Iqtisodiyotni 3 xil tushunchasi bor:
• Ishlab chiqarish munosabatlarini yig’indisi;
• Rayon xo’jaligi, mamlakat yoki mamlakatlar xo’jaligi yoki dunyo
xo’jaligi;
• Iqtisodiy munosabatlarni tarmoqlararo yoki funktsional aspektlarini
(tomonlarini) o’rganadigan fan tarmog’i.
Milliy iqtisodiyot- bu tarmoqlar xususiyatini birlashtirgan,
mujassamlashtirgan kompleksdir.
Milliy iqtisodiyot- bu mamlakat xo’jaligini, uning tarkibini, uning ayrim
elementlarini o’zaro bog’liqligidir.
Iqtisodiyot, Milliy,- deb atalsa ham, u ma’lum bir millat manfaatini
ifodalamaydi, balki umummilliy manfaatlarga xizmat qiladi.
Iqtisodiyot inson faoliyatining asosiy jihati, jamiyat hayotining
poydevoridir. Shu boisdan«avval iqtisod, keyin siyosat» deydilar. Inson tirik
jon bo’lgani uchun birinchi navbatda uning moddiy talab ehtiyoji qondirilishi
kerak, chunki unga faqat iqtisodiy faoliyat orqali erishiladi. Kishilar
hamisha iqtisodiyot bilan mashg’ul bo’ladilar, chunki shu yo’l bilan o’z
risq-nasibasini yaratadilar.Iqtisodiy faoliyat-u yoki bu mamlakat, butun
insoniyat alohida individlari, guruhlari, ijtimoiy qatlamlarning faoliyatidir.
Iqtisodiy faoliyat – bu moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish,
Dostları ilə paylaş: |