Tijorat banklarida kredit operatsiyalari hisobini takomillashtirish



Yüklə 123,97 Kb.
səhifə1/5
tarix11.12.2023
ölçüsü123,97 Kb.
#147370
  1   2   3   4   5
TIJORAT BANKLARIDA KREDIT OPERATSIYALARI


TIJORAT BANKLARIDA KREDIT OPERATSIYALARI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
Tijorat banklar tomonidan kredit berish yanada kengiyib bormoqda. Ular davr taraqqiyoti bilan shahdam qadam tashlash maqsadida hamda raqobat kurashiga bardosh bera olishda o‘z hizmat turlarini ko‘paytirishlari va rivojlantirishlari shart. Bu o‘z navbatida tijorat banklari xususiy kapitalining milliy va halqaro standartlar darajasiga yaqinlashtirish bo‘yicha ilmiy hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tadqiqotlar olib borilishini taqazo etmoqda. Kredit operatsiyalarini amalga oshirishda muammoli kreditlarning yuzaga kelishi, ularning buxgalteriya hisobini xalqaro standartlari talablari asosida tartibga solishni zaruriyat qilib qo‘ymoqda. Ushbu zaruriyatdan kelib chiqib, tijorat banklarida kreditlar bo‘yicha to‘lash va ehtimoliy yo‘qotishlar zahiralarini jarayolari hisobini takomillashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Kalit sozlar: Tijorat bank,debit,kredit, kredit hisobvarag‘i,Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari(BHXS), kapital,zaxira fondi,hisob varaq, Kredit operatsiyalari, shartnoma, balans.
KIRISH
Bugungi kunda Respublikamizda iqtisodiyotni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bank kreditlari hajmining oshishi, bank kreditlaridan foydalanayotgan turli mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidagi mijozlar miqdori ko‘payishi va banklar tomonidan berilayotgan kreditlarni oqilona joylashtirish va ular samaradorligini oshirish, berilgan kreditlar hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni undirib olishni ta’minlash banklar kredit portfeli ustidan doimiy nazorat qilib borish asosiy ishi deb talab qilinmoqda. O‘zbekiston RespublikasiPrezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli “O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, farmoni bank tizimining boshqarish mexanizmlarining xar bir elementini o‘zaro bog‘liq xolda o‘rganish va tahlil etish orqali mavjud muammolarni echimini topish va ularni o‘z vaqtida bartaraf etishni taqozo etadi. Hozirgi kunda bank aktivlari tarkibida kreditlarning ulushi 80 foizga, kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli kreditlarning ulushi 95 foizga, xorijiy valyutadagi kreditlarning ulushi 55 foizga yaqin bo‘lishi kredit riskining darajasi yuqoriligidan hamda u to‘g‘risida ma’lumotlar tez va sifatli shakllanish zarurligidan dalolat beradi. Tijorat banklar tomonidan kredit berish yanada kengiyib bormoqda. Ular davr taraqqiyoti bilan shahdam qadam tashlash maqsadida hamda raqobat kurashiga bardosh bera olishda o‘z hizmat turlarini ko‘paytirishlari va rivojlantirishlari shart. Bu o‘z navbatida tijorat banklari xususiy kapitalining milliy va halqaro standartlar darajasiga yaqinlashtirish bo‘yicha ilmiy hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tadqiqotlar olib borilishini taqazo etmoqda.
Shuningdek, tijorat banklari nafaqat sub’ektlarni kreditlash balki, ushbu resurslardan kutiladigan natijani buxgalteriya hisobi orqali nazorat qilishni taqozo etadi. Shuningdek, kredit operatsiyalarini amalga oshirishda muammoli kreditlarning yuzaga kelishi, ularning buxgalteriya hisobini xalqaro standartlari talablari asosida tartibga solishni zaruriyat qilib qo‘ymoqda. Ushbu zaruriyatdan kelib chiqib, tijorat banklarida kreditlar bo‘yicha to‘lash va ehtimoliy yo‘qotishlar zahiralarini jarayolari hisobini takomillashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Yüklə 123,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə