1 – Tajriba ishi Mavzu: Sanoat korxonalari va muassasalarda mikroiqlim sharoitlarini aniqlash Mashg`ulotning maqsadi


Rasm.  OXP-10 (KKO’- 10), o’t o’chirgichni sxemasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/37
tarix14.09.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#121951
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
1-Tajriba ishi 12 soat2

Rasm.  OXP-10 (KKO’- 10), o’t o’chirgichni sxemasi. 
1. – qobig`; 2. – dastak; 3.- stakan; 4.- klapan; 5.- stakandan chiqish teshigi; 6.-ishga tushirish 
dastagi; 7.- vdtok; 8.- sachratgich; 9.- tiraluvchi (zapornaya) membrana. 
Ishlamaydigan (ishsiz) holatida zaryadni kislotali qismi stakanda klapan 4 bilan yopik (bekitilgan), 
klapan vdtok 7ga qotirilgan va stakanni o’yig`iga (o’rindig`iga) prujina bilan qisilgan. Klapan shtogi 
boshqa tomondan (uchidan) ekssentrik dastak 6 ga maHkamlangan. O’t o’chirgichni ishga tushirish 
uchun uning dastagi 6 ni yuqoriga burash va o’t o’chirgichni to’ntarish lozim. 
Bunda shtok klapan 4 bilan birga siquvchi prujinani qisib, kallakka (golovkaga) tomon ko’chadi 
(siljiydi) va teshik 5 orqali zaryadni kislotali va ishqorli qismlarni birikishini ta’minlaydi. Reaksiya 
natijasida ko’p miqdordagi uglerod ikki oksidi ajralib, aralashmani intensiv ko’piklantiradi va bunda 
bosim 0,1 MPa ga erishganda, tiraluvchi (zapornaya) membrana 9 ni yirtadi (yoradi) Hamda sachratgich 
(sprgsk) 8 orqala ko’pikni chiqarib yuboradi. Ko’pik Hosil bo’lish karrali 6 ga teng, uning Hajmi esa 43 
l, ko’pikni otilish uzoqligi 6 m, ko’pik chiqarib yuborish vaqti 60 sek. O’t o’chirgichdan foydalanish 
Harorati +2°S dan +30° S gacha. O’t o’chirgich zaryadini ishqorli qismiga, muzlashga qarshilik 
ko’rsatuvchi etilenglikoli qo’shib, undan (-) minusli Haroratda Ham foydalanish mumkin. 
OXVP-10 (KXKO’-10) Kimyoviy Havo-ko’pikli o’t o’chirgichlarni konstruksiyasi Ham xuddi 
OXP -10 (KKO’-10) nikiga o’xshash bo’lib, faqatgina farqi shundan iboratki OXVP-10 (KXKO’- 10) 
o’t o’chirgichlarni 
(rasm) 
sachratgichiga ko’piklatuvchi moslama (nasadka) burab o’rnatiladi, u 
kimyoviy ko’pikni Havo bilan aralashtiradi. OXVP-10 (KXKO’-10), o’t 
o’chirgichni ishchi zaryadi quyidagilardan tashkil topgan: a) ishqorli qism, 
unga (450g) gidrokarbonat natriy, ko’pik Hosil qiluvchi PO- 1 (500sm
3
) va 
(8l) suv, b) (200 sm
3
) sulfat kislotasini suvdagi eritmasi, zichligi 1,51 ga 
teng. 
O’t o’chirgich OXVP-10 (KXKO’-10) Ham xuddi OXV-10 (KKO’ -
10) o’t o’chirgichidek ishga tushiriladi. Ishqor va kislotali qismni 


aralashtirish natijasida Hosil bo’lgan ko’pik, uglerod ikki oksidini, ortiqcha 
bosimi ta’sirida tiraluvchi (zapornaya) membrana 6 ni yirtadi (yoradi) va 
ko’piklatuvchi moslama 9 ga o’tadi. Sachratgich 7 orqali o’tib, u kichkina 
tomchilarga bo’linadi, moslama orkasidagi (teshik) 8 orqali Havo muxitini 
so’rib, u bilan aralashadi, to’r 10 orqali siqiladi va tashqariga chiqarib 
yuboriladi. Ishlab chiqariladigan ko’pikni Hajmi 500 l, otilish (struya) 
uzunligi 3-5 m, o’t o’chirgichni ishlash vaqtini davomiyligi 40-60 sek. Endi 
uglekislotali o’t o’chirgichlar UKO’-2 ,(OU-2), UKU-5 (OU-5) ni tuzilishi 
va ishlash prinsipi bilan tanishamiz. 
Uglekislotali o’t o’chirgichlar UKO’-2 (OU-2), UKO’-5 (OU-5); turli 
xildagi moddalar (xavosiz Holatda yonuvchi moddalardan tashqari) va 1000 V dan yuqori bo’lmagan 
kuchlanish ostidagi elektr qurilmalaridan chiqkan uncha katta bo’lmagan yong`inni o’chirish uchun 
mo’ljallangan va 40dan +50°S gacha bo’lgan oraliqdagi haroratlarda qo’llaniladi. 
OU-2 (UO’O’-2), OU-5 (UO’O’-5) o’t o’chirgichlar qalin devorli po’lat ballondan tashkil topgan 
bo’lib, (rasm). Hajmlari 2l va 5l ga teng, uning bo’yniga sifonli quvur va kengaytirgich quvur (rastrub) 
bilan bekitgich kallagi burab maxkamlangan. Bekitgich kallakda 16-19 MPa yaroqlicha Hisoblangan 
(mo’ljallangan) saqlagich membrana o’rnatilgan. 
O’t o’chigichni ishchi zaryadi sifatida 6,0 MPa bosim ostidagi suyultirilgan uglekislotali gazdan 
foydalaniladi. 
O’t o’chirgichni ishga tushirish uchun 8-chi halqali saqlagich chekani torting, ishga tushirish 
dastasini bosing, U esa tiralish klapani 4ni ochadi. Shundan keyin uglerod ikki oksidi sifon quvur 2, 
kengaytiruvchi quvur 9 orqali o’tib, tashqariga harorati-78,5°S da oq qorsimon massa Holatida chiqarib 
tashlanadi. 
Zaryadning o’t o’chiruvchanlik samaradorligi, yonish zonasida kislorodni aralashtirilgan 
konsentratsiyasiga (Havodagi uglerod ikki oksidini konsentratsiyasi 30% dan kam bo’lmaganda yonish 
to’xtaydi) va uglerod ikki oksidini qattiq holatdan gaz holatiga o’tishida issiqlikni yutib, yonish 
o’chog`ida haroratni pasayishiga asoslangan. 
O’t o’chirgichlar OU-2 (UO’O’-2) va OU-5 (UO’O’-5) da zaryadlarning massasi 1,4 va 3,5 kg. ni, 
zaryadning purkash uzunligi 1,5 va 4,5m ni, purkash vaqtining davomiyligi 15 sek. ni tashkil etadi. 
Uglekislotali o’t o’chirgichlarni ishlatishda shuni esga tutish kerakki, uglerod ikki oksidi-zaHarli 
gaz, uning Havodagi 10% li miqdori xavfli, 20% li miqdori esa insonni o’lishga olib keladi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə