1 – Tajriba ishi Mavzu: Sanoat korxonalari va muassasalarda mikroiqlim sharoitlarini aniqlash Mashg`ulotning maqsadi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə10/26
tarix17.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#122189
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
1-Tajriba ishi 12 soat2

Mashg`ulotning maqsadi:Ishlab chiqarish binolaridagi ish o’rinlarida yoritilganlikni aniqlashni va uni sanitariya me’yorlariga mos kelishini o’rganish. Yoritilganlikni o’lchash uchun qo’llaniladigan uskuna va jihozlarni tuzilishi va ishlash usullarini o’rganish.
Laboratoriya ishini o’tkazish uchun qo’llaniladigan asboblar, uskuna va jihozlar, ko’rgazmali qurollar:
a) lyuksmetr Ю-116, Ю-117
b) shtativ.
v) mahalliy yoritgich manbai.
g) cho’g`lanma chiroq.
d) lyuminessent chiroq.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi:
a) laboratoriya xonasida tabiiy yoritilganlikni tahlil etish.
b) sun’iy, aralash yoritilganliklarni, mahalliy yoritilganlikni o’rnatish balandligiga bog`liqligini tahlil etish.
Laboratoriya ishini bajarganligi to’g`risida talabaning hisoboti.
a) Yoritilganlikni o’lchash uchun qo’llanadigan Ю-116, Ю-117 asboblarini tuzilishi, ishlatish qoidalarini o’rganish.
b) Ish o’rinlarida tabiiy va sun’iy yoritilganlikni o’lchash va olingan ma’lumotlarni maxsus jadvalga kiritish.
v) Yoritilganlik bo’yicha ish gazarazryadlari to’g`risidagi ma’lumotni o’rganish
g) O’lchash natijasida olingan ma’lumotlarni sanitariya QMQ 2.01.05-19 me’yorlari bo’yicha tabiiy va sun’iy yoritish me’yorlariga mos kelish-kelmasligi to’g`risida xulosa qiling.
VI. O’tkazilgan laboratoriya to’g`risida hisobotni to’ldiring.
Laboratoriya ishini bajarish uchun umumiy ma’lumotlar.
Inson hayot faoliyati uchun yorug`lik katta ahamiyatga ega. Kishi o’zini o’rab turgan muhit to’g`risidagi ma’lumotlarni 90 % dan ko’prog`ini ko’rish organlari yordamida oladi. Shuning uchun ham korxonalardagi uskuna, jihozlarni boshqarish vanazorat qilishda ratsional yoritish natijasida sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan birga ish sharoitlari yaxshilanadi, ishchilarni charchashdan saqlaydi, mehnat unumdorligini oshiradi va shu bilan birgalikda shikastlanishlarni oldini olishda, yaraqsiz mahsulotlarni ishlab chiqarishni kamayishiga olib keladi hamda kasb kasalligi, shal, shapko’rlikni oldini oladi.
Sanoat korxonalari yorug`lik manbaining turiga qarab, 2 xil usulda yoritiladi :
1.Tabiiy quyosh yorug`ligi yordamida yoritish ( bunda quyosh tarqatadigan nurdan to’g`ridan- to’g`ri foydalaniladi yoki quyosh nurining ta’siridan yorug`lik tarqatayotgan osmonning diffuziya yorug`ligidan foydalaniladi.)
2.Quyosh yordamida yoritishning imkoni bo’lmagan sanoat korxonalarining ish o’rinlari elektr nurlari yordamida, sun’iy yoritish yo’li bilan amalga oshiriladi. Tabiiy yorug`lik o’zining barcha xususiyatlari bilan sun’iy yoritishdan keskin farq qiladi. Tabiiy yorug`lik insonning ko’rish a’zolari va boshqa fiziologik jarayonlarning borishi uchun zarur bo’lgan ultrabinafsha nurlarga boy va bu yorug`lik bilan yoritilgan xonalarda ishlash ko’zning faoliyati uchun foydalidir.
Sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish binolarini yoritishda quyidagi talablar qo’yiladi:
1.Ish o’rinlarini yoritish sanitariya gigiyena me’yorlari asosida ish toifalariga mos kelishi.
2.Ish olib borilayotgan yuzga va ko’zga ko’rinadigan atrof muhitga yorug`lik bir tekis tushadigan bo’lishi.
3. Ishchi yuzalarda keskin soyalar bo’lmasligi.
4. Ish o’rinlarida to’g`ridan - to’g`ri yoki nur qaytishi natijasida hosil bo’ladigan yaltirash ishlovchilarning ko’zini qamashtirmasligi.
5. Yoritilish miqdori vaqt bo’yicha o’zgarmas bo’lishi.
6. Ish joyi bilan tevarak atrof bir biridan keskin farq qilmasligi.
7. Yoritgichlardan tushayotgan yorug`lik nuri to’g`ri yo’naltirilgan bo’lishi va hokazolar.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə