Ўзбекистан Республикаси


mang‘ishloq- Janubiy Tyanshan va janubda o ‘rta osiyo): 11- Nikolaeb



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix24.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#158923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Umumiy geologiya (4)

mang‘ishloq- Janubiy Tyanshan va janubda o ‘rta osiyo): 11- Nikolaeb
chizig‘, 12- sh darajali uzulmalar. (DI-2); 14- Qizilqum- Farg‘ona
andezitli (SI-2); 15- Beltog‘ andezitli (SI); 16- Qoraqum- Xisor andezitli
(SI-2); 17- O ‘rta Osiyo andezit- liparitli (S-P).
Chotqol geosinklinal burmalanish strukturasi shimol - sharq tomonga 
yo„nalgan, ovalsimon, tashqi tomoni esa uzilma sistemalari bilan 
murakkablashgan. Ular “chetki Chotqol” uzilmasi bilan birlashtirilgan 
bo„lib, Chotqol strukturasining chegarasi hisoblandi. 
Chotqol 
strukturasining tuzilishida baykal, kaledon, gersin qatlamli strukturalar 
aniqlanadi. Gersin tektonik fazasining orogen burmalanishi tufayli 
strukturalardan, Maydontol, Ugam, Pskom, Ettizindon, Shimoliy Chotqol 
antiklinoriylari, ularning oralig„ida Ugam, Pskom, Sandalash, Chotqol 
sinklinoriylari vujudga kelgan. Bu strukturalarning sharqiy qanoatlari 
yassiroq, g„arbiylari esa tikroq. Ular fleksura, izoklinal burma va 
surilmalar bilan murakkablashgan. Strukturalar shimoli - sharq tomon 
yo„naladi, sharnirlarining ko„tarilishi esa shu yo„nalishda kuzatiladi va 
o„zlarining qirra burchaklari bilan “Nikolaev” nomli yoki asosiy Tyan- 
Shan uzilmasi deb ataluvchi yirik va chuqur o„zilmaga yondashadi.
Burmalangan antiklinoriy va sinklinoriy strukturalariga pluton 
(garpolit, 
shtoklar) joriylanishi bilan Chotqol 
doirasi konsolida- 
siyalashadi.
Obiraxmat flyuorit koni Burchmulla chizig„i bo„yicha yo„nalgan. 
Burchmulla 
surilma 
darzligining 
g„arbidagi 
Chotqol 
geosinklinal 
burmalanish doirasi va Chotqol daryosi bo„ylab yo„nalgan “chetki 
Chotqol” uzilmasiga mansub bo„lgan uzilma bo„laklari ko„zga yaqqol 
tashlanib turadi. Bu tariqada, quyi toshko„mir davrining vize yarusiga 
taaluqlli yaxlit polip (rif) ohaktosh 
qatlamlarining joylanashi yirik 
uzilmaga xarakterlidir. Shuningdek yuqorida ko„rsatilgan chiziqlar 
bo„yicha o„ta asosli jinslarning joriylanishi, jumladan Obiraxmat intruziv 
jinslarini 
bu 
doirada joylanishi, 
qoplama-sharyaj 
strukturalarning 
shakllanishi bu yerda yirik uzilma borligiga ishonchli dallildir. “Chetki 
Chotqol” uzilmasi bilan boshqa tektonik uzilmalarning tutashgan joylarida 
volfram, flyuorit, margimush maydonida, shuningdek, Obiraxmat flyuorit 
koni “Chetki Chotqol” uzilmasi bilan shimoli-sharq tomon yo„nalgan
29


uzilmaning tutashgan maydonida, shuningdek, Obiraxmat flyuorit koni 
ham uzilmalar kesishgan joylarda hosil bo„lgan.
Chotqol gersenid doirasidagi antiklinoriy va sinklinoriy strukturala- 
rining chegaralarida shimoli-sharq, janubi-g„arb o„ynalishida keng 
tarqalgan uzilmalarga Karjantov, Pskom, Ko„ksuv, Paltov uzilmalari misol 
bo„la oladi. Chotqol doirasining chuqur uzilmalari rifey erasining 
boshlarida faol bo„lib, ayniqsa, gersin tektonik tsikl davomidagi 
burmalanishning asosiy manbai 
hisoblangan. Ularning ayrimlari 
neotektonik jarayonlar tufayli yanada faollashgan. Uzilmalar qatorida ular
III va IV darajali o„rinadi turishadi. Qurama va Chotqol doiralarini 
chegaralovchi “Chetki Chotqol” uzilmasi III darajali hisoblanadi (4-rasm).
Qurama - Farg„ona o„rtalik massiv strukturasining asosiy xususiyati, 
uning paleozoygacha konsolidasiya davrini o„taganligidir. Demak, 
tokembriygacha hosil bo„lgan jinslar zamin megaetajni tashkil qiladi. 
Paleozoy va shuningdek, mezo-kaynozoy yotqiziqlari zamin strukturasiga 
nisbatan parda qatlamlari deb hisoblanadi. Tektonik tebranma harakatlar 
tufayli hosil bo„lgan bu yotqiziqlar 
kaledon, gersin va alp yuqori 
strukturalrni tuzadi. Neogen davridan esa, Qurama ham yagona Tyan-Shan 
epiplatforma orogen strukturasiga aylanadi.
Qurama doirasida neogengacha, 
asosan, 
sedimentatsion 
(ba’zi 
adabiyotlarda shtampli yoki nasliy) deb ataluvchi burma turlari hosil 
bo„lgan. Bu strukturalarning shakllarinng tuzilishi, hajmi jihatidan bir- 
biridan farq qiladi. Ular birin-ketin (kulisoobrazno) joylashgan bo„lib, 
uzunligi 30-80 km gacha, eni 3-10 km gacha bo„lgan braxiburmalarni 
tashkil qiladi. Bu strukturali qavatlar, zaminning relyefi tuzilishini aks 
ettiruvchi struktura sifatida ko„zga tashlanadi. Ular cho„kindi hosil bo„li- 
shidan boshlab, to to„xtagunga qadar paydo bo„ladilar. Shuning uchun bu 
strukturalarga nasliy yoki sedimentatsion (shtampli) degan nomlar 
berilgan. Qurama - Farg„ona o„rtalik massivi Sargardon, So„qoq, Qaynar 
braxian-tiklinallari va Chimyon, Olmaliq braxisiklinal strukturalardan 
tuzilgan. 
Geosinklinal 
orogen-burmalanish 
strukturalari 
bilan 
chegaradosh bo„lganligi sababli, o„rtalik massivda, geosinklinal ta’sirida 
tektonik faollanish jarayonlari kuzatiladi. Tektonik faollanish esa o„rtalik 
massivlarida chetki bukilma va vulqon-deprission strukturalar hosil 
qilishga olib keladi.
Vulqonlar, asosan, geosinklinal burmalanish doiralarining ta’sirida 
paydo bo„ladi va “chegalangan” (nalojeniy) strukturalarni vujudga 
keltiradi. Ularning hosil bo„lishi shu tariqa o„tadi: mantiya suyuqliklari 
geosinklinal doirasidan ajralib, massivning zamini tomoni oqa boshlaydi,
30


ammo massivning yaxlit va qalin po„stini yorib chiqa olmaydilar. Ular 
yuqori harakatli, katta kuchlanishga ega bo„lganliklari sababli, zaminning 
ayrim, qulay doiralarida energiya to„plab, asta-sekin ostki qismlarni erita 
boshlaydilar va magma o„chog„larini hosil qiladilar.
Bu esa o„z yo„lida vulqon otishmalariga olib keladi. Natijada tuf, lava, 
porfirit va boshqa vulqon jinslari paydo bo„ladi. Magma o„chog„larida 
to„liq kristallangan intruziv jinslar yuzaga keladi. Intruziv va vulqon 
jinslari yagona vulqon-pluton kompleksini hosil qiladi. Qurama doirasida 
ikki pluton-vulqon kompleksi ajratilgan. Sinburmalanish kompleksi 
hisoblangan 
o„rta 
toshko„mir 
mingbuloq 
kompleksi 
geosinklinal 
burmalanish jarayon bilan bir vaqtda hosil bo„lgan.
Orogen kompleksi qatoriga kiritilgan yuqori toshko„mir - perm aqcha- 
shurobsoy-qizil nura kompleksi geosinklinal strukturalarining tog„ hosil 
bo„lishi, ya’ni orogen davrida hosil bo„lgan. Mingbuloq pluton-vulqon 
kompleksi Qoramozorsoy, Sargardon va boshqa maydonlarda tarqalgan, 
aqcha-shurobsoy-qizil nura orogen kompleksi esa Chimyon, Xo„jakent va 
Maydontollarda m a’lum.
4 - rasm
Chotqol - Q uram a tog„larining tektonik xaritasi 
qazilm a boyliklari 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə