1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Odam organizmi anatomik fiziologik asoslari. Organizm bir butunligi. Funktsional tizimlar haqida tushuncha



Yüklə 18,32 Mb.
səhifə1/8
tarix11.10.2023
ölçüsü18,32 Mb.
#126834
  1   2   3   4   5   6   7   8
1-mashg\'ulot

1-Amaliy mashg’ulot

Mavzu:Odam organizmi anatomik fiziologik asoslari. Organizm - bir butunligi. Funktsional tizimlar haqida tushuncha.


Tirik organizmning shakllana boshlashidan hayotining oxirigacha ketma- ket sodir bo‘ladigan morfologik, fiziologik, biokimyoviy o‘zgarishlar majmuyi individual rivojlanishi yoki ontogenez (yunoncha onton - mavjudot, genezis- rivojlanish so‘zlaridan olingan) deyiladi. Ontogenez tushunchasi 1866-yilda E. Gekkel tomonidan fanga kiritilgan.
Ontogenez jinsiy ko‘payadigan organizmlarda tuxum hujayraning rivojlanishidan, jinssiz ko‘payadigan organizmlarda ona organizmdan ajralishidan boshlanadi va umrining oxiriga qadar davom etadi.

Lichinkali rivojlanish.

  • Lichinkali ontogenez tuxum hujayrada sariqlik moddasi kam bo‘lgan organizmlarda, masalan, hasharotlarda, baliqlarda va amfibiylarda kuzatiladi.
  • Ularning tuxumidan yetuk formalardan o‘z tuzilishi bilan farq qiladigan, o‘zi mustaqil oziqlanadigan lichinka rivojlanadi.
  • Lichinkali rivojlanadigan organizmlarda metamorfoz hodisasi kuzatiladi.
  • Metamorfoz organizm individual rivojlanishi davomida tuzilishida sodir bo‘ladigan chuqur o‘zgarishlardir.

Hayvonlarda metamorfoz asosan hayot tarzi yoki yashash muhitining o‘zgarishi bilan bog‘liq holda amalga oshadi.

  • Hayvonlarda metamorfoz asosan hayot tarzi yoki yashash muhitining o‘zgarishi bilan bog‘liq holda amalga oshadi.
  • Metamorfoz bilan rivojlanadigan hayvonlarning hayot siklida lichinkalik davri bir yoki bir necha bosqichda kechadi.
  • Bunday hayvonlarda ontogenezning har bir bosqichida shu organizm mansub turning mavjudligini ta’minlaydigan muhim hayotiy funksiyalar amalga oshadi.
  • Masalan, lichinkalik davrida areal bo‘ylab tarqalish, voyaga yetgan davrda ko‘payish jarayonlari kuzatiladi.

Lichinkali rivojlanish o‘troq yashaydigan organizmlarning lichinkalari tarqalishi va arealning kengayishiga imkon yaratadi.

  • Lichinkali rivojlanish o‘troq yashaydigan organizmlarning lichinkalari tarqalishi va arealning kengayishiga imkon yaratadi.
  • Bitta turning lichinkalari va voyaga yetgan formalari turli muhitda yashashi, turli oziq bilan oziqlanishi tufayli tur ichidagi kurashning keskinligi kamayadi.
  • Ba’zi hayvonlarning lichinkalari ko‘payish xususiyatiga ham ega (jigar qurti, exinokokk).

Yüklə 18,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə