Zoologiya uzb 2017. indd


-rasm. Tufelkaning tuzilishi va oziqlanishi



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64

18
9-rasm. Tufelkaning tuzilishi va oziqlanishi:
1 – hujayra   qobig‘i; 2 – kiðrikchalar; 3 – og‘iz; 4 – hazm vakuolalari
5 – qisqaruvchi vakuola; 6 – chiqarish teshikchasi; 7 – katta yadro; 8 – kichik 
yadro; 9 – hazm vakuolasining shakllanishi; 10 – otiluvchi tanachalar
9
6
4
6
3
9
5
2
10
3
8
10
1
7
II bob. Bir hujayralilar, ya’ni sodda hayvonlar
5-§.   Infuzoriyalar va sporalilar sinflari
Infuzoriyalar sinfi. Infuzoriyalarning tanasi kiðriklar bilan qoplan-
gan, katta va kichik yadrosi bo‘ladi. Hazm qilish va ayirish orga-
noidlari boshqa bir hujayralilarga nisbatan murakkab tuzilgan. Infu-
zoriyalar bi rinchi marta pichan ivitmasida topilgan. «Infuzoriya» so‘zi 
ham lotin tilida «pichan ivitmasi hayvonlari» ma’nosini anglatadi. 
Infuzoriyalarni tufelka misolida o‘rganamiz.
Yashash muhiti, tuzilishi va harakatlanishi. Tufelka o‘simlik 
qoldiqlari ko‘p bo‘lgan suv havzalarida uchraydi. Uning uzunligi 
0,1–0,3 mm bo‘lib, tanasining shakli poyabzalning ostki qismiga 
o‘xshab ketadi (9-rasm). Shuning uchun bu hayvon tufelka deb 
ataladi. Tanasining sirti juda ko‘p kiðriklar bilan qoplangan. Kiðrik-
chalarning tebranishi tufayli tufelka to‘mtoq tomoni bilan oldinga 
suzadi.
Oziqlanishi. Tufelka bakteriyalar bilan oziqlanadi. Tanasining 
yon tomonida uzun tarnovsimon chuqurchasi, uning tubida «og‘iz» 
teshigi bor. Og‘iz halqumga ochiladi. Chuqurcha atrofida joylashgan 


19
kiðriklar tebranishi natijasida oziq halqum tubida to‘planib, hazm 
vakuolasini hosil qiladi. Vakuola halqumdan uzilib sitoplazmaga 
tushadi. Vakuolalar sitoplazma oqimi bilan tufelka tanasini aylanib
oziqni hazm qiladi. Hazm bo‘lmagan oziq qoldiqlari tananing keyin-
gi tomonidagi teshikcha orqali suvga chiqarib yuboriladi.
Nafas olishi va ayirishi. Tufelkaning ikkita qisqaruvchi vakuolasi 
oldingi va keyingi tomonida joylashgan. Ular galma-galdan qisqarib 
turadi. Suvning ortiqcha qismi hamda moddalar almashinuvida hosil 
bo‘lgan keraksiz mahsulotlar sitoplazmadan vakuolalarga to‘planadi va 
ulardan tashqariga chiqarib yuboriladi. Kislorod tufelka sitoplazmasiga 
suv bilan birga kirib turadi. 
Ko‘payishi.  Tufelkaning sitoplazmasida loviyaga o‘xshash katta 
yadro va dumaloq kichik yadro bor. Jinssiz ko‘payishi yadrolar qo-
big‘ining erishi va yadro moddasining ikkiga taqsimla nishidan bosh-
lanadi. Bu vaqtda tufelkaning tanasi qoq o‘rtasidan ingichkalashadi. 
Hosil bo‘lgan yangi yadrolar tufelkaning oldingi va keyingi tomoniga 
teng miqdorda o‘tadi. Tufelka tanasi tobora ingichkalashib, ikkiga 
ajraladi va bitta infuzoriyadan ikkita infuzoriya hosil bo‘ladi. Dastlab 
har bir infuzoriyada bittadan qisqa ruvchi vakuola bo‘ladi, ikkinchisi 
esa keyinroq hosil bo‘ladi. 
Ta’sirlanishi. Tufelka hujayrasi qobig‘ining ostida mayda kuydiruv-
chi  tayoqchasimon tanachalar joylashgan. Bu tanachalar uni yirtqich 
hayvonlardan himoya qiladi. Tufelkaning tayoqchalari otilib chiqib, 
yirtqich hayvon tanasiga sanchiladi va uni cho‘ 
chitib yuboradi.
Sporalilar sinfi. 4 000 dan ortiq mikroskopik hayvonlarni o‘z 
ichi 
 
 
ga oladi. Hamma turlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. 
Tuzilishi juda soddalashgan. Harakatlanish, hazm qilish va ayi 
rish 
organoidlari bo‘lmaydi. Ulardan bezgak paraziti keng tarqalgan. 
10-rasm. Bezgak parazitining rivojlanishi:
1 – qizil qon hujayrasiga kirayotgan parazit;
2 – para zitning qizil qon hujayrasida o‘sishi;
3 – parazitning bo‘linib ko‘payishi;
4 – para zitlarning qon hujayra sidan qon plazmasiga 
 chiqishi
1
4
2
3
5-§. Infuzoriyalar va sporalilar sinflari


20
Bu parazitni odamga bezgak chivini yuqtiradi. Parazit qizil qon 
tanachalariga kirib, tez bo‘linib ko‘payadi (10-rasm). Parazit qon 
hujayralari ni yemirib, qon plazmasiga chiqqanida odamning harorati 
keskin ko‘tarilib, bezgak xuruj qiladi. Bu sinfga tut iðak qurti va 
 
asalari paraziti nozema ham kiradi.
1.  Infuzoriyalar tuzilishining qaysi xususiyatlari boshqa bir hujayralilardan farq 
qiladi?
2.  Tufelka sitoplazmasida qanday organoidlar joylashgan?
3.  Tufelka oziqni qanday hazm qiladi?
4.  Tufelkaning jinssiz ko‘payishi qanday sodir bo‘ladi?
5.  Nima sababdan tufelka murakkab tuzilgan bir hujayralilarga kiri tiladi?
6. Bir hujayralilar hujayrasi ko‘p hujayralilar bitta hujayrasidan qanday farq 
qiladi?
1. Tufelka hujayrasida bo‘ladi: 
2. Sporalilar hujayrasida bo‘lmaydi:
a) bitta katta va bitta kichik yadro; 
a) yadro, qisqaruvchi vakuolasi;
b) bitta qisqaruvchi vakuolasi; 
b) hujayra membrana hazm vakuolasi;
d) bitta hazm vakuolasi. 
d) harakatlanish organoidlari.
Bir hujayralilar nomi va ularga mos keladigan yashash tarzini juftlab yozing.
a) nozema;  
 
 
1) qon hujayralarini yemiradi;
b) tufelka;   
 
 
2) arilar va iðak qurti paraziti;
d) bezgak paraziti.   
 
3) bakteriyalar bilan oziqlanadi.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Infuzoriya, tufelka, kiðriklar, halqum, chiqarish teshigi, katta yadro, kichik 
yadro, kuydiruvchi tanacha, sporalilar, spora, bezgak paraziti, nozemalar.
Jumboqni yeching. Siz o‘tgan darslardan birida mikropreparatda amyobaning 
tufelka infuzoriyasini qamrab olib oziqlanishini mikroskop ostida olingan 
video 
film orqali tomosha qilgan edingiz. Tufelka esa amyobaga nisbatan an-
cha harakatchan hayvon hisoblanadi. U holda nima sababdan tufelka amyoba 
qamrovidan qutulib ketolmagan?
Quyidagi topishmoqda qaysi hayvon to‘g‘risida so‘z yuritiladi?
4. Suvga biroz pichan soldik,
O‘sha suvdan tomchi oldik.
Unda tirik jonni ko‘rib,
Biz hammamiz hayron qoldik.
Tasdiqlovchi javoblar: 1a, 2d.
Juftlab yozish javoblari:  a-2, b-3, d-1.
?!
II bob. Bir hujayralilar, ya’ni sodda hayvonlar


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə