1. bob. O’zbekiston Respublikasida Prezidentlik lavozimining joriy etilishi


BOB.  O’zbekiston Respublikasida Prezidentlik lavozimining joriy etilishi



Yüklə 61,28 Kb.
səhifə2/6
tarix12.04.2022
ölçüsü61,28 Kb.
#85370
1   2   3   4   5   6
prezident boshqaruvi

1.BOB.  O’zbekiston Respublikasida Prezidentlik lavozimining joriy etilishi.

1.1. Prezidentlik saylovini o’tkazish tartibi.

«O’tmishda O’zbekistonda davlat boshlig’i lavozimi yo’q edi. 1927, 1937 va 1978 yillardagi Konstitutsiyalarda davlat boshlig’i instituti nazarda tutilmagandi. Davlat boshlig’i vazifasini Oliy Sovet Prezidiumi amalga oshirardi. «O’zbekiston davlatchiligi tarixida prezidentlik instituti juda qisqa tarixga ega. O’zbekiston sobiq sho’rolar Ittifoqi tarkibida ekanligida prezidentlik lavozimini joriy etish to’g’risida so’z yuritish mumkin emas edi. Chunki respublikada hokimiyat faqat rasmiy ravishda bitta organ-sho’rolar qo’lida bo’lib, sho’rolar qonun chiqarish va ijro etish hokimiyatini birlashtirgan, hokimiyatining bo’linish printsipi amalga oshirishga yo’l qo’yilmagan edi».[3]

1990 yilda O’zbekiston Respublikada Oliy Kengashi sobiq ittifoqdosh respublikalar o’rtasida birinchi bo’lib prezidentlik lavozimini joriy etdi. Bu juda qaltis va xatarli davr edi. Hali Markaz o’ta kuchli va dahshatli bo’lib turgan kezlarda O’zbekistonda prezidentlik lavozimini ta’sis etish katta jasorat edi. O’sha paytda «Islom Karimov millat tarixining tub burilish-taqdirilomon sifat bosqichi ibtidosida turdi. Davlat feodalizmi bo’lmish totalitar mafkura hukmron SSSR davridayoq sobiq ittifoqchi respublikalar rahbarlari orasida birinchi bo’lib, mavjud siyosiy-ijtimoiy tuzumning boshqaruv tizimlarini dadil ravishda demokratik isloh qilishdek mardona siyosiy yo’lni tanladi va sobiq ittifoqdosh  respublikalar rahbarlari oldida ilk bor O’zbekistonda boshqaruvning eng demokratik shakli-Prezidentlik institutini joriy etdi (1990). Bu siyosiy demokratik qadam bo’lajak istiqlol sari tashlangan birinchi amaliy odim edi. Mavjud totalitar tizimni demokratik isloh qilishda izchil davom etgan Islom Karimov Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi tashabbuskoriga aylandi. Tub siyosiy-ijtimoiy mlhiyati bilan bu hujjat bo’lajak milliy mustaqil davlatchilikning dastlabki huquqiy asosi bo’ldi».[4]

Islom Karimov juda katta va murakkab siyosat maydoniga siyosiy kurashlar junbushga kela boshlagan, O’zbekistonda siyosiy, ijtimoiy -iqtisodiy, madaniy, tazyiqlar, inqirozlar yuz berib turgan og’ir bir sharoitda etuk siyosiy hodim sifatida maydonga kirib kelgandi.

M.V. Gafarali va A.Ch. Kasaevning «Rivojlanishning o’zbek modeli: tinchlik va barqarorlik-taraqqiyot asosi» (T., «O’zbekiston» 2001 yil) asarida to’g’ri ta’kidlaganidek, 80-yillar oxirida jamiyatda hukmron doiralardan norozilik kuchayib bordi va xalq nazarida obro’sizlanib bo’lgan boshqaruv tuzilmalarini, eng avvalo, butun sho’ro siyosiy tizimining yadrosi bo’lgan xo’jalik vazifalarida ishlab kelgani, Karimovning sog’lom texnogratizmi va pragmatizmi uning taomillarini chetlab, partiya piramidasining cho’qqisiga ko’tardi. 1989 yil iyun oyidagi Karimov Qashqadaryo viloyatidan Toshkentga O’zbekiston Kompartiyasi Markazqo’mining birinchi kotibi sifatida qaytib keladi. Lekin, afsuski, respublikaning o’sha vaqtdagi partiya rahbariyati no’noq siyosat yuritganligi va harakatsizligi tufayli O’zbekiston fuqarolar urushi yoqasiga kelib qolgan edi (11-12-betlar).

Islom Karimovning  o’zi bir intervyusida O’zbekiston rahbari etib tayinlashini, o’sha paytdagi siyosiy vaziyatning naqadar og’irligini quyidagicha hikoya qiladi: «Men qanday qilib O’zbekiston Kompartiyasi Markazqo’mining birinchi kotibi bo’ldim? 1989 yilning iyuni edi. Tahlikali kunlar. Farg’ona, Qo’qon, Quvasoy, Guliston, Parkent, Bo’kada qonli to’qnashuvlar payti edi.

Xuddi bug’ qozonni qopqog’i otilib ketgandek. Xo’rlik va tahqirli yillarda yig’ilib qolgan alamlar butun respublikada to’lqin bo’lib ko’tarilgan. Hokimiyat vaziyatni boshqarolmay qolgandi.

Bu boshboshdoqlikni to’xtata oladigan odamni axtarishardi.

Natijada menda to’xtashdi. Men, albatta, qanday mas’uliyatni bo’ynimga olayotganimni bilardim. Nafaqat mansab, obro’yimni, balki butun hayotimni garovga qo’yayotganimni bilardim».[5]

Islom Karimovning siyosiy donishmandligi va tadbirkorligi tufayli O’zbekiston qisqa vaqt ichida to’fon bo’lib bostirib kelayotgan falokatdan saqlanib qoldi, millatlararo qarama-qarshiliklarga barham berildi, fuqarolar urushi yong’ini o’chirildi, ko’p millionli aholi yashaydigan respublikada va mintaqada tinchlik va osoyishtalik ta’minlandi, ko’pmillatli  respublikamizda millatlar va dinlar o’rtasida totuvlik va barqarorlikka erishildi. Islom Karimov hokimiyat tepasiga kelgan mamlakatda tartib o’rnatildi. Buning uchun hech bo’lmaganda Farg’ona fojiasining va O’sh viloyatidagi o’zbeklar bilan qirg’izlar o’rtasidagi qurolli qarama-qarshiliklarni oldi olinganligini eslashning o’zi kifoya.

Islom Karimov tashabbusi bilan Oliy Kengashda 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risidagi Deklaratsiya» o’zbek davlatchiligi tarixida birinchi tinch yo’l bilan o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi to’g’risidagi hujjat edi. Unga ko’ra o’zbek xalqining davlat boshqaruvida har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini va farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb o’z zimmasiga olgan holda, xalqaro huquq qoidalariga asoslanib, o’zining «Davlat mustaqilligi to’g’risidagi Deklaratsiyasi» ni e’lon qildi. Bundan buyon O’zbekiston o’zining tashqi munosabatlarida, davlat hokimiyati masalalarini hal etishda tanho hokimligini, uning chegaralari va hududi daxlsiz ekanligi, o’z taraqqiyot yo’lini, o’z nomini, davlat ramzlarini (gerb, bayroq, madhiya) o’zi ta’sis etishi va demokratik huquqiy davlat tashkil topganligini butun dunyoga ma’lum qildi.

O’zbekistonda Prezidentlik lavozimining joriy etilishi mamlakatimiz xalqlari hayotida ro’y bergan buyuk tarixiy voqea bo’ldi.

O’zbekistonda prezidentlik lavozimining ta’sis etilishini tasodifiy hodisa deb bo’lmaydi. Buni ob’ektiv zaruriyatga aylantirgan, kun tartibiga keltirib qo’ygan bir qancha sabablar mavjud edi. Ana shu sabablar, zaruriyatlar haqida batafsilroq to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir.

O’zbekistonda prezidentlik lavozimini joriy etishning sabablari quyidagilardan iborat:

«Birinchidan, davlat mustaqilligiga intilish, respublikada boshqaruv jarayonlarini demokratlashtirish aynan prezidentlik institutini taqozo etar edi. Chunki parlament uzoq bahs va munozaralarga berilib ketib, operativ qarorlar qabul qilish va uni amalga oshirish imkoniyatiga ega emas edi. Shuning uchun ham mamlakatni bir kishi tomonidan boshqarish ehtiyoji paydo bo’ldi.

Ikkinchidan, prezidentlik lavozimini joriy etish sabablaridan yana biri hokimiyatlarning bo’linish printsipini  rivojlantirishdan kelib chiqadi. Prezidentlik davlat hokimiyati organlarining tizimini tashkil etishda demokratik printsiplarni amalga oshirishga yordam berishga qaratilgan edi. Qonunchilikda ijro va sud hokimiyati faoliyatini o’zaro muvofiqlashtirish ehtiyoji paydo bo’ldi.

Uchinchidan, Prezident o’z zimmasiga hukumatni shakllantirish va uning ishiga rahbarlik qilishdek ulkan mas’uliyatni olishi uchun ob’ektiv zaruriyat tug’ildi.

To’rtinchidan, vaziyatni barqarorlashtirish, tinchlikni ta’minlash va murakkab muammolarni tezlikda hal etish ehtiyoji paydo bo’ldi. Mavjud davlat strukturasi bu masalalarni hal etishga qodir emas edi».[6]

Prezidentlik lavozimining joriy etilishi O’zbekiston Respublikasi uchun tamomila yangilikdir. Prezidentlik lavozimi  respublikada ijroiya hokimiyatni mustahkamlash maqsadida vujudga keltirilganligini alohida qayd etishga to’g’ri keladi. Bu haqda Islom Karimov shunday degan edi: «Tarixning muayyan davrlarida, haqiqiy davlatchilik qaror topayotgan paytda, ayniqsa bir tizimdan ikkinchisiga o’tish davrida, har holda kuchli ijroiya hokimiyati zarur. Qon to’kilishiga va qarama-qarshilikka yo’l qo’ymaslik, mintaqada millatlararo va fuqarolar totuvligi, tinchligi va barqarorlikni saqlash uchun shunday bo’lish zarur, bu yo’lda men jonimni fido qilishga tayyorman. Ta’bir joiz bo’lsa, demokratiya sari harakat qilish uchun ham shunday bo’lishi zarur».[7]


Yüklə 61,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə