Zoologiya uzb 2017. indd


-laboratoriya mashg‘uloti



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64

21
1-laboratoriya mashg‘uloti.
Tufelkaning tuzilishi, harakatlanishi va ta’sirlanishi
Kerakli jihozlar: mikroskop, 2–3 hafta oldindan tayyorlab 
qo‘yilgan pichan ivitmasi, qizil kongo bo‘yog‘i eritmasi, buyum va 
qoplog‘ich oynalar, paxta tolasi, shisha tayoqcha, tomizg‘ich, pin-
set, ensiz kesilgan filtr qog‘ozi, yashil metil va sirka kislotaning 1:1 
nisbatda tayyorlab olingan suvdagi eritmasi, kompyuter, proyektor. 
Xafvsizlik texnikasi.
 Laboratoriyada ishlash uchun xalat yoki 
labo 
ratoriya etagidan foydalaniladi. Kiyimlarni iflos qilmaslik yoki 
allergik reaksiyalar paydo bo‘lmasligi uchun kimyoviy moddalardan 
ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur. Mikropreparatni ifloslantirmas-
lik uchun uni yon chetlaridan bosh va ko‘rsatkich barmoqlar bilan 
ushlab turish zarur. Mikropreparatdagi obyekt ezilmasligi uchun 
mikroskop bilan ishlashda, ayniqsa uning kichik obyektividan kat-
tasiga o‘tkazishda juda ehtiyot bo‘lish zarur. 
1-ish.
  Tufelkaning tuzilishini o‘rganish va organoidlarining ishlashini 
kuzatish. Tomizg‘ich yordamida tufelka ko‘paytirilayotgan pichan 
ivit 
masidan 15–20 tomchi olib, soat oynasiga tomizing va unga bi-
roz qizil kongo bo‘yog‘i qo‘shib, shisha tayoqcha bilan aralashtiring 
(kongo bo‘yog‘i qo‘shilgan ivitma och qizg‘ish rangli bo‘lishi lozim). 
Tomizg‘ich yordamida bo‘yoqli ivitmadan bir tomchi olib, buyum 
oynasiga tomizing (bu ishni kongo bo‘yog‘i bo‘lmagan hollarda ham 
ko‘rsatilgan tartibda bajarish mumkin).
Tufelkaning harakatini sekinlashtirish uchun tomchiga bir necha 
dona paxta tolasi tashlang. Tomchining ustini qoplag‘ich oyna bilan 
yoping va uning chetlaridagi suvni filtr qog‘oziga ehtiyotlik bilan 
shimdirib oling. Ana shu usulda tayyorlangan preparatni dastlab 
mikroskopning kichik obyektivida, so‘ngra katta obyektivida kuzating. 
Odatda, tufelkalar organik zarrachalar yoki paxta tolalari atrofida 
g‘uj bo‘lib to‘planish xususiyatiga ega. To‘plangan tufelkalardan 
birini mikroskopning katta obyektivida kuzating. Tufelka tanasining 
oldingi va keyingi tomonini aniqlang. Tanasining yon tomonida 
joylashgan og‘izoldi chuqurchasini, oldingi va keyingi tomonidagi 
ikkita qisqaruv 
chi vakuollarni toping va ularni kuzating. Kiprikcha-
lar bir me’yorda harakatlanib, tufelka tanasi yaqinida va ayniqsa, 
uning og‘iz teshigi atrofida suv oqimini hosil qiladi. Qizil kongo 
1-laboratoriya mashg‘uloti


22
bo‘yog‘i oziq bilan birga hazm qilish vakuollari ichiga o‘tib, ularni 
qizil rangga bo‘yaydi. Mikroskopda tufelka kipriklari harakatini, oziq 
hazm qilish vakuollarining sitoplazma oqimi bilan harakatlanishini 
kuzating.
Tufelkaning oldingi va keyingi tomonida bittadan qisqaruvchi va-
kuola joylashgan. Har qaysi vakuola suyuqlikni sitoplazmadan yig‘ib 
oluvchi bir necha uzun va ingichka naychalar, suyuqlik to‘plovchi 
pufakcha va uning ichida to‘plangan suyuqlikni tashqariga ajratib 
chiqaradigan naychasidan iborat. Pufakchalar navbat bilan qisqarib
suyuqlikni tashqariga chiqarib turadi. Bir necha daqiqa davomida 
vakuol pufagining suv bilan to‘lishi va bo‘shashini kuzating.
2-ish. Tufelkaning ta’sirlanishini kuzatish. Buyum oynasiga toza 
suv va infuzoriyali pichan ivitmasidan bir tomchidan tomizing. 
Bu ikkala tomchini ingichka kanalcha orqali tutashtiring. Tufelkali 
pichan ivitmasi tomchisiga bir nechta mayda osh tuzi zarrachalari-
ni tashlang. Mikroskopning kichik obyektivida tufelkalarni osh tuzi 
tashlangan suvdan toza suv tomchisiga o‘tishini kuzating.
3-ish. Tufelkaning kuydiruvchi tanachalarini otib chiqarishini 
va yadrolarini kuzatish. Buyum oynasiga tufelkali pichan ivitma
-
sidan tomizing. Tomchiga sirka kislota va yashil metil bo‘yog‘i 
aralashmasining suvdagi eritmasidan bir tomchi tomizing. Tom-
chini qoplag‘ich oyna bilan yopib, mikroskopning katta obyek-
tivida kuzating. Sirka kislota ta’sir etganda tufelka kuydiruvchi 
tanachalarini otib chiqarib, halok bo‘ladi. Yashil metil bo‘yog‘i 
esa tufelkaning yadrolarini yashil rangga bo‘yaydi. Mikroskopning 
katta obyektivida tufelka tanasi sirtiga otilib chiqqan tanachalarni 
toping. Bu tanachalar tufelka ustida tartibsiz joylashgan ingichka 
iplar shaklida ko‘rinadi. O‘sha preparatda loviyasimon katta yadro 
va uning botiq tomonida joylashgan kichik yadroni toping.
II bob. Bir hujayralilar, ya’ni sodda hayvonlar


23
III
BOB
KO‘P HUJAYRALI HAYVONLAR:  
BO‘SHLIQICHLILAR TIPI
Bo‘shliqichlilar tanasi ikki qavat bo‘lib joylashgan hujayralardan 
ibo 
rat sodda tuzilgan ko‘p hujayrali hayvonlardir. Ularning tana 
bo‘shlig‘i ichak vazifasini bajaradi. Bu tiðga gidroid poliðlar, ssifoid 
meduzalar, korall polið 
lar si 
nflari kiradi.
6-§.  Gidroid poliðlar sinfi: chuchuk suv gidrasi
Tashqi tuzilishi. Gidra tiniq suvli tinch oqadigan yoki oqmay-
digan chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Uni akva 
riumlarda 
ham uchratish mumkin. Tanasining uzunligi 5–7 mm, silindrsimon 
shaklda. Tanasining ostki tomoni tovon  deb ataladi. Tovonning 
qarama-qarshi tomonida paypaslagichlar bilan o‘ralgan og‘iz teshi-
gi bor. Gidra tovoni bilan suvdagi narsalarga yopishib oladi. Suv 
tubidagi narsalarga yopishib olib hayot kechiradigan bo‘sh 
liqichlilar 
polið deb ataladi.
Tana simmetriyasi. Simmetriya – tana qismlarini bitta o‘q atro-
fida o‘zaro mutanosib joylashuvidan iborat (11-rasm). Gidraning 
tovonidan og‘iz teshigi tomonga 
bitta xayoliy chiziq o‘tkazilsa, 
uning tana 
sini shu chiziq 
dan 
paypas lagichlarga  ketuv chi  nur  lar 
bo‘ylab bir necha teng bo‘lak-
larga bo‘lish mumkin. Hayvon-
lar tanasini bitta o‘q chiziqdan 
chiquvchi nurlar bo‘ylab o‘za 
ro 
mos keladigan teng qismlardan 
iborat bo‘lishi radial, yani nurli 
simmetriya  deyiladi.
Tana devori hujayralari. Gidra 
tanasi devori ikki qavat bo‘ylab 
6-§. Gidroid poliрlar sinfi: chuchuk suv gidrasi
2
1
3
A                             B
11-rasm. Gidraning
ko‘ndalang kesimi  (A)  va tana simmetriyasi 
(B): 1–tashqi qavat; 2–ichki qavat;
3–tana bo‘shlig‘i


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə