Zulfiya Saylanma «sharq»


(Toshkentviloyati, Oqqo'rgon tumanidagiHamid Olimjon



Yüklə 2,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/38
tarix26.03.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#103226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Saylanma. Zulfiya

(Toshkentviloyati, Oqqo'rgon tumanidagiHamid Olimjon 
nomli jamoa xo'jaligida shoirga haykal qo'yildi.)
Bu yerda shoirga qo'yildi haykal,
Inson zakovati, aqli, mehri bu!
Keksa tabiatga berilgan sayqal,
She’riyat qudrati, san’at sehri bu.
Boq, deb, quyosh, yulduz, tog, dalalarga, 
0 ‘lim yiqitganin ko‘tardi xalqi.
Endi men ham farzand, nevaralarga 
Ko'rsata olaman tog'dek tik qaddin.
Ana, yuzda ilhom, qo'lida qog'oz,
Hozir vodiy kezib qo‘shiq bitguday, 
So'zlariga qayta berganga parvoz, 
Hayot-chun ta’zimni doston etguday.
Assalom! Ayt, kimga boshimni egay, 
Kimlarning qo‘lini surtay ko‘zimga,


Chorak asr o‘ta kelib tirikday,
Boqib turganing-chun so‘lg‘un yuzimga.
Qancha bizga seni qoymasdan yaqin
0 ‘rtamizda yotgan hijron toshini 
Olibtashlab: senigoyobir chaqin,
Goyo non, goyo suv, she’rday,yorqin 
Durday ko'tardilar aziz boshingni.
Bir ulkan qalbdaysan, mard, alp siyoqli 
Yillar qaritmapti, hamon ko'rkam, yosh, 
Qancha ko'rmaganing tirik hayotni 
Yozib har yurakka solguday quyosh.
Bu — kaftda ko'targan yashnagan tuproq 
Sening nomingdagi kolxoz atalur.
Bunda she’rday mehnat talab har chanoq, 
Har kun yangi shodlik, baxt yaratilur.
Sen bunda mehmonmas, aziz farzandsan, 
Safarbar sur’atga tirik emakdosh,
Qancha jild va qancha minglab varaqdan 
Chiqib, ter to'kasan — dehqonga yoidosh.
Seni bir ko‘rmagan, eshitmagan ham 
Bunda sensiz shonin etmaydi bayon
Shuhratni o'ylamay, tebrangan qalam, 
Avlodga xizmatdan qolmas hech qachon.
Mag'rur ko'tarilding boshoqday o‘sib,
Sen bilan safimiz yana zich, azim. 
Mangulik-chun taqdir, she’rimni tutib 
Xalqingga va senga qilaman ta’zim.
1968


Sem iz
Mana bir umrni yashadim sensiz,
Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib, 
Tobuting boshida cho'kkanimda tiz, 
Farzandlar ko'tardi qo'limdan tutib.
Shundan beri tikman. Har nega qalqon, 
Baxtga, bahorga ham, qishga, qayguga, 
Birov azasida yiglayman qon-qon,
Toyida yayrayman o'xshab ohuga.
Lekin qolganimda qalbim-la tanho, 
Tuygular zoriga solganda quloq,
0 ‘zni zaif, chanqoq sezganda goho,
Alamdan beraman javobsiz so'roq:
Tirik ekan nega tashlab ketmading?
Mendan nafisroqning husniga oshiq, 
Mendan yoniqrogi tortmadi sani,
Edi nigohingga bor jannat ochiq.
Seni majnun etib bir yer go'zali 
Nega meni tashlab ketavermading?
Tirik ayrilishning dog'i ogirmish,
Xo'rlik kemirarmish umrni chaynab!
Bu — mudhish egovga berardim turish, 
Ketsang ham menga jon tuyg‘ungdan aynab.
2-Zulfiya


Bilardim, qaydadir olasan nafas,
Murakkab bu dunyo sen-chun ham tirik. 
Senga yot — noshudlik, tund ruhlik, qafas, 
Bugungi qadaming kechadan yirik,
Nega, nega meni tashlab ketmading?
Bilaman, rashk meni etardi halok,
Afzal koVganingni qargab o'tardim, 
Izingdan yurmasdim soyaday gamnok, 
Lekinishq haqqi-lamagrarkutardim.
Hayotda men uchun qolarding tirik, 
Qalaming mujdasin kutardim mushtoq... 
Ma’yus taqdiringga yashab men sherik, 
Mushkul bo‘layotir shodlik yaratmoq.
Nega tirik ekan tashlab ketmading,
Tashlab ketmading-a, boshlab ketmading?!
1970
%din tushdi
Qo'shnimiz uyiga tushmakda kelin, 
Hovli-yu ko'chani zabt etgan kamay. 
Payvandlab bir kuyga ikki yosh dilin, 
Qadim-qadimlardan kelib kuylar nay.
Sumay goh navo-yu, goh hind na’masin, 
Neki bor — yangratar qay kuy bo'lsa urf... 
Bizning hovlida ham toyning nafasi, 
Mening dilimda ham bahor urdi qulf.
Kelin-kuyov qalbin to'ldirgan shodlik 
To'lqini tinmasin surnay misoli:


Kaftda tutmas to'ydan tantanavorlik, 
Hayot bog'i goh tinch,
Gohi bo‘ronlik.
Og'irlik yelkada,
Iqbol o'rtada
Boqiy qolsin juft-la sevgi visoli.
Lola,
Lola,
Butun koinot lola,
Ko'zim qamashadi,
Aqlim zavqdan lol.
0 ‘ngirga to'kilgan qizil shalola, 
Poyimda bepoyon ol gilam misol — 
Boqarkan ko‘z kabi to'liq ziyo-la 
Bosib,
Yo'lim davom etmagim mahol.
Yoshlik ekan:
Bosib,
Yanchib o'tganman,
Lolalar yonog'in domiga tushib — 
Yoniga boriboq, yonlab o'tganman, 
0 ‘zgasin jilvasi dilimda jo'shib. 
Uzganman,
Yulganman ildiz-la qo‘shib,
Quchog'im to'ldirib ko‘zga surtganman. 
Salqin ko‘rpasiga uzala tushib, 
Quyoshdan loladay qo'shiq kutganman.
1974
- " « Ж
» 1-


Tushda yulduz cho'lin kechganman tog‘da, 
Bulut silsilasin o'tganman yayov.
Men maslak yo'lida umtilgan chogda 
Bo'lmagan men kesib o'tolmagan g‘ov. 
Endi-chi? Lolani toptasa birov,
Yo yashnoq bir gulni bo'lsa uzmoqday,
0 ‘ylayman:
Lola cho‘l ulkan yonoqday,
Ouyoshdan,
Bahordan yal yonib lov-lov —
Shu fusun,
Go'zallik ona tuproqda 
Behadlik yashnasin,
Men bo'lay yayov!
Zavqimni chodirday yozay ardog'da, 
Uzmoqqa hech kimda dil bermasin dov!
Fikrlashdan bosh-u 
Dil tolganida,
Ishli onlar o‘tib, el olganda dam. 
0 ‘zim uchun yulib vaqt olganimda
Xuddi yuragimday munis bir hamdam 
Yonimda yo‘q bo'lsa,
Bahorga shoshqinsam jannat qilgan duch, 
Soylashga talpinsam o'rgatgan kuyga. 
Jo'shqin davralarga jur’at bergan kuch 
Buyuk,
1975
Uni izlayman.


Boqiyligi g'arq etib oyga,
Qonimga suq solsa,
Uni izlayman.
Bag'rimdan uzganim — bag‘ri-la xursand, 
Qonimni berganim — baxti-la gulgun. 
Husni mendan ko'hlik,
Parvozi baland,
Mehri bir jonimga solib ming to'lqin — 
Sigmayin jo‘sh ursa,
Uni izlayman.
Kunlar qancha shodlik,
Qancha noshodlik,
Qancha ish,
Kohishga etar ro‘baro‘.
Jahonga sigmagan sevinchga nordek 
Kelib bir bahamni qilganda orzu,
Taqdir to‘siq bo'lsa,
Uni izlayman.
Izlayman!
Bilaman, topmayman uni.
Zotan, o‘zim uni qachon yo'qotdim? 
Farzand,
Nabiralar tug'ilgan kuni,
Men uni har safar Abadga topdim...
1975



Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə