11
II
BOB
BIR HUJAYRALILAR,
YA’NI SODDA HAYVONLAR
Bir hujayralilar tanasi mustaqil hayot kechirish xususiyatiga ega
bo‘lgan bitta hujayradan iborat. Ular hujayrasida ayirish va hazm
qi
lish vakuolalari, harakatlanish organoidlari va yadrosi bo‘ladi.
3-§. Soxta oyoqlilar sinfi
Soxta oyoqlilar – eng sodda tuzilgan bir hujayralilar. Oddiy
amyoba ularning tiðik vakili hisoblandi.
Yashash muhiti va tuzilishi. Amyoba to‘kilgan barglar va xas-
cho‘plar bilan ifloslangan ko‘lmak
suvlar tubida hayot kechira-
di. Tanasining kattaligi 0,2–0,5 mm, shaffof bo‘ladi. Amyoba
hujayra
sining shakli doimo o‘zgarib turadi. Boshqa hujayralar
singari amyoba tanasi ham quyuq dildiroq modda, ya’ni sitoplaz-
madan iborat. Sitoplaz
mada bitta yadro va hujayra organoidlari
joylashgan (3, 4-rasmlar).
Hujayra membranasi sitoplazmani tashqi
muhitdan ajratib turadi.
3-§. Soxta oyoqlilar sinfi
3-rasm. Oddiy amyobaning
mikroskopda ko‘rinishi
Soxta oyoqlar
Yashil suvo‘ti
4-rasm. Oddiy amyobaning tuzilishi:
1 – soxta oyoqlar; 2 – sitoplazma;
3 – hazm vakuolasi; 4 – yadro;
5 – qisqaruvchi vakuola;
6 – qamrab olinayotgan oziq
1
4
3
6
5
2
12
Harakatlanishi. Amyoba hujayrasi sirtida qalin qattiq qobiq bo‘l -
maganligidan sitoplazmasi qaysi tomonga oqib o‘tsa, tana sining o‘sha
tomoni bo‘rtib chiqib, «soxta oyoqlar»
deb ataladigan muvaqqat
o‘simtalar hosil qiladi. Amyobaning harakatini bir tomchi suvning
oqishiga o‘xshatish mumkin.
Soxta oyoqlar to‘xtovsiz hosil bo‘lib va
yo‘qolib turganidan amyobaning tana shakli ham o‘zgarib turadi.
Oziqlanishi. Amyoba bakteriyalar, mayda suv o‘tlari va orga
nik
qoldiqlar bilan oziqlanadi. Harakatlanayotgan amyoba oziqqa duch
kelganida bir necha soxta oyoqlar hosil qiladi. Soxta oyoqlar oziqni
qamrab olib, uni sitoplazmaga o‘tkazadi. Sitoplazmadan hazm shirasi
ajralishi bilan oziq atrofida kichik pufakcha –
hazm qilish vakuolasi
paydo bo‘ladi. Hazm shirasi ta’sirida vakuoladagi oziq moddalar
hazm bo‘ladi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi sitoplazmadan tash-
qariga chiqarib yuboriladi.
Nafas olishi. Amyoba suvda erigan
kislorod bilan nafas oladi.
Uning sitoplazmasiga kislorod suv bilan birga to‘xtovsiz o‘tib tura-
di. Kislorod yordamida sitoplazmadagi oziq moddalar parchalanib,
amyoba hayoti uchun zarur bo‘lgan energiya hamda zararli modda-
lar almashinuvi mahsulotlari hosil bo‘ladi. Sitoplazmadagi suvning
ortiqcha qismi zararli moddalar almashi nuvi mahsulotlari bilan birga
qisqaruvchi vakuola bo‘shlig‘iga o‘tadi.
Vakuola qisqarganida uning
ichidagi suyuqlik hujayradan chiqarib yuboriladi. Ana shu tariqa
amyoba organizmi bilan tashqi muhit o‘rtasida moddalar almashinuvi
sodir bo‘ladi.
Ta’sirlanishi. Sodda tuzilgan bo‘lsa ham, amyoba hayvon orga-
nizmiga xos xususiyatlarga ega. Ayrim ta’sirlar yordamida amyoba
tanasining shakli o‘zgarganligini ko‘rish mumkin. Agar amyobali
suvga ozroq osh tuzi qo‘shilsa, u hamma soxta oyoq
larini
tortib
olib, sharsimon shaklga kiradi. Bu hodisa amyobaning ta’sirlanishini
ko‘rsatadi.
Ko‘payishi. Amyoba ikkiga bo‘linish yo‘li bilan jinssiz ko‘ payadi
(5-rasm). Buning uchun yadroning hajmi ortib, uning qobig‘i
yemiriladi. Sitoplazmaga chiqqan yadro moddalari hujayraning
ikki tomoniga teng taqsimlanadi. Tezda hujayraning ikki tomoni-
da bittadan
yadro hosil bo‘ladi. Amyoba tanasi ham cho‘zilib,
o‘rtasidan ingichkalashadi va ikkiga ajraladi. Ana shu yo‘l bilan
bitta amyobadan ikkita yangi amyoba hosil bo‘ladi. Bu xildagi
II bob. Bir hujayralilar, ya’ni sodda hayvonlar
13
ko‘payishda jinsiy hujayralar hosil bo‘lmaganligi
tufayli jinssiz
ko‘payish deb ataladi.
Sista hosil qilishi. Sovuq tushganda yoki suv qurib qolganda
amyoba ha
ra
katlanishdan to‘xtab yumaloqlanadi; uning hujayrasi
sirtida qalin po‘st –
sista hosil bo‘ladi. Amyoba sista ichida noqu-
lay sharoit ta’siridan saqlanadi. Qulay sharoit tug‘ilganda amyoba
sistadan chiqib, hayot faoliyatini davom ettiradi.
Soxta oyoqlilarning xilma-xilligi. Dengizlarda ohak chig‘anoqli
soxta oyoqlilardan foraminiferalar va kremniy (qum) skeletli
nursimonlar ko‘p uchraydi. Bundan
bir necha million yil ilgari
yashab, qirilib ketgan foraminiferalar chig‘anoqlari qoldig‘i
hozirgi ohaktosh konlarini hosil qilgan. Nursimonlar skeleti
qoldig‘idan metallarni silliqlashda va jilvir qog‘oz tayyorlashda
foydalaniladi. Ayrim soxta oyoqlilar xavfli parazit hisoblanadi.
Masalan, odam va sutemizuvchilar ichagida yashaydigan
ichburug‘ amyobasi ichak devorini yemirib, qonli ichburug‘
paydo qiladi.
1. Amyoba hujayrasi qanday tuzilgan?
2. Amyobaning soxta oyoqlari qanday hosil bo‘ladi?
3. Amyoba qanday oziqlanadi?
4. Qisqaruvchi vakuola qanday vazifa bajaradi?
5. Amyobaning ta’sirlanishi qanday sodir bo‘ladi?
6. Amyoba qanday ko‘payadi?
7. Soxta oyoqlilar qanday ahamiyatga ega?
8. Nima uchun amyoba hujayrasidan ortiqcha suv chiqarib turilishi zarur?
3-§. Soxta oyoqlilar sinfi
1
2
3
4
5
5-rasm. Amyobaning bo‘linib ko‘payishi.
1 – bo‘linishga kirishayotgan hujayra; 2, 3, 4 –
hujayra va uning yadrosining
ikkiga ajralishi; 5 – hosil bo‘lgan ikkita yangi hujayra