1 – Tajriba ishi Mavzu: Sanoat korxonalari va muassasalarda mikroiqlim sharoitlarini aniqlash Mashg`ulotning maqsadi


Mikroiqlimni o’lchash uchun qo’llaniladigan asbob va uskunalar



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə4/26
tarix17.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#122189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
1-Tajriba ishi 12 soat2

Mikroiqlimni o’lchash uchun qo’llaniladigan asbob va uskunalar
Ishlab chiqarish binolaridagi ish o’rinlarining meteorologik sharoitlari tegishlicha o’lchash asboblari yordamida o’lchanadi va nazorat qilinadi.
1. Havo harorati va namligini o’lchash uchun Assmanning aspiratsion psixrometridan (MV-4M) yoki (M-34) dan foydalaniladi.
Aspiratsion psixrometr ikkita bir xil simobli termometrlardan tashkil topgan bo’lib, mahsus moslamaga joylashtirilgan. Simobli termometrlardan bittasi maxsus mato -batist bilan qoplangan bo’lib, u tomizgich (pipetka) yordamida distillangan suv bilan ho’llab turiladi. Ikkinchi simobli termometr esa havo haroratini ko’rsatadi. Ho’llangan termometr ko’rsatkichlari havo namligiga bog`liq. Namlik harorati qanchalik past bo’lsa, uning ko’rsatadigan harorati shunchalik kam bo’ladi, chunki havoda namlik kamaygan sari ho’llangan matodan suvning bug`lanishi ko’payadi va simobli termometrning yuzasi ko’proq soviydi. Ishlab chiqarish binolaridagi ish o’rinlarida atmosfera havosining namligini o’lchashdan oldin mahsus rezinadan tayyorlangan balon distillangan suv bilan to’ldiriladi va undan tomizgich (pipetka) ga suv olinib, matoli termometrning batist materiali ho’llanadi. Bu ishni bajarish paytida psixrometr tik holatda maxsus moslama bilan biriktiriladi va o’lchash nuqtasiga o’rnatiladi. So’ngra psixrometrning yuqori qismiga joylashgan shamollatgichni maxsus vintini oxirigacha burab, shamollatgich ishga tushiriladi (M-34 psixrometrlarda shamollatgich maxsus elektroyuritgich yordamida ishga tushiriladi).
Shamollatgich ishga tushirilgandan keyin oradan 4 minut o’tgandan so’ng termometr ko’rsatkichlari ma’lum bir haroratni ko’rsatadi va bu ko’rsatgichlar yozib olinib, maxsus formula yordamida aniqlanadi:

bu yerda: φ - atmosfera havosi nisbiy namlik miqdori;
Rm - ho’llangan termometrdagi suv bug`larining to’yingani;
R – quruq termometrdagi suv bug`larining to’yingani;
A - psixrometrik ko’rsatkich A=6•620 •10-4 °S
N - atmosfera bosimi, Pa;
Δt -atmosfera havosi harorati bilan ho’llangan termometr harorati orasidagi farq.
Nisbiy namlikni, namlik nomogrammasi yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun nisbiy namlik miqdori maxsus psixrometrik grafik yordamida quruk va ho’l termometrlar ko’rsatkichlari ayirmasi, ya’ni vertikal chiziq bo’yicha quruq termometrning ko’rsatkichi, yoyiq chiziq bo’ylab esa ho’llangan termometrning ko’rsatkichlari qo’yilib, ularning kesishgan chizig`ida aniqlanadi.
Masalan: quruq termometrning ko’rsatgan harorati 21,5°C, ho’llangan termometrning ko’rsatgan harorati 14,5 °S. Psixrometrik grafik yordamida vertikal va yoyiq chiziqlarning kesishgan nuqtalarini topamiz.Bu chiziqlar kesishgan nuqta 42 dan yuqori, 44 dan pastda, demak nisbiy namlik 43 % ni tashkil etar ekan.
Ishlab chiqarish korxonalarida ish o’rinlaridagi havo almashish teshiklari, dereza oldidagi havo harakati tezliklarini o’lchash uchun ASO-3 markali parrakli yoki kosachali animometrdan foydalaniladi. Parrakli animometr ASO-3 havo harakat tezligini 0,3dan 5 m/sek gacha bo’lgan qiymatini o’lchash imkonini beradi. Parrakli animometrning ishlashi quyidagicha: mahsus moslamaga mahkam o’rnatilgan parraklar ish o’rnidagi havo harakati hisobidan aylanadi. Bino ichidagi havo harakati tezligi qancha katta bo’lsa, parraklar shunchalik tez aylanadi. Parrakni o’qi tishsimon g`ildiraklar shaxobchasi orqali katta siferlat mil (strelkachaga) ga ulangan. Markaziy strelka birlik va o’nliklarni, mayda siferblash mili bo’linmasining yuzdan va mingdan bir ulashlarini ko’rsatadi. Yon tomonda joylashgan richag yordamida o’qni tishsimon g`ildiraklar shaxobchasidan uzish va ulash mumkin. O’lchash oldidan siferblat ko’rsatgichlari o’qdan uzib qo’yiladi va siferblat ko’rsatgichlari yozib olinadi. Animometrni ishga tushirish uchun parrak o’qqa o’rnatiladi va o’q unga mahkamlangach parrak yordamida aylana boshlaydi. Sekundomer yordamida vaqt belgilab olinadi va animometr ishga tushiriladi. Oradan bir daqiqa vaqt o’tgandan keyin, o’q uzilib qo’yilib ko’satgichlari yozib olinadi. Ikkinchi yozib olingan ko’rsatgichlardan birinchisini ayirib, o’tgan raqamlar soni topiladi. So’ngra asbobga qo’shib berilgan maxsus jadval yordamida havo harakatining bir sekunddagi tezligi metrlarda topiladi.
Termoanimometr ishlab chiqarish korxonalaridagi ish o’rinlarida kichiq tezliklarini va havo haroratini o’lchash uchun qo’llaniladi. Termoamimometr yarim o’tkazgichlardan tashkil topgan bo’lib, batareyalar yordamida ishlaydi. Uning o’lchash tamoyili (prinsipi) asbob ko’rsatkichi qarshiligini o’zgarishiga asoslangan bo’lib, bu o’zgarish bino ichidagi havo harorati va tezligi o’zgarganda sodir bo’ladi.
Issiqlik nurlanishining intensivligi aktinometr yordamida o’lchanadi. Aktinometrga o’rnatilgan qurilmalardan birtasi konstantadan yasalib, qiyin eriydigan, qattiq cho’ziluvchan metall qoraytirilgan platina bilan qoplangan va kengayish koeffitsiyenti kichiq bo’lgan invar taglikka mahkamlangan bir yuz ellik plastinkadan iborat. Issiqlik nurlanishi ta’sirida plastinka egiladi va u bilan bog`langan mil (strelka) ma’lum burchakka og`adi. Shkala esa kj/ms hisobida darajalangan.
Gigrometr M-19 atmosfera havosi nisbiy namligini to’g`ridan-to’g`ri aniqlash uchun xizmat qiladi. Uning ishlash tamoyili (prinsipi) yog`sizlantirilgan odam sochining havo namligi oshganda uzayishi va havo namligi kamayganda sochning qisqarishiga asoslangan. Soch maxsus omil bilan shkalaga ulangan, shkala esa foizlarga bo’lingan.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə