Zulfiya Saylanma «sharq»



Yüklə 2,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/38
tarix26.03.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#103226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Saylanma. Zulfiya

Sahar mm Uian...
Kundan kun saharga ortar soginchim, 
Nahot hayot shomin yaqinligi bu?
Salqin oromida yo'qolar tinchim, 
Demak, shafaq men-chun yolqinligi bu!
Nahot umrimdagi sahargi zavqlar 
Tark etib izlayman sahardan najot? 
Birday emasmidi yil, fasl, vaqtlar,
Nedir o'tib, nedir kelmaydi, nahot?
Sahar bu — yoshlikday borlig'i orzu, 
Sahar o'qilmagan g'aroyib kitob.
Nahot umr olib qo'lga tarozu 
Mendan kutar halol, aniq sarhisob?
To'xta!
Nechun yillar pallasi vazmin,
Umrim emasmidi hayotdan tuhfa? 
Sarhisob chogda ham o'zimda izin, 
Posangisin rostlash paytimas, to‘xta!
Kun faqat saharmas, kunduz, shomi bor, 
Kech pishar mevalar ozmi tuproqda? 
To'xta!
Tarozuga qoyardek kuy bor,
Hali sahar siyoq yashnoq dil-bog‘da.


Men axir sahar chog‘ tavallud topdim, 
Onam ko‘ksi, aziz yurtim ham sahar. 
She’rga dil daftarin saharlar ochdim, 
Eslayman:
Topgandi sevgi qo‘ynidan
Meni tog'dan og'ir hijron ham sahar.
Bugun shorn ustidan yal-yal kulajak 
To umr boricha sahar men bilan.
Har kun menga sahar tuhfa etajak 
Xalqim yuragiga safar men bilan.
1968


Naqadar yer jamoli ajib,
Har soniya suvrati o'zga. 
Kezmoq mumkin ovozda oqib, 
Tutmoq mumkin havoni ko'zga.
So'zsiz, kuysiz mahliyolikni 
Atash mumkin jarangli doston. 
Hayot nomli ro'shnolikni 
Mo‘yqalam-la chizmoqdir oson.
Lekin meni otar bir о yga,
Har bir rangi oladi ko'zim. 
Giyohlari mast etib bo‘yga 
Qayta maftun sezaman o‘zim.
Va ming bora aytgan qo'shiqni, 
Takrorlashdan hech qilmayman 
Takror izhor etib qulluqni 
0 ‘lgunimcha kuylayman takror..
1968


Sent kuylagman, hayot!
Yashash aziz hissi tanda kezganda,
Umr ko‘pi kechib, armon dilni ezganda, 
Hatto o‘zni xasta, zaif sezganda,
Og'ir, benaf o'ydan yurak bezganda 
Seni kuylayman, hayot!
Har sahfang o'qilgich yangi bir kitob, 
0 ‘tmishmi, ertami tugilar har bob — 
Yashash va yozishga qilganda xitob,
Sukut xijolatin yengmoq azmida 
Seni kuylayman, hayot!
Har fasl bir ajib tarovat to'ksa,
To'kin kuz hosili shoxlarni buksa,
Yangi rizq - yomgir, qor toglarga 
cho‘ksa,
Bahor gulin ko'zga surtmoq azmida 
Seni kuylayman, hayot!
Sen о‘zing kun sari o'sgan farzandim,
Goh chaqnoq shodligim, goh achchiq 
zardim.
Mehnat zafarlarim, beshifo dardim, 
Do'stdan mehr — maktub kutmoq azmida 
Seni kuylayman, hayot!
Sening o'zing shirin va tansiq tuhfa,
Har umr baxt shonin yo‘g‘urar supra,


Yo‘g‘urmoq ming taxlit va ming bir turfa; 
Bu maktabni qayta o‘tmoq azmida 
Seni kuylayman, hayot!
Kuylayman, kuylamoq kun sari mushkul, 
Men senman, sen mening borligim butkul. 
Yelkamga yuk ortib, qo'limdan tutgil,
Bu baxtni nazmga to'kmoq azmida 
Seni kuylayman, hayot!
1970
* * *
Qog'ozdan yoqilgan gulxanlar gar ko'rkam 
Bir damda ko‘k o‘par ming tilli olov.
Bir dam alaqishsang so'nadi shu dam, 
0 ‘tni tilga solib bo‘lmaydi darrov.
Bularning sevgisi — gulxan yonishi,
0 ‘zni ham, atrofni etdi nurafshon.
Bu oniy yonishi, oftob botishi —
Simon haroratdan qolmadi nishon.
Ikki qirgoq ora oqqan mehrmas,
Ikki dildagi dard — muz kuydirishi,
Bir sevgi ikkiga yorildimi — bas,
U — chiroq so'nishi, tunning kirishi.
Afsus, so'ngan gulxan qayta olmas cho‘g‘, 
Darz ketgan ko'ngillar bo'lmaydi butun. 
Gulxanni so‘ndirgan bo‘ron, muz to'liq, 
Dil-u ko'zlarini ko‘r qildi tutun...
1974



Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə