Ўзбекистан Республикаси



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix24.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#158923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Umumiy geologiya (4)

Uzilmalar
1.Ugam -Kosson; 2.Shimoliy Ugam; 3. Maydontol; 4. Janubiy Sandalash;
5. Shimoliy Pskom; 6. Janubiy Ugam; 7. Shimoliy Sandalash; 8. Janubiy
Pskom; 9. Chotqol; 10. Chetki Chotqol.
32


V-bob Nohiyaning qazilm a boyliklari
O„zbekiston qazilma boyliklar zahirasi bo„yicha Ittifoqimizda yetakchi 
o„rinlarda turadi. Yer qa’rida xilma-xil mineral xom ashyo aniqlangan 
bo„lib, ularning asosida jumhuriyatimizda xalq ho„jaligining mineral xom 
ashyo talab qiluvchi gaz, ko„mir, energetika, kimyo, rangli metallurgiya 
kabi sanoat tarmoqlari ishlab turibdi. Jumhuriyatimizda ma’lum foydali 
qazilmalar yoqilg„i-energetika resurslari, qora, rangli kamyob va tarqoq 
qimmatbaho metall, nometall va yerosti suvlar guruhiga ajratiladi.
Yoqilg„i - energetika resu rslari Jumhuriyatimizda 
kaynozoy va 
mezazoy, qisman yuqori paleozoy davrining dengiz yotqiziqlarida 
joylarida yuzga yaqin gaz va neft konlari topilgan, qo„ng„ir va toshko„mir 
konlari esa Ohangaron, Sharg„un, Boysun atroflarida tarqalgan yura 
qatlamlarida uchraydi.
Q ora m etallar - qatoriga temir, marganes, xrom, vanadiy, titan kabi 
mashinasozlik sanoatida ishlatiladigan minerallar kiradi. Bizda titan - 
magnetit, titan-marganes, marganes m a’danlari mavjud.
Rangli, kam yob va tarq o q qim m atbaho m etallar: mis, qo„rg„oshin, 
ruh, nikel, volfram, molibdaen, vismut, simob, surma, qadimiy va noyob 
metallarning katta-kichik konlari mavjud. Ular Ohangaron, Olmaliq, 
Qo„rg„oshinkon, Xondiza, Uchquloch, Langan, Yaxton, Qo„ytosh, 
Sargardon, Qalmoqqir, Qizilqum kabi maydonlardagi tokembriy va 
paleozoy qatlamlari va magmatik jinslari orasida topilgan.
^ m e t a l ^ r . Chotqol-Qurama, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sultonvays 
tog„larida flyuorit, talk, osh tuzi, asbest, kaolin loylari, marmar, granit, 
qimmatbaho toshlari kabi qazilma boyliklar topilgan.
Yer osti suvlari. Jumhuriyatimizda qazilma boyliklar ichida bebaho 
bo„lgan yer osti suvlarining umumiy miqdori Sirdaryo suvining miqdoriga 
teng. Ular tog„li o„lkalarda tektonik darsliklarda joylashgan, past 
tekisliklarda esa yer osti ko„llari va dengizlari bilan bog„liq.
Bu bo„lim amaliy mashg„ulot nohiyasidagi qazilma boyliklarga 
bag„ishlangan. Ularning asosiy qismini magmatik jarayonlar bilan bog„liq 
bo„lgan ma’dan kompleks formasiyalar tashkil qiladi. M a’dan kompleks 
formasiyalari magmatik kompleksi bilan genetik yoki paragenetik bog„liq 
bo„lishi aniqlangan (H.M.Abdullayev,1960). 
Shu o„rinda qisqacha 
O„zbekiston geologiyasining asoschisi H.M.Abdullayevning granitoidlar 
bilan m a’danlar bog„liqligi haqidagi tadqiqotning mohiyatiga qisqacha 
to„xtalib o„tamiz.
33


H.M.Abdullayevning ilmiy nazariyasigacha ma’dan hosil bo„lishi 
haqidagi g„oyaga binoan, ma’dan konlari o„ziga xos taraqqiyotga ega edi. 
Ular geosinklinal burmalanish, magmatik jarayonlar tugagandan so„ng, 
sifatan, yangi davrda, po„st ostida, chuqur mantiyada joylashgan 
o„chog„dan ajralib chiqqan gidrotermal eritmalar bilan bog„liq. Bu bilan 
esa geosinklinal burmalanish mintaqalari batamom turg„unlashadi. 
M a’danlar esa faqatgina maqbul strukturalarni ajratishga qaratilar edi. 
Bunday holat geosinklinal burmalanish mintaqalarining bosqichlari va ular 
bilan bog„liq bo„lgan magmatik jarayon hosilalarini kon hosil bo„lishidagi 
mohiyatini inkor qilish edi. H.M.Abdullayev “Geologiya” fanining yangi- 
metallogeniya sohasini kashf etdi va shu sohadagi ilmiy ishlar bo„yicha 
1960 - yili mukofot bilan taqdirlandi. Uning ilmiy monografik kitoblar 
ingliz, nemis, xitoy tillariga tarjima qilindi. H.M.Abdullayev nazariyasiga 
asosan, geosinklinal bosqichlarda magmatik komplekslar joriylashadi va 
ular bilan genetik va paragenetik bog„liq bo„lgan m a’dan kompleks 
formasiyalari vujudga keladi. Bu jarayonda H.M.Abdullayev tomonidan 
yana bir muhim muammo hal etildi. Magma yuqori qatlamlarni yorib 
joriylashayotganda, u yuqori haroratli bo„lganligi tufayli, cho„kindi 
jinslarga ta’sir qiladi. Cho„kindi jinslar eriydi va natijada magma bilan 
qo„shilishi, 
faollanish 
reaksiyalari 
boshlanadi. 
Bu 
jarayon
H.M.Abdullayevni assimilyasion nazariyani yaratishga olib keldi va bu 
nazariya asosida m a’dan hosil bo„lishi, magmani o„zgarish qonuniyatlarini 
ifodalashga imkoniyat yaratdi. H.M.Abdullayevning ilmiy maktabini 
metallogenik xaritalar tuzish bo„yicha nuqtai nazarlari asosida, Chotqol 
geosinklinal doirasida gersin tektonik siklining kechki bosqichlarida 
magmatik komplekslar bilan genetik bog„liq bo„lgan va oxirgi bosqichda 
esa paragenetik bog„langan m a’dan kompleks formasiyalari ajratiladi.
Kechki bosqich. Bunda yuqori toshko„mir quyi perm magmatik 
kompleksi bilan genetik bog„liq bo„lgan yuqori haroratli skarn m a’dan 
kompleks 
formasiyalari 
hosil 
bo„ladi. 
Skarn m a’dan kompleksi 
magmaning karbonat jinslar orasiga joriylashayotganda hosil bo„ladi. 
Bunday holatda intruziv jinslar bilan cho„kindi jinslar tutashgan qismlarida 
chegara doiralari, ya’ni kontakt doiralari vujudga keladi. 
Ular 
intruziyaning ichki va tashqi doiralarida joylashgan bo„lishi mumkin. 
Skarnlarning ichki va tashqi doira m a’dan yig„indisi, m a’dan kompleksni 
tashkil qiladi. M a’dan kompleks esa, o„z yo„lida, mineralogik tarkibiga 
asosan, formasiyalarga bo„linadi. Shunday qilib, gersin tektonik siklning 
kechki bosqichida, intruziv kompleks bilan genetik bog„liq bo„lgan,
34


m a’dan 
skarn 
kompleksi 
hosil 
bo„ladi 
va 
quyidagi 
m a’dan 
formasiyalaridan iborat:
1.Mis - temir formasiyasi;
2.Molibden - mis - oltin formasiyasi;
3.Molibden - volfram formasiyasi
1. Mis - tem ir form asiyasi
Bunga Chotqol intruzivining karbonat jinslar bilan tutashgan 
chegaralarida hosil bo„lgan skarn-magnetit ma’danlari kiradi. Ularga 
Shabrez, Qoraarcha konlarini misol qilib ko„rsatish mumkin, shuningdek, 
Xudoydod, Ixnach va boshqa intruziyalarning chegaralarida ham skarn- 
magnetit 
uyumlari 
m a’lum. 
Bu 
konlarning 
zahiralari 
hozircha 
hisoblanmagan. Ularda temir m a’danidan tashqari, mis, volfram va oltin 
minerallari aniqlangan.
2.M olibden - mis - oltin form asiyasi
Chotqolda Oygaing, Sandalash, Quramator, Xudoydod konlari bu 
formasiyaga misol bo„ladi. Ular kechki bosqich magmatik kompleksi bilan 
karbonat jinslarning tutashgan doiralarida joylashagan. M a’danlar, asosan, 
skarnsimon jinslar bilan bog„liq.
3.M olibden - volfram form asiyasi
Bunga Pskom antiklinalida joylashgan Chavata, Paragnov konlari 
misol bo„ladi. Konlar 1950-65 yillarda Chotqol geologiya ekspidisiyasi 
xodimlari tomonidan ochilgan Kon m a’danlari gersin tektonik tsiklining 
kechki bosqichini montsogranodiorit - adamellit magmatik kompleksi 
bilan bog„liq. Bu magmatik jinslar, asosan, yuqori devon qumtoshlari, 
mergellari, kvarsitlari va quyi toshko„mir ohaktoshlari orasiga joylashgan. 
Intruziv va cho„kindi jinslar tutashgan qismlarida m a’dan uyumlari 
shtokverk, linza, tomir kabi struktura shakllarini tashkil qiladi. 
M a’danning asosiy qismi, sheelit, volframit, molibdenit kabi minerallardan 
iborat. Bundan tashqari kvars, pirit, pirrotin, kumush va boshqalar 
uchraydi.
Burchmulla nohiyasida bu bosqichning intruziyalari bilan paragenetik 
bog„liq bo„lgan konlar katta ahamiyatga ega. Bu konlar intruziv va 
cho„kindi jinslar tutashgan qismlarida emas, balki intruziv joylashgan
35


doiradan uzoqroqdagi cho„kindi jinslar bag„rida hosil bo„ladi. Ular asosan 
margimush - vismut ma’dan kompleksidan tashkil topgan. Ustarasoy 
vismut koni nohiyada eng yirik konlardan hisoblanadi. Kon 1931-yili
I.M.Efimenko tomonidan ochilgan. Bu kon granitoid va cho„kindi jinslar 
tutashgan joylarda hosil bo„lmagan bo„lsada, granitoid jinslar vujudga 
kelgan 
o„chog„laridan 
chiqqan 
yuqori 
haroratli 
gidrotermal 
suyuqliklarning ta’sirida paydo bo„lgan. Gidrotermal suyuqliklarning 
cho„kindi jinslariga ta’siri natijasida metasomatik jinslar vujudga keladi va 
shu bilan birgalikda metasomatik jinslar doiralari hosil bo„ladi.
Ustarasoy, 
Zaxtan, 
Qulma konlari 
margimush-vismut ma’dan 
kompleksidan iborat. Ularning tomir struktura shaklli uyumlari yuqori 
devon-quyi toshko„mir davrlariga mansub alevrolit, ohaktosh qatlamlari 
orasida joylashgan. Bu konlarning ma’dan komplekslari quyidagi 
formasiyalaridan iborat:
1.Kvars - sheelit - vismutin.
2.Kvars - karbonat - pirrotin - vismutin.
3.Kvars - karbonat - vismutin - arsenopirit.
Umuman, bu konlar vismutin, vismut, jadeit, kobellit, kozalit, sheelit, 
arsenopirit, pirrotin va kvars, dolomit, flogopit kabi metasomatik 
minerallardan iborat. Shuningdek, tabiatda kam uchraydigan vismut 
minerallari bilan birga sanoat ahamiyatiga ega nodir elementlar platina, 
tellur, selen, oltin aniqlangan. Sheelit minerali konlarning yuqori haroratli 
ekanligini isbotlovchi minerallardir.
Margimush - vismut kompleksi ma’danining tomir struktura shaklli 
uyumlari yuqori devon-quyi toshko„mir davrlariga mansub alevrolit, 
ohaktosh 
qatlamlarining 
chegaralarida joylashgan. 
Ma’dan tomir 
strukturalarning joriylanishida, ayniqsa uzilmalar katta ahamiyatga ega.
Oxirgi bosqich. Bunda perm-quyi trias magmatik komplekslari bilan 
flyuorit-kvars ma’dan komplekslari paragenetik bog„liq bo„lib, ular 
Chotqol va Qurama struktura doiralarini chegarolovchi chuqur “Chetki 
Chotqol” uzilmasida joylashgan.
Flyuorit-kvars kompleksi past haroratli bo„lib, magmatik komplekslar 
bilan paragenetik bog„liq. Bu kompleksga Obirahmat koni misol bo„la 
oladi. Konni tashkil qiluvchi flyuorit minerallari chuqur uzilma va uning 
tarmoqlarida joylashgan. Ularni hosil qiluvchi gidrotermal suyuqliklar o„z 
hosilalarini g„ovakli, yaxlit quyi toshko„mir ohaktoshlari orasida 
yotqizgan. Bunda, ohaktoshlar ustida muvofiq joylashgan slaneslar ekran 
sifatida gidrotermal suyuqliklarning quyi toshko„mir ohaktoshlari orasida 
tarqalishiga olib kelgan. Gidrotermal suyuqliklar chuqur darzliklar bilan
36


bog„liq va ohirgi bosqich magmatik jinslari o„chog„i bilan aloqador. 
Flyuorit-kvars kompleks flyuorit, kvars va qisman pirit, galenit sfalerit, 
xalkopirit va boshqa minerallardan tashkil topgan. Flyuorit uyumlari turli 
hajmli, linza shaklidagi strukturalarni hosil qiladi. Flyuorit ma’danlari 
ayrim hollarda, kechki bosqich ma’dan komplekslarida ham uchraydi. 
Misol tariqasida Shabrez sheelit-flyuorit konini keltirish mumkin.
Ekzogen konlar
Burchmulla nohiyasida cho„kindi jinslar bilan bog„liq bo„lgan mis, 
oltin, qo„rg„oshin, ruh ma’danlari ma’lum. Lekin ular hali yetarli darajada 
o„rganilmagan. Ayniqsa, tulkibosh svitasining yuqori qismidagi slaneslari 
bilan mis, oltin 
ma’danlari bog„liq. Ular o„zining tarkibi, tuzilishi 
bo„yicha 
Mansfeld 
slaneslariga 
o„xshash. 
Chavata 
svitasining 
dolomitlarida ruh, qo„rg„oshin ma’danlari aniqlangan. Ular ham qatlamli 
ma’danlarni tashkil qiladilar. Bunga Sarikon, “Мoлoжёжнoe” konlari 
misol bo„la oladi. Bu konlar Katta Qoratog„dagi Achisoy, Shaliqiya 
konlariga o„xshash. 
Shuningdek Chotqol, 
Ko„ksuv 
daryolarining 
terassalarida sochma ma’danlari ma’lum.
VI bob. Geologik m arshrutlar 
Birinchi m arshrut
Burchmulla o„quv poligonidan taxminan 1,2 km janubiy sharqqa yurilsa 
Odamtosh tepaligi keladi. Bu o„tladigan geologik marshrutlarning 
dastlabkisi bo„lib, biz bu nuqtada nohiyaning orogidrografiyasi bilan 
tanishdik, tog„lar va daryolarni o„rgandik. Bu nuqtadan Katta Chimyon 
tog„i 3309 m, Kichik Chimyon tog„i, Paltau, Qoratutboshi, Chumbuchkut, 
Piskam, Korjan-tou tog„larini Chotqol, Ko„ksuv, Piskom, Ugam 
daryolarini kuzatdik.
Tog„li hududagi daryolar asosan ikki tomoni qoyali toshlar orasidan 
oqib keladi. Chothol daryosining suvi doim bir xilda oqmaydi. Bahor va 
yoz boshlarida yogingarchilik bo„lganda, havoning isishi natijasida muzlar 
erishi tezlashganda daryo suvi to„lib oqadi. Suv ko„paygan vaqtida kuchli 
oqim qum, less va har xil minerallarni vodiyning quyi qismiga - Chorvoq 
suv omboriga olib kelib tashlaydi. Kuz va qish fasillarida tog„li hudud 
daryolarining suvi juda ozayib ketadi.
Tepalikning Chotqol daryosiga qaragan tomonida qum toshlardan 
odamning haykaliga o„xshash tosh qad ko„tarib turibdi. Xuddi shu yerdan
37


Chotqolning Ko„ksuv bilan qo„shilishi, Chorvoq suv omborining ko„p 
qismi, zinapoya bo„lib yotgan Chotqol daryosining supalari, katta 
Burchmulla sinig„i, yaqqol ko„rinib turadi.
«Chorvoq» dengizi deb ataladigan bu suv ombori qurilgandan keyin 
tevarak-atrofdagi iqlim ancha o„zgardi: qishi iliqroq, yozi salqinroq bo„lib 
qoldi. Daryoda karp, sazan, xonbaliq va marinkalar juda ko„p. Suvning 
o„rtacha harorati +13- +14°C ni tashkil qiladi. Yozning iyul oylarida 
suvning harorati qirg„oq yerlarida +24 -+25°C gacha yetadi. Tarixiy 
yilnomalarning yozishicha, O„zbekistonning tog„li nohiyalarida miloddan 
avval to„rtinchi asrdayoq mis va oltin qazib chiqarilgan. Milodning 
sakkizinchi asrida hunarmandchilikning taraqqiy etishi bilan Chotqol 
tog„larida kumush - qo„rg„oshin qazib chiqarila boshlandi.
Hudud aholisi asosan tojik millatiga mansub bo„lib, u yerda o„zbeklar, 
qozoqlar, ruslar va boshqa millatlar ham istiqomat qiladi. Hudud aholisi 
asosan oromgohlarda va o„rmon xo„jaligida ishlashadi. Bu hudud iqlimi 
keskin kontinental iqlim bo„lib, qishi sovuq yozi issiq bo„ladi. Kunlik 
harorat ham farq qiladi. Iqlim hududning geologik tuzilishiga o„z tasirini 
ko„rsatadi 
bir yilda yog„adigan 1000 - 1500 mm yog„in sel bo„lishini, 
ko„chki va o„prilishlarni tezlatadi. Bu nuqtada talabalar dastlabki 
taassurotlarni kundalik daftarga tushurishadi va tog„ kompasi yordamida 
yo„nalishlarni aniqlashni o„rganishadi.
Ikkinchi m arshrut
Burchmulla o„quv poligonidan Burchmulla - Toshkent yo„li bo„yicha
1,3 km yurilsa odamtosh tepaligidan o„tish bilan yo„lning chap tomonida 
loy qatlam orasidan chiqib yotgan ohaktoshlarga ko„zingiz tushadi. Bu 
ohaktosh paleozoy erasiga qarashli qatlam bo„lib, faqat shu Yerda Yer 
ustiga chiqib yotibdi. 
Ohaktoshlar lupa bilan qaralganda uning ichida 
hayvonlar va o„simliklar qoldiqlarini va har xil minerallarni (kvars, biotit, 
muskovit va bosh.) ko„rish mumkin. Chiqib yotgan ohaktoshning qalinligi 
6-8 m., uzunligi 80-90 metr. Oxaktoshlar orasida magmatik tog„ 
jinslaridan shonkinit - monsonitlarni uchratishimiz mumkin. Magmatk 
jinslarni bunday ko„rinishi sill deb nomlanadi. Bunday magmatik jinslar 
qatlamlar aro magmatik jins hisoblanib, ular ohaktoshlar orasiga kirgan va 
tutushgan qismidagi ohaktoshlarni o„zgartirib yuborgan.
Ohaktoshli qatlam tugashi bilan yo„l ikkiga bo„linadi, birinchisi 
to„g„riga, ikkinchisi o„ngga pastga qarab ketadi. Shu o„ng tomondagi yo„l 
bilan chamasi 
100 m. tushsak mevali 3 gektar Yerni egallagan bog„liq
38


buloqli suvga duch kelamiz. Bu buloq suvlari ohaktoshli qatlamning 5 ta 
yerdagi yorig„idan chiqadi. Shuning uchun ham aholi bu buloqda 
Beshbuloq deb nom berishgan. Buloqlarning suvi hayron qolarlik darajada 
tiniq va sovuq, xalq bu buloq suvini shifobaxsh deb biladi. Bunda jon 
bo„lsa kerak. Har holda salqin suv, soya - salqin daraxtzor, musaffo tog„ 
havosi, go„zal tabiat - bularning hammasi kishiga qandaydir kuch 
bag„ishlaydi va kishi o„zini bardam sezadi, bu yerda ko„rgan-bilganlarini 
uzoq vaqtlargacha esidan chiqarmaydi. Bu buloqning atrofida katta chinor 
savlat to„kib turibdi. Bir oz 
dam olgach, marshrutni 
davom ettirib, 
chammasi 1200 m yurilgach, yo„lning chap tomonidan, ikki adirlik 
oralig„ida har xil tog„ jinslarining o„yilib yotganligini ko„rasiz. Bu selning 
geologik ishiga kiradi.
Shu yerda geologik bolg„a bilan jinslarni maydalab, ular orasidan 
xalkopirit, kalsit, kvars va boshqa minerallarni ko„rishingiz mumkin. Shu 
nuqtada domla yordamida tog„ kompasi bilan qatlamlarning elementlarini 
o„lchab, kundalik daftarga yozmoq darkordir.
5 - rasm
OTYAYLOV TOG„IDAGI KO„CHKI
Uchinchi m arshrut
Ko„ksuvning yuqori qismiga. Erta tong Ko„ksuvning o„ng tomonidan 
yo„ldan eski Burchmulla dam olish uyi tomon yo„lga tushiladi. Dam olish
39


uyiga yetmasdan Kulosiyo soyining Ko„ksuv bilan qo„shiladigan yerida 
to„xtab Otyaylov tepaligiga nazar tashlansa, juda katta surilmani ko„rish 
mumkin. Surilmaning (opolzen) uzunligi 300-320 m., eni 180-200 metr. 
Bir necha yuz yillar davomida jim yotgan bu surilma 1954 yili o„zini 
ko„rsatdi. Bu vodiyda bo„lgan surilmalarning eng kattasidir. Bu surilma 20 
dan ortiq xonadonni vayron qildi, hozir ham xavf solib turibdi. Shuning 
uchun Burchmulla dam olish uyi va xonadonlar boshqa xavfsiz yerga 
ko„chirilgan.
Bu ko„rinishdagi ko„chki - surilmalar asosan qiyaligi 18-30 % bo„lgan 
qiyaliklarda uchraydi. Bahor va kuz fasllarida 
yog„ingarchilik ko„p 
yog„ishi natijasida zamin jinslari ustida yotgan cho„kindi jinslar suv bilan 
to„yinishi natijasida cho„kindi jinslarni zamin jinslari bilan tutushgan 
qismidan sirpanishi natijasida yuzaga keladi. Demak ko„chkining yuzaga 
kelishi tepalikning qiyaligiga cho„kindi yotqiziqlarining 90-100m qalinlika 
ega bo„lishi va yog„inning ko„p yog„ishi natijasida yuzaga keladi. 
Shu 
vodiyda juda ko„plab kichik-kichik surilmalarni uchratishimiz mumkin, 
shuning uchun ham Ko„ksuv vodiysi «surilmalar vodiysi» deb ham ataladi. 
Dam olish uyidan taxminan 100 m narida yo„lning katta-kichik xarsang 
toshlar aralash gil uyumlari yotibdi. Ayrim katta xarsang toshlar xatto dam 
olish uyining plyajigacha dumalab tushgan. Bu tog„ jinslar katta 
Burchmulla yorig„idan ajralib chiqqan va pastga yumalab tushgan tektonik 
brekchiyalardir. Katta Burchmulla yorig„i Ko„ksuvning chap qirg„og„idan 
Chumbuchkut tog„i tomonida juda yaqqol ko„rinib turadi. Shu yoriq orqali 
D davrining qatlamining jinslari paleogen va neogen qatlamlari ustiga 
surilib chiqan. Katta Burchmulla yorig„idan vismutga boy bo„lgan kon 
topib foydalanishga topshirilgan. Taxminan 150 metr yurilsa, Ko„ksuv 
daryosi chap qirg„og„ida, Chumbuchkut tog„i yon bag„rida qatlamlarning 
har xil ko„rinishda yotganligini ko„ramiz. Qatlamlarning xar xil 
ko„rinishda yotishiga asosan tektonik harakatlar va zilzilalar sabab 
bo„lgan. Shu nuqtadan chamasi 400 metr o„tgandan so„ng Ko„ksuv vodiysi 
torayib lotincha «V» harfiga o„xshash qoladi. Agarda vodiydagi oppoq 
toshlardan biri geologik bolg„a bilan maydalansa, uning tarkibida yuzlab 
mayda yaltirab turgan kaltsit kristallarini ko„rish mumkin - bu marmardir. 
Marmar asosan oxaktoshning bosim va yuqori harorat ta’sirida yer ostida 
hosil bo„ladi. U yerdagi marmar geologiya jarayonlari natijasida yuqoriga 
chiqib qolgan.
40


To„rtinchi m arshrut
Kulosiyo soyi bo„ylab yuqoriga. Dam olish uyiga yetmasdan o„ng 
tomondan Kulosiyo soyi oqib chiqib, Ko„ksuvga qo„shiladi. Marshrut 
xuddi shu yerdan boshlanadi. Shu nuqtadan Kulosiyo soyining geologik 
ishini, soyning quyi qismida siyqalgan har xil o„lchamdagi tog„ jinslarini: 
ohaktosh, konglomerat, granit, qumtoshlarni ko„rishimiz mumkin. 
Chamasi 100 m. ko„tarilsak to„rtlamchi davrning konglomeratlarini 
(cho„kindi tog„ jinslari) yonidan chiqamiz. Soyning ikki tomonida kichik- 
kichik supachalar joylashgan. Bu supachalar asosan to„rtlamchi davrning 
tog„ jinslaridan, ya’ni alyuvial, promovial yotqiziqlaridan tashkil topgan. 
Marshrut Kulosiyo soyining chap tomonidan o„ng tomonidan toshdan- 
toshga o„tib tepaga qarab ko„tariladi. Chap va o„ng tomonidan xuddi 
ustimizga ag„darilayotganday ohaktosh qatlamlari osmonga qarab 
ko„tarilib ketgan. Shu marshrut vaqtida ko„plab tog„ jinslarining 
oralig„idan chiqayotgan Yer osti suvlarini ko„rishimiz mumkin. Bu soyda 
yozda suv ko„p bo„ladi, qishda deyarli bo„lmaydi. Soyning suvi 20-25 km 
janubi-sharqdagi Olabuqa cho„qqisi yon bag„ridagi 
qirliklar va 
buloqlardan oladi. Ichkariga kirib borgan sari dara qandaydir salovatli 
bo„la boradi. Tik qoyalar bir-biriga juda, ham yaqinlashib boradi. Sho„x 
soy suvi goh chap, goh o„ng tomonga toshlarga urilib, ko„pirib oqib 
boradi. Bir oz dam olgach, tog„ jinslaridan namunalar olib guruh 
boshlig„ining rahbarligida kundalik daftarga tushiramiz. Qatlamlarning 
joylanish elementlarini tog„ kompasi yordamida o„lchaymiz.
Bu nuqtada Qoratutboshi tog„ining yonbag„rida ajralib turgan nurash 
mahsulotlarini kuzatish mumkin. Biz bu nuqtada nurashning mexanik, 
kimyoviy va biologik turlarini kuzatishimiz mumkin yomg„ir, qor va 
shamol ta’sirida yumshoq oxaktosh va dolomitlarning yemrilishi natijasida 
turli shakldagi ustun ko„rinishidagi yotqiziqlarni kuzatishimiz mumkin. Bu 
nuqtada talabalar Qulosiyo soyi bo„yida daryo olib kelgan va yemirilgan 
zamin jinslarini yetish elementlarini o„lchab, tog„ jinslaridan namunalar 
oladilar.
41


6- rasm
Chotqol tog„ tizmasidagi Ko„k-suv daryosi 
Beshinchi m arshrut
Paleogen-neogen qatlamlarining kesimini tuzish.
Bu marshrutga chiqish uchun albatta tog„ kompasi, metr (15-20 metrli) 
va geologik bolg„a bo„lishi zarur. Paleogen neogen qatlamlarining yer 
ustiga chiqib turgan va o„lchashga qulay bo„lgan joyi Burchmulladan 
Yakkatut qishlog„iga boradigan yo„lning o„ng tomonida Chumbuchkut 
tog„ining yon bag„rida juda ham yaqqol ko„rinib turgan yerdan nuqta olsak 
maqsadga muvofiq bo„ladi. Kesimni tuzayotganda mayda, o„rtacha va 
yirik donali qumtosh qatlamlari bilan bir qatorda alevrolit va gil toshlar 
uchraydi. Metr bilan o„lchayotgan vaqtda shularga juda katta e’tibor berish 
kerak. 
O„lchamlarni 
tugatib, 
kundalik 
daftarga yozib 
bo„lgach 
marshrutimiz tugaydi.
Bu nuqtada qirqim tuzish shimoliy sharqda boshlanadi. R - N 
yotqiziqlarining yotish azimuti 600 yotish burchagi 700.
1 - qatlam mayda zarrali qumtoshdan iborat bo„lib tarkibida gilli 
slaneslar uchradi, rangi qo„ng„ir, haqiqiy qalinligi 4,5 m.
2 - qatlam mayda zarrali qo„ng„ir rangli 2 m qalinlikdagi qumtosh, 
tarkibida yirik zarrali qumtosh va gravelit ham uchradi.
3 - qatlam kulrangli mayda toshli konglomerant yaxshi silliqlangan 
tarkibi karbonatli gohida qumtosh va granitni uchratish mumkin, xaqiqiy 
qalinligi 1,5m.
42


4 - qatlam alevrolit bilan almashib turuvchi yirik donali qumtosh, 
qumtosh tarkibi kvars va dala shpatidan iborat. Qumtosh qo„ng„ir tusli 
bo„lib konglomerat esa kul rangda bo„lib, qalinligi 3 m.
5 - qatlam mayda qatlamli mustaxkam qo„ng„ir tusdagi alevrolitdan 
tuzilgan bo„lib ularning orasida gravelit va qumtoshni uchratish mumkin, 
qalinligi 3,5 m.
6 - qatlam ingichka qatlamdan tuzilgan qumtosh tarkibida argilit va 
gravelitni uchratish mumkin, rangi kulrang yoki qo„ng„ir kulrang qalinligi 
4,5 m.
7 - qatlam tarkibida qo„ng„ir qizil qumtosh uchraydigan gravelit, 
gravelitning tarkibida konglomerat linzalari uchrishi mumkin. Gravelitning 
tarkibi kvars - dala shpati, qalinligi 4 m.
8 - qatlam qora qo„ng„ir rangli kuchli yemirilgan alevrolit. Alevrolit 
tarkibida kvars - dala shpati tarkibli qumtoshni uchratish mumkin, 
qalinligi 7,5 m.
9 - qatlam yemirilgan tarkibida konglomerat uchraydigan kulrangli 
gravelit, qalinligi 2,5 m.
10 - qatlam qo„ng„ir tusli tarkibida linza ko„rinishida uchrovchi gips 
bo„lgan alevrolit, qalinligi 15 m.
Oltinchi m arshrut
Vismut koniga ekskursiya. Vismut koniga Ko„ksuv daryosining ustiga 
qurilgan ko„prik orqali o„tib Yakkatut qishlog„i tomon yuriladi. Qishloqqa 
yetmasdan, chamasi bir 100 m o„ngga burilib, Chumbuchkut tog„ini 
yonbag„irlab tepaga 500 m ko„tarilsa, vismut koni ko„rinadi. Vismut 
koniga ko„tarilish bilan juda chiroyli manzarani kuzatish mumkin. Shu 
nuqtadan Chorvoq suv ombori, eski Burchmulla dam olish uyi, katta 
surilma Chumbuchkut, Otyaylov, Qoratutboshi, Kichik Chimyon tog„lari 
uning ortidan muz bilan qoplangan katta Chimyon tog„ tizmalari ko„rinib 
turadi.
Burchmullada geologik qidiruv ishlarini 1924 yili A.S.Uklonskiy 
boshchiligidagi ekspedisiya boshlagan edi. 30-yillarda shu nohiyalarda 
YE.I.Yefimenko boshchiligidagi ekspedisiyasi geologik qidiruv ishlarini 
olib bordi. Bu ikkala ekspedisiyachining ma’lumotlariga ko„ra 1961 yili 
vismut koni ishga tushirildi. Burchmulla nohiyaida ochilgan vismut koni 
jumxuriyatimizda yagona kon hisoblanadi. Konda vismut bilan oltin, 
kumush va mis uchrab turadi. Ustarasoy koni tektonik katta Burchmulla 
yorig„iga mos kelib u yerda ruda tarkibi vismut - arsenopirit - pirrotin -
43


kvarsli va rux - dismurtli kvars tomirlarida uchraydi bu kon hosil bo„lishi 
bo„yicha gidrotermal konlar turkumiga kelib yerni ostidan chiqqan suvda 
erib keng kristallanishidan yuzaga kelgan. Ustarasoy konidagi vismut 
aloxida mineral ko„rinishida uchraydi. Vismutinning rangi kulrang rux 
ko„rinishida bo„lib metalldek yaltiraydi. Ulanishi o„ta mukammal 
Vismutin asosan kimyo, radiotexnika, metallurgiya, atom va boshqa xalq 
xo„jaligi tarmoqlarida ishlatiladi.
Yettinchi m arshrut
Burchmulla o„quv poligonidan taxminan 2500 metr yurilsa, ilgarigi 
«Obirahmat» dam olish uyi tepasidan chiqiladi. Shu yerdan Chotqol 
daryosini hosil qilib ketgan qumtoshlik va tuproqli terrasalarini (Chorvoq 
suv omborida suv kamaygan vaqtda 3 ta terrasa ko„rinadi) ko„rishimiz 
mumkin. Daryo terrasalari zinasimon ko„rinishga ega bo„lib, ularning hosil 
bo„lishi asosan tektonik harakatlar bilan bog„liq. Bu terrasalar 
akkumulyativ terrasalar bo„lib, ular daryo olib kelgan yotqiziqlardan 
tashkil topgan. Bu yotqiziqlar lyossimon gillardan alevrolit va 
konglomeratlardan 
tashkil 
topgan. 
Qiyaliklar 
asosan 
dellyuvial 
yotqiziqlardan tashkil topgan. Terrasalar asosan zinasimon ko„rinishga ega 
bo„lib, to„tlamchi davrda yuzaga kelgan. 
Shu nuqtadan 500 m Chotqol 
daryosi tomonga yurilsa turib daryoning chap tomonidan paleozoy yorig„i 
pastdan yuqoriga ko„tarilganini ko„rish mumkin. Bu yoriqni katta 
Burchmulla yorig„i deyiladi. Shu nuqtadan poleogen yotqiziqlarini ustiga 
toshko„mir davri yotqiziqlari burchak ostida nomunosib yotganligini 
kuzatish mumkin. Chotqol daryosining suvi kamaygan vaqtda bor davri 
yotqiziqlari ham ko„rinadi. Bu yotqiziqlar hududning faqat shu yerida 
tarqalgan. Daryo bo„ylab bir necha yuz metr yurilsa qadimgi flyuorit 
konini qoldiqlarini o„rganish mumkin. Bu kon 50-yillirda ishga tushib 
hozirgi vaqtda o„z resurslarini tugatgan. Flyuorit koni katta Burchmulla 
yorig„ida bo„lib, u gidrotermal yo„l bilan hosil bo„lgan. Flyuorit koni 
asosan och yashil va siyohrang flyuoritlardan tashkil topgan bo„lib, u 
yerda kalsit, kvars, borit, galenit va sfaleritlarni ham uchratish mumkin.
44


7- rasm
Chumbuchkut tog„ yon bag„ridagi Burma
Sakkizinchi m arshrut
Burchmulla poligonidan 1,5 km shimolda Ko„ksuv daryosining chap 
qirg„og„ida avvalgi Burchmulla dam olish oromgoxi oldida daryoni 
geologik ishini kuzatiladi. Daryo vodiysi daryoning rivojlanish bosqichiga 
qarab turli xil ko„rinishlarda bo„ladi. Daryo aodiysi yosh tog„lar 
rivojlangan hududlarda asosan ostki va yon erroziyasi ta ’sirida V simon va 
U simon ko„rinishlarga ega bo„ladi. Daryoni boshlanish qismida qiyalik 
katta bo„lganligi sababli daryo suvlari faqat uni tubini yemirishga ulguradi. 
Qiyalik kamagan sari daryo suvlari tubini va yon qismini yemiradi buning 
natijasida daryo vodiysi U simon ko„rinishga ega bo„ladi biz kuzatgan 
nuqtada daryo terrasasi aniq ko„rinib turibdi. Bu terrasa lyoss bilan 
qoplangan to„tlamchi davr yotqiziqlaridan tashkil topgan. Daryoning o„ng 
qirg„og„i asosan toshko„mir davriga tegishli bo„lgan karbonat jinslardan va 
granidioritlardan tashkil topgan. V shaklidagi daryo vodiysining chuqurligi 
60-80m.
Ko„ksuv daryosi bo„ylab yuqoriga taxminan 500 m yurilsa eski to„g„on 
oldida burmachangliklarni kuzatish mumkin. Bu nuqtadan Chumbuchkut 
tog„ining yon bag„rida antiklinal ko„rinishdagi burmachanglikni kuzatish 
mumkin. Bunday ko„rinishdagi qatlamlarning joylashishi asosan plikativ 
tektonik harakatlar natijasida yuzaga kelgan. Bu nuqtadagi qatlam 
Toshko„mir davriga tegishli bo„lgan ohaktoshlardan iborat bo„lgan bo„lib u 
tektonik harakatlar natijasida bukilgan, singan, leykin bo„laklarga 
ajralmagan qabariq ko„rinishdagi burmachanglikdir. Bunday ko„rinish 
asosan vertikal tektonik harakatlar natijasida yuzaga kelgan.
45


V ll-bob Tog„ kompasini o„rganish va ishlash
Dala sharoitida qatlamlar va boshqa geologik obyektlar qiya 
yuzasining yotish elementlari tog„ kompasi yordamida o„lchanadi. Tog„ 
kompasi geolog uchun asosiy ish quroli hisoblanadi. Tog„ kompasining bir 
qancha turlari mavjud bo„lib, ular har xil sharoitda foydalanishga 
mo„ljallangan.
Tog„ kompasining oddiy turi to„rtburchakli metall plastinkaga 
o„rnatilgan doira shaklidagi qutichadan iborat bo„ladi (8-rasm). 
Qutichaning ichiga 360 gradusga bo„lingan limb joylashtirilgan. O„lchov 
natijalarini tushunish qulay bo„lishi uchun limb bo„linmalari 00 dan 3600 
gacha soat strelkasi yo„nalishiga teskari tartibda belgilangan hamda 
kompasning G„ (g„arb) va SH (sharq) tomonlari o„zaro almashtirilgan. 
Mana shu xususlari bilan tog„ kompasi oddiy geografik kompasdan farq 
qiladi. Quticha markazida o„tkir uchli ignachaga magnit mili (strelkasi) 
o„rnatilgan. Uning shimol va janub tomoni har xil ranglarga bo„yalgan 
bo„ladi. Tog„ kompasi ishlatilmagan vaqtda magnit milini ko„tarib, quti 
oynasiga qisib turuvchi maxsus richag va vint bilan jihozlangan.
Tog„ kompasining magnit mili yordamida gorizontal (azimut) burchak 
o„lchanadi. Vertikal burchak esa quti ichiga o„rnatilgan klinometr 
yordamida aniqlanadi. Klinometr markazi 00 dan yoy bo„yicha har ikki 
tomonga 900 gacha bo„lingan yarimdoira shaklidagi limb va shoquldan 
iborat bo„ladi. Shoqul tog„ kompasi korpusi vertikal turgan holdagina erkin 
tebranadi. Bunda magnit mili mahkamlab qo„yilishi kerak.
Tog„ kompasining gorizontal holatini aniqlash uchun unga shayton 
ham o„rnatilgan bo„ladi. Bundan tashqari tog„ kompasining uzun 
tomonlaridan birining qirrasida masofa o„lchash uchun santimetrli shkala 
va uning orqasida 00 dan 900 gacha bo„lgan burchaklar sinusining 
qiymatlari berilgan bo„ladi.
Tog„ kompasi yordamida magnit azimuti o„lchanadi. Lekin ish 
jarayonida magnit azimuti emas, balki geografik (haqiqiy) azimutdan 
foydalaniladi. Yerning magnit qutubi bilan geografik qutubi bir-biriga mos 
tushmasligi tufayli vujudga kelagan bu farq 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə