1 – Tajriba ishi Mavzu: Sanoat korxonalari va muassasalarda mikroiqlim sharoitlarini aniqlash Mashg`ulotning maqsadi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə7/26
tarix17.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#122189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
1-Tajriba ishi 12 soat2

Sun`iy changlar: sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita yoki bilvosita ta`siri natijasida hosil buladi. Masalan, mashinasozlik sanoatida cho`yan ishlab chiqaruvchi domna va marten pechlarida va hamda tosh tsexlarida, issiqlik elektrostantsiyalarida yoqilgan ko`mirning ma`lum qismi kul va tutun sifatida atmosferaga chiqarib yuboriladi. Qurilish ishlarida er qazish, portlatish, tsement ishlab chiqarish, shuningdek tog’lardan ma`danlarni qazib olish va boshqa juda ko`p ishlarda ko`plab miqdorda chang ajraladiki, bu changlarni atrof-muhitga chiqarib yuborish tabiatga haloqatli ta`sir ko`rsatishi mumkin.
Sanoatning ba`zi bir tarmoqlarida, masalan, kimyo sanoatida shunday havfli sanoat changlari ajraladiki, ularni tozalamasdan chiqarib yuborish fojiali holatlarni vujudga keltiradi. Kelib chiqishi buyicha organik, mineral va aralashma changlar mavjud. CHangning zararli ta`sirining tavsifi asosan uning kimyoviy tarkibiga bog’liq. CHangning kattaligi (ya`ni dispers tarkibi) buyicha uch guruxga bo`lib qaraladi:
a) kattaligi 10 mkm dan katga bulgan changlar yirik chaiglar deb ataladi. Odatda bunday changlar o`z og’irligi ta`sirida erga qo`nadi;
b) katgaligi 10 mkm dan 0,25 mkm gacha bulgan changlar. Bu changlarni mayda changlar yoki mikroskopik changlar deb yuritiladi. Ular erga ma`lum ijobiy sharoitlar bulganda, masalan, yomg’ir, qor va shabnam kabi erga yog’ilayotgan og’ir zarralarga ilashib qo`nishi mumkin;
v) kattaligi 0,25 mkm dan kichiq bulgan changlar ultra mikroskopik changlar deb yuritiladi va bu changlar hech qachon erga qo`nmay, betartib harakat qilib, uchib yuradi.

Chang inson organizmiga nafas olish organlari or­qali kirib, kasallikka olib keladi. Silikoz, silikatoz, changli bron­xit, branxal astma, pnematiya va boshqa kasalliklar changdandir.


Umu­miy sanitariya talablariga muvofiq havodagi changning ruxsat eti­ladigan konsentratsiyasi (GOST bo’yicha) ishlash joyida 1mg/m3 dan 10 mg/m3 gacha bo’lishi mumkin. Buni o’lchashning turli usullari bulib, changning og’irlik o’lchash usuli eng qulayidir. Bu usulda changli iflos havoni tuzitib, filtr orqali o’tkazishga va filtr og’irligi­ni o’lchashga asoslangandir. Filtrlovchi material sifatida polimerli smoladan tayorlangan FPP (Petryanov filtri) materiallari ishlati­ladi. FPP da filtrlovchi tuqima sifatida perxlorvinil va diatsetit sellini, bunga sabab ularning gidrofoblik va kislota, ishqor, tuz­larning erituvchilariga nisbatan yuqori ximiyaviy chidamliligi bilan ajralib turadi. Asetat tolalardan tayyorlangan to’qimalarda gidrofoblik bo’­lib, kislota asos ta’siriga unchalik chidamli emas, ammo 100 C is­siqlikka chidamli.Perxlorvinilning filtrlash qobiliyati 100% ga yaqin. Ish jo­yidagi havoning changdan himoyalanish vositalaridan biri, shamollat­gichlar o’rnatish. Ammo ishlab chiqarishdagi katta korxonalarda bu vositalar orqali changni yo’qotish unchalik samarali emas. Shu sababli ham bunday korxonalarda nafas olish organlarining individual hi­moya vositalari (SIZOD – sredstva individualnoy zashiti organov di­xaniya) ishlatiladi. Bular orasida ShB-1 respiratorlari, "Lepes­tok", Astra-2,U-2K,RP-KM, "Kama", "Snejok", F - 62ShM va boshqalar ayniqsa qulaydir.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə