Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkentmoliyainstituti «Buxgalteriya hisobi»


Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning bog‘lanishi



Yüklə 44,26 Kb.
səhifə8/8
tarix15.05.2023
ölçüsü44,26 Kb.
#110440
1   2   3   4   5   6   7   8
KURS ISHI bux

Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning bog‘lanishi
1-jadval

T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Debet

Kredit

1

Akkreditivlarga pul mablag‘lari o‘tkazildi

5510

5110-5220

2

Qondirilgan da’volar summasining maxsus schyotga kelib tushishi

5510-5530

4860

3

Depozit ishtirokchisi sifatida aktsiya obunachilaridan bo‘nak summasining olinishi

5530

6320

4

Qisqa muddatli bank kreditlari hisobidan akkreditivlarga pul mablag‘lari o‘tkazildi

5510

6810

5

Sotish xarajatlarining to‘lovi chek bilan amalga oshirildi

9410

5520

6

Ishlatilmagan summaning muddat oxirida qaytarilishi:
a) akkreditivlar
b) chek daftarchalari

5110-5220


5110-5220

5510
5520



7

Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga bo‘lgan qarzni to‘lashda akkreditivdagi summa hisobdan chiqarildi

6010

5510

8

Akkreditivdan bo‘nakning berilishi

4310-4330

5510

9

Sug‘urta bo‘yicha qarzlarning akkreditiv mablag‘lari hisobiga qoplanishi

6510

5510

10

Boshqa kreditorlarning xizmatlari uchun to‘lovlarda ishlatilgan cheklar summasini hisobdan chiqarish

6990

5520

11

Maxsus schyotdan sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan qarzning to‘lanishi

6120

5530

12

Sotib olingan putevkalar uchun maxsus schyotdan to‘langan summa

5610

5530

13

Chek daftarchalaridagi ishlatilmagan mablag‘larning qisqa muddatli bank kreditlarini qoplash uchun qaytarilishi

6810

5520

14

Akkreditivdagi ishlatilmagan mablag‘ning uzoq muddatli bank kreditlarini qoplash uchun qaytarilishi

6950, 7810

5510

15

Hisoblangan foizlar bo‘yicha qarzlarning qoplanishi

6920

5510-5530

16

Ijaraga beruvchiga tegishli bo‘lgan to‘lovlar to‘landi

6910, 6950

5530

5610 “Pul ekvivalentlari (turlari bo‘yicha)” schyotida markalar, pattalar va boshqa pul ekvivalentlari nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotning debetida pul ekvivalentlarini sotib olish pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda, kreditida esa pul ekvivalentlarining sarflanishi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


Xulosa
Kompaniya buxgalteriyasida barcha to‘lov va hisob kitob operasiyalari amalga oshiradi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pul mablag‘lari hisobini to‘g‘ri va aniq tashkil qilinishi hamda uni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriyasi, odatda, barcha to‘lov va hisob-kitob muomalalarini amalga oshiradi hamda ushbu muomalalarni qonunlarga muvofiq, o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“ qonuniga muvofiq, mamlakatning Davlat banki sifatida tashkil etilib, 1992-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankiga aylantirildi.
Markaziy bank mazkur tizimning bosh banki bo‘lib, pul-kredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi va milliy pulning barqarorligini ta’minlovchi muassasa hisoblanadi. 1995 yil 21 dekabrda «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida» gi qonuni qabul qilindi. 2019 yil 11 noyabrda O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida qonuning yangi taxriri e’lon qilindi. Markaziy bank maqomi va maqsadlari «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Banki to‘g‘risida»gi O‘onunning 3-moddasida belgilangan: «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs bo‘lib, faqat davlat mulki hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki - iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa, o‘z xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega.»
Qonunning 5-moddasida «Markaziy bankning asosiy maqsadilari narxlarning,bank tizimining,to‘lov tizimlari ishlashining barqarorligini ta’minlashdan iboratdir.Markaziy bankning bank tizimi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha faoliyati narxlarning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.Narxlarning barqarorligini ta’minlash va milliy pul birligini xorijiy valyuta bozorlarida ayirboshlash kursining barqaror bo‘lishiga erishishni ko‘zda tutuvchi bu maqsad davlatning iqtisodiy siyosatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rni juda muhim ekanligini belgilaydi.
Markaziy bank iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini bevosita kreditlamasada, u tijorat banklarining kredit zahiralariga bozor usullari orqali samarali ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun pul bozorining turli bo‘g‘inlarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki operatsiyalaridan, shu jumladan valyuta intervensiyasidan, ikkilamchi bozorda davlat qimmatli qog‘ozlari bilan bo‘ladigan operatsiyalaridan, kredit kimoshdi savdolaridan foydalanadi. Markaziy bank o‘zi belgilagan shartlarga binoan oltin, chet el valyutasi, xalqaro rezervlar toifasiga kiruvchi valyuta boyliklari, davlatning qarz majburiyatlari va hukumat kafolatlagan boshqa qarz vositalari, Markaziy bankda depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul bo‘lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan aktivlar, to‘lanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellarini garovga olgan holda tijorat banklariga uch oygacha bo‘lgan muddatda kredit berishi mumkin.


1


2


3


Yüklə 44,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə