Zulfiya Saylanma «sharq»



Yüklə 2,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/38
tarix26.03.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#103226
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Saylanma. Zulfiya



МА
КТ
АВ
K
U
T
U
B
X
O
N
A
S
I
Zulfiya
Saylanma


«SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA 
AKSIYADORLIK KOMPANIYASI 
BOSH TAHRIRIYATI 
TQSHKENT-2016


Hamon e’tiqodim — haqiqat, haqdir,
So'zlayman, yuzimni tutib Ka’baga,
Yemira olmaydi o'tkinchi taqdir,
Osuda o'tadi ruhim abadga.
E’zozlar, ardog'lar uchun tashakkur,
Asli Siz oftobim, men ziyosiman.
Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,
Baxtim shul — o'zbekning Zulfiyasiman.


Saylanma
«SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA
AKSIYADORLIK KOMPANIYASI
BOSH TAHRIRIYATI
TOSHKENT —2016


UO'K 821.512.133-1 
КВК 8 4 (5 0 ‘)6 
Z —91
Nashrga tayyorlovchilar:
Hulkar Olimjonova 
Omon Olimjonov
Z —91 
Zulfiya
Saylanma. Nashrga tayyorlovchilar H. Olim­
jonova, O. Olimjonov. — Т.: «Sharq», 2016. — 
224 b.
ISBN 978-9943-26-608-7
UO‘K 821.512.133-1 
KBK 84(50‘)6.
© «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi 
Bosh tahririyati, 2 0 0 5 ,2 0 0 6 ,2 0 1 2 ,2 0 1 5 ,2 0 1 6 .


Xaujim^a aytar so'darim
О‘zing tashna etding, о‘zing suv tutding, 
Qalbimdagi sahrom, daryomsan, xalqim! 
Seni seva-seva men boyib ketdim,
Dunyo ichra topgan dunyomsan, xalqim!
Yurak chaqmoq tekkan osmon yuziday, 
Lekin e’tiqodim, iymonim butun, 
Umrimda qilganim ozmi-ko‘pimdan, 
Mehrim daryosidan serobman bu kun.
Menga Navoiydan aytgin alia deb, 
Lutfiydan ongimga ziyo taratding, 
Qiynalgan olamga bo‘lgin dalda deb,
Asli o'zing meni shoir yaratding...
Yosh shuur, kurashchan tuyg'ular bilan 
Sening taqdiringga mahkam tutashdim, 
Ne-ne g‘animlar-la kurashganing on 
Ko'pning biri bo‘lib malhamga shoshdim.
Sarg'aygan dashtlarga berding yashil qon, 
Tuproq tepalarda shahar ko'tarding:
Har bir g'alabangni ko‘rgan suyuk on 
Dildagi o‘z g‘amim kuyi cho‘kardi.
Yo‘l yurdim, sog'indim, to'kildi baytim 
Xorijning shomlari, saharlarida,


Ezgu istaklaring jaranglab aytdim 
Osiyo, Afrika minbarlarida.
Paxta xirmonining o'sdi bo'ylari,
Tanidi, tan oldi yaqin-u yiroq 
G'ururdan dengizday to'lib kuyladim, 
Tolelar tiladim bundan yorqinroq.
Maktublar yozding sen, maktublar bitdim, 
Goh ko'zga nam qalqib, gohida xushbaxt. 
She’r bilan, so‘z bilan qalbingga yetdim
0 ‘sha qalb men uchun eng sharafli taxt.
Ko'zim ustidasan bu tugyonli dam,
Sen bilan taqdirdosh kunduzli bo'ldim. 
Seni deb siyladi Umr, aziz Vatan,
E’zozli bo'ldim men, yulduzli bo'ldim.
Hali bor oldimda o'tmagan burchim, 
0 ‘tayman ko'zimda tirik tursa nur. 
Umrimdagi barcha fasllar uchun 
0 ‘ziga bek xalqim, Senga tashakkur.
1985


Jdaxtiyor
umarai sozim



Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə