Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги термиз давлат университети


Bevosita   iqtisodiyotni   boshqaradigan



Yüklə 297,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/25
tarix12.04.2022
ölçüsü297,46 Kb.
#85350
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bevosita   iqtisodiyotni   boshqaradigan,   davlat   iqtisodiy   siyosatini 

hayotga   tadbiq   etadigan   boshqaruv   bo’g’inlarining   asosiylari   quyidagilar 



hisoblanadi.Bosh vazir, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’yicha bosh vazir 

o’rinbosari, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo’mitasi, 

O’zbekiston Markaziy va Milliy banklari, Xalq jamg’arma banki, Davlat boj, 

soliq   va   xususiylashtirish   qo’mitalari,   barcha   vazirliklarning   iqtisodiy 

boshqarmalari va hokimliklar 

  Milliy   iqtisodiyotning   boshqaruv   vazifalari   umumiy   tarzda 

quyidagicha belgilangan

1.   Bozor iqtisodiyotining xuquqiy asoslarini va ijtimoiy muhitni yaratib 

berish. 

2.   Mulk daxlsizligini ta’minlash. 




3.   Raqobat halolligini saqlash va uni himoya qilish. 

4.   Daromad va milliy boyliklarni taqsimlash va qayta taqsimlash. 

5.     Milliy   mahsulot   tarkibini   yaxshilash   maqsadida   resurslar 

taqsimotini tartibga solish, ustuvor yo’nalishlarni belgilash. 

6.     Iqtisodiyotni   barqarorlashtirish,   ish   bilan   ta’minlash,   inflyatsiya 

jarayonlarini nazorat qilish, iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, ijtimoiy ishlab 

chiqarish samaradorligini oshirish; 

7.       Bozor   iqtisodiyotiga   o’tish   sharoitida   o’tish   davrining 

xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   tegishli   chora-tadbirlar,   xususan 

aholining ma’lum bir tabaqalarini ijtimoiy himoyalashni ta’minlash. 

8.     Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bosqichlarining uzviyligini 

ta’minlash. 

9.     Respublika   aholisining   tarkibiy   o’sish   sur’atlari   va   boshqa 

xususiyatlarini hisobga olgan holda yangi ish joylarini tashkil etish, aholini 

ish bilan ta’minlash, mehnat birjalari va mehnat bozorlarini tashkil etish. 

Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish. 

10.  Iste’mol bozorining himoyasini tashkil etish. 

11.  Milliy pul birligi kursining qat’iyligini ta’minlash va hokazolar.          

Bozor   iqtisodiyotiga   og’ishmay   borishni   ta’minlash   uchun   birinchi 

navbatda ana shu qayd etilgan ishlarni amalga oshirish lozim bo’ladi. Shu 

bilan   birga   mahalliy   xususiyatlarni   hisobga   olish,   oldingi   markazlashgan 

davlat   boshqaruv   tizimining   ham   maqsadga   muvofiq   jihatlarini   saqlab 

qolish kerak.           

O’zbekiston   Respublikasi   ma’muriy   jixatdan   o’n   ikkita   viloyat   va 

Qoraqolpog’iston Respublikasini o’z ichiga oladi. Ma’lumki, viloyatlar yana 

tumanlarga   bo’linadi.   Ushbu   mintaqalarning   boshqaruv   organlari   va 

ularning   xuquqiy,   mulk   chegaralariga   o’zgartirishlar   kiritildi.   Mahalliy 

ahamiyatga   molik   bo’lgan   qonunlar   va   farmonlar   qabul   qilish   xalq 

tomonidan   saylangan   tuman,   viloyat   deputatlari,   ularning   kengashlari 

zimmasiga yuklatilgan. Mahalliy darajada Oliy boshqaruv va ijrochi organ – 

viloyat   va   tuman   hokimiyat   organlari   tuzilgan.   Hokimlar   respublika 

Prezidentining     joylardagi vakili bo’lib, ular Prezident tomonidan tavsiya 

etiladi va mahalliy deputatlar kengashida tasdiqlanadi. Shu bilan birga ular 



mahalliy   kengash   raislari   etib   saylanadi.12Mahalliy   hokimiyatning   mulk 

huquqlari asosiy qonunda qat’iy belgilanib, ularning shakllanish manbalari 

ham aniq ko’rsatilgan. Munitsipial mulk deb atalmish ushbu mulk mahalliy 

sanoat, tijorat va boshqalar hisobiga tashkil etiladi va ular to’liq mahalliy 

hokimiyatlar tasarrufida bo’ladi. Mahalliy hokimiyatlarning iqtisodiyotning 

boshqaruv   bo’g’inlari   yuqorida   sanab   o’tilgan   respublika   organlarining 

bo’limlari hisoblanadi.    

                           2. Miliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzulmalari. 

Iqtisodiyot murakkab va ko’p qirrali xususiyatga ega. U har biri aniq 

funktsiyani bajaradigan va shuning bilan birga boshqa bo’g’inlar xarakatini 

ta’minlaydigan   keng   tarmoqli   turli   xil   bo’limlar   tizimidan   iborat.   Shuning 

uchun   iqtisodiyotning   tarkibi   doimo   rivojlanishda   va   takomillashtirishda 

bo’ladigan murakkab organizmdir.            

 Iqtisodiyotning tarkibi (strukturasi) deganda ma’lum omillar ta’sirida  

yuzaga   kelgan   ijtimoiy   takror   ishlab   chiqarish   va   ijtimoiy   mehnat 

taqsimotini ifodalaydigan iqtisodiyot tarmoqlarining nisbati tushuniladi. 

    Ma’lumki,   Markazlashgan   boshqaruv   tizimida   muayyan   mamlakat 


Yüklə 297,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə