1 – Tajriba ishi Mavzu: Sanoat korxonalari va muassasalarda mikroiqlim sharoitlarini aniqlash Mashg`ulotning maqsadi


Mashg`ulotni bajarish uchun kerakli asboblar, jihozlar va ko’rgazmali qurollar



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/37
tarix14.09.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#121951
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
1-Tajriba ishi 12 soat2

Mashg`ulotni bajarish uchun kerakli asboblar, jihozlar va ko’rgazmali qurollar.
1.O’t o’chirgichlar: OXP - 10; OXVP-10; OP-1 «Moment -2P; OP-10 A;OU-2; OU-5 OUB-
3;OUB-7 va ularni qirqimlari.» 
2.Plakatlar 
3.Uslubiy ko’rsatmalar 
Mashgulotni bajarish tartibi.
1. O’t o’chirgichlarning ayrim turlarini tuzilishini o’rganish. 
2. Havo - mexaniq ko’pikni karraligini aniqlash 
3. O’t o’chirgichlar bilan yong`in o’chog`ini o’chirish 
 Hisobot rejasi (savollar)
1. Yong`inni kelib chiqish sabbalari, uning oqibatida kelib chiqadigan talofatlar to’g`risida 
tushunchalar bering; 
2. Yong`inni o’chirishda foydalaniladigan moddalar va materiallar to’g`risida 
tushunchalar bering. 
3. Yong`inni o’chiruvchi birlamchi texnik vositalarini tuzilishi va ishlash jarayoni to’g`risida 
tushuncha bering 
4. Yong`inni avtomatik o’chirish vositalarining tuzilishi va ishlash prinsipi to’g`risida tushuncha 
bering 
5. Ishning bajarish natijalari to’g`risida o’zingizni Hulosangizni bering 
Umumiy tushunchalar 
Dunyoda har yili 3,1 milliondan ortiq yong’in sodir bo’lib, ularda 20 mingdan ortiq odam halok 
bo’ladi. Yong’inlarning 50% ga yaqini binolarda va transportda sodir bo’ladi, shuningdek ular barcha 
qurbonlarning 90% ni tashkil qiladi. Yong’inlar soni bo’yicha AQSh dunyoda etakchi hisoblanadi. 
Biroq yong’inlarda halok bo’lganlarning statistic ma’lumotlariga ko’ra, 100 ming kishiga eng ko’p 
jabrlanganlar soni Rossiya, Belorusiya va Ukrainada. Dunyoda yong’inlar statistikasi asosan o’tgan asr 
oxirida tashkil etilgan ikkita tashkilot tomonidan baholanadi. Ular 20 yildan ortiq vaqt davomida barcha 
yong’in ma’lumotlarini qayta ishlash va tartibga solish bilan shug’ullanmoqdalar. 
Moddiy va ma’naviy zarar keltirib va insonni hayotiga, uning sog`ligiga xavf tug`diruvchi 
boshqarib bo’lmaydigan yonish jarayoniga yong`in deb ataladi. 


Yonish, murakkab kimyoviy jarayon bo’lib, uning asosida yonuvchi moddalarni oksidlanishi ya’ni 
reaksiyaga kirishi yotadi, ularni havo tarkibidagi kislorod yoki boshqa oksidlovchilar (ftor, brom,0 xlor 
va boshqalar) bilan birkishidir. 
Odatda havo tarkibida 20,95% kislorod bo’ladi. Yonish reaksiyasini vujudga kelishi uchun 16% 
kislorod yetarli, ammo juda past konstratsiyasida ham yonuvchi moddalarning erishi sodir bo’ladi. 
Havo tarkibida kislorod 8 %dan kam bo’lganda esa, yonuvchi modda yonishdan to’xtaydi. 
Yonishni to’xtatishni asosiy usullardan biri, yonish zonasiga inert gazlarni, bug`larni va yonmaydigan 
moddalar, aerazollarni kiritish yo’li bilan havodagi kislorod miqdorini konstrentatsiyasini 
kamaytirishdir. Yonish zonasidagi kritik temperaturasini sovo’tish bilan pasaytirib, yonish zonasidan 
yonuvchi moddalarni himoyalab, yonuvchi bug` va gazlarni hosil bo’lish teziligini to’xtatish hamda 
yonish reaksiyasini kimyoviy usulda bartaraf etish bilan yong`inni jilovlash mumkin. Barcha 
o’chiruvchi moddalar quyidagilarga bo’linadi: Aralashuvchi (inert gazlar, kukunli tarkib, suv bug`lari va 
boshqalardir), sovo’tuvchi: (suv qattiq uglerod ikki oksidi, ko’pik va boshqalar), himoyalanuvchi 
(ajratuvchi kimyoviy havo mexaniq ko’pikli yoki uni aralashmasi, quyuqlashtirilgan suv, kukunli tarkib 
va boshqalar) hamda yonish reaksiyasini kimyoviy usulda to’xtatish (galoidlangan uglevodorodlar
kukunli tarkibning ayrim markalari, galoidlangan uglevodorodlar qo’shilgan suv). Juda ko’p o’t 
o’chirish vositalari murakkab xususiyatlarga ega. 
O’t o’chirgichlar uncha katta bo’lmagan yonish o’chog`ini yoki yong`inni boshlanish davrida 
o’chirish, bartaraf etish uchun xizmat qiladi. O’t o’chiruvchi vositalarni qo’llanish xiliga ko’ra ular 
quyidagilarga bo’linadi: ko’pikli (kimyoviy Havo-mexaniq aralashmali) 
Gazli (uglekislotali, aerozoli va uglekislota-brometilli) Kukunli , murakkab va boshqalar. Ishni 
o’tkazish uchun o’t o’chirgichlarning quyidagi xillari qo’llaniladi: OXP-10 (KKO’-10) , OXVP - 10 
(KXKO’-10), OP-1 (KO’-1), «Moment -2P», OP-10 (KO’-YuA), OU-2 (UKO’-2), OU-5 (UKO’-5),
OUB-3 (UKBO’-3), OUB-7 (UKBO’-7) va uning qirqimlari. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə