’ylardi. «1990 yil 26 martida O’zbekiston Oliy Soveti Prezidentlikni joriy etdi va meni shu lavozimga sayladi. Shundan so’ng men Moskvaga SSSR Davlat Kengashi yig’ilishiga keldim. Gorbachev meni O’zbekiston Prezidenti deya piching, haqoratomuz so’zlar bilan kengash a’zolariga tanishtirdi va tartibga solib qo’yishga va’da berdi. Bu erda u prezidentlikni bekor qilishni nazarda tutdi. Men unga shunday davom etadigan bo’lsa, men kengashni tashlab ketaman» dedim. So’ng Moskva har qanday yo’l bilan bo’lsa ham meni olib tashlashga urindi, ammo hech narsaga erisha olmadi. Kuchlar endi boshqacha edi. Meni qo’llab-quvvatlagan xalq ham boshqacha fikrlay boshlagandi».

Va bu kurashda Karimov o’zi va xalqi uchun hamma narsaga tayyor yo’lboshchi sifatida g’olib chiqdi».

Islom Karimov juda qaltis paytda hokimiyat tepasiga keldi. Chunki u vaqtlarda SSSR ning taqdiri hal bo’layotgan edi. «Markaz» rahbarlari butun kuch va vositalarni, harbiy kuchlarni, iqtisodiy imkoniyatlarini, ayg’oqchilarni, ichki ishlar xizmatchilarini, butun boshli sud va prokuratura xodimlarini, ommaviy axborot vositalarini ishga solib, chirib borayotgan totalitar tuzumni qanday qilib bo’lmasin saqlab qolishga, umrini cho’zishga tish-tirnog’i bilan harakat qilardi. G’azabga kelgan Markaziy hokimiyat rahm-shafqat nimaligini bilmasdi, insonlarning qonini to’kishdan tap tortmasdi, yo’q joydan milliy mojarolarni, qirg’inborotlarni, xunrezliklarni keltirib chiqarardi. Qolaversa, sodir etilayotgan qonli to’qnashuvlar, ularning kelib chiqish sabablari haqida hech kim aniq ma’lumotga ega emasdi, minglab yillar davomida yonma-yon yashab, birodarlashib ketgan, tili tiliga yaqin, urf-odatlari deyarli aynan bo’lgan qardosh-qarindosh bo’lgan xalqlar va millatlar o’rtasidagi qonli nizolar va to’qnashuvlarning asosiy sabablari, negizlari, manbalari odamlardan, jahon afkor ommasidan ataylab sir saqlanardi. Holbuki, barcha mudhish voqealarning hammasi yuqoridan, Markazdan turib tashkil etilardi, boshqarib,  alangalatib, olovga kerosin sepilib turilardi.

Voqealar rivojlangan sari rivojlanib, kun sayin keskinlashib, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlar tobora avj olib, chuqurlashib, alal-oqibat Markazning tinka-madori qurib, umri qisqarib, vaqt-soati yaqinlashib borardi.

Ana shunday o’ta qaltis, nihoyatda xatarli sharoitda taqdir Islom Karimov zimmasiga jamiyatning murakkab ichki va tashqi siyosiy sharoitda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va davlat, huquq masalalarini hal qilishga da’vat etilgan qayta o’zgartiruvchisi  bo’lishidek nihoyatda og’ir vazifani yukladi. Shunday vaziyatda Islom Karimov o’zini buyuk davlat rahbari sifatida namoyon etdi.Haqiqatan ham O’zbekistonning o’z Prezidentini, keyinroq borib boshqa sobiq ittifoqchi respublikalarning bundan o’rnak olib o’z Prezidentlarini saylashlari SSSR ning sekin-asta parchalanib, tarix qa’riga abadul-abad ketishining asosiy sabablaridan biri bo’ldi. Yakkalanib qolgan, mamlakatdagi tobora og’irlashib borayotgan iqtisodiy va siyosiy vaziyatdan garang bo’lib qolgan Gorbachev esa bu qonuniy jarayonni oldini ololmay qoldi. Yagona markaz zaiflashib, ulkan mamlakatning hayoti butunlay izdan chiqdi. «Aytish mumkinki, bu jarayon XX asrning eng asosiy, eng muhim ijtimoiy-siyosiy tamoyili sifatida ajralib turadi.Va, nihoyat, asr adog’iga kelib tarix taqozosi bilan olamdagi yirik va so’nggi imperiyalardan biri bo’lmish SSSR emirildi. Har qancha olijanob shiorlar bilan bejab-bo’yalsa-da, mohiyat e’tiboriga ko’ra mustamlaka saltanati bo’lgan Sovet Ittifoqi besamar kommunistik tajriba qurboni bo’ldi. Dunyoning oltidan bir qismini egallagan ulkan mamlakatda mutelik holatida yashagan xalqlar qaramlik kishanlaridan halos bo’ldilar. Ularning har biri o’z imkoniyati, o’z aql-zakovati darajasida milliy davlatlarni barpo etishga kirishdi.

O’zbekiston xalqi ham asriy orzusiga erishdi. Aziz Vatanimiz uzra istiqlol bayrog’i hilpiradi».




Yüklə 61,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə