Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo va yechimlar



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#137819
  1   2   3
1848-Текст статьи-5433-1-10-20221201



Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo 
va yechimlar. 
Xalqaro miqiyosidagi ilmiy amaliy-anjuman. 2022 yil 28-29 aprel
1094 
INKLYUZIV TA’LIMDA FANLARNI O’QITISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
Raxmanova Dilfuza Uchkunovna 
CHDPI Psixologiya kafedrasi o’qituvchisi, Pedagogika-psixologiya mutaxassisligi 
II kurs magistri 
 
Sharqning mashxur allomalari Ibn Sino, Imom Buxoriy, Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy, 
Abdulla Avloniylarning tarbiyaning maqsadlari har bir bola shaxsining rivojlanishiga ta'limning ta'siri 
tug'risidagi qarashlari inklyuziv talim rivojlanishining metodologik bazasi xisoblanadi. 
Juda uzoq vaqt davomida maxsus yordamga muhtoj bolalarni umumta'lim muassasalariga nisbatan 
maxsus segregatsion ta'lim muassasalarida ta'lim tarbiya berish samarali deb hisoblanib kelindi. 1970-
1980 yillarga kelib jahon miqyosida insonparvarlik va kamsitishlarga yo'l qo'ymaslik g'oyasining ilgari 
surilishi maxsus ehtiyojli bolalarga e'tiborning yanada yaxshilanishiga olib keldi. 
Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va 
obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Inklyuziv ta'limda nogiron bollalarni o'qitish va tarbiyalash 
muammolari haqida qisqacha tahlil olib borildi. Krыjanovskaya L.M. "Psixologicheskaya korreksiya v 
usloviyax inklyuzivnogo obrazovaniya. Posobiye dlya psixologov i pedagogov" nomli kitobi mantiqiy 
tahlil sifatida olindi. 
Inklyuziv ta'lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalarning hal etilishi talab etiladi: 
- ta'lim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va usmirlarning ta'lim olishlari uchun zaruriy 
psixologik-pedagogik, korreksion sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatiga yunaltirilgan umumta'lim 
dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruxiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashtirishni amalga 
oshirish; 
- o'quvchilarning ta'limdagi tenglik xuquqini kafolatlash; 
- jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va saglom bolalarning extiejlarini qondirish, 
ijtimoiy xaetga erta moslashtirish; 
- imkoniyati cheklangan bolalar va usmirlarni oilalardan ajramagan xolda yashash xuquqini ruebga 
chiqarish; 
- jamiyatda imkoniyatti cheklangan bolalar va usmirlarga nisbatan dustona va mexr-muxabbatli 
munosabatni shakllantirishdir. 
Inklyuziv ta'limning muammolari. Ko'plab davlatlarda inklyuziv ta'limni joriy etish bo'yicha davlat 
normativ xujjatlarida qayd qilinmaganligi; Nogiron bolalarga nisbattan salbiy munosabat; Imkoniyati 
cheklangan bolalarning hamjamiyatda ko'rinmaslik muammosi; Imkoniyati cheklangan bolalarning 
maktabda ko'rinmaslik muammosi; Moddiy mablag' muammolari; Ta'lim muassasalarini moslashtirish; 
Sinfda o'quvchilar sonining ko'pligi; Kambag'allik; Jinsiy tafovutlarga qarab kamsitish; Imkoniyati 
cheklangan bolalarning boshqalarga qaramligi; Favqulodda vaziyatlar , mojarolar, qochoqlar; Kadrlar 
masalasidagi muammolar. Haqli savol tug'iladi, nima uchun imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv 
ta'lim tizimiga jalb etish kerak? Yuqorida keltirilgan dalillarni hal etib inklyuziv ta'lim tizimiga o'tishga 
qanday zaruriyat bor? 
Darhaqiqat, bu ta'lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish oson kechmaydi. Ammo bu ta'lim 
tizimining nafli jixati juda ko'p ular sirasiga qo'yidagilar kiradi: S Inklyuziv ta'lim qashshoqlik 
iskanjasidan qutilishga imkon beradi; S Inklyuziv ta'lim barcha uchun ta'lim sifatini yaxshilaydi; S 
Kamsitishlarni oldini oladi; S Inklyuziv ta'lim yanada inklyuzivlikka olib keladi.1 
Inklyuziv ta'limning prinsiplari: 1. Insonning qadr qimmati, uning qobiliyati va yutug'iga bog'liq 
emas. 2. Har bir inson o'ylash va xis qilish qobiliyatiga ega. 3. Har bir kishi eshitish va muloqot qilish 
qobiliyatiga ega. 4. Har bir kishi bir\biriga muxtoj. 5. Shaxsning to'liq va haqiqiy ta'lim olishi faqat real 
hamkorlikda amalga oshadi. 6. Hamma kishilar o'z tengdoshlarini qo'llab quvvatlashga muxtoj. 7. Hamma 
ta'lim oluvchilarni yutuqga erishishiga ularning nimadir qila olmasligi emas , balki nimanidir qila 
olishidir. 8. Hamkorlik qilish kishi haetini har tomonlama ko'chaytiradi. Inklyuziv ta'lim tizimi qo'yidagi 
ta'lim muassasalarni o'z ichiga oladi; maktabgacha umuta'lim, umu o'rta ta'lim, o'rta maxsus kasb-xunar 
va oliy ta'lim. Bu ta'lim muassasalarning maqsadi bolalarning ta'lim olishi va kasb-xunarga tayerlashda 
ularning o'rtasidagi to'siqlikni bartaraf etib ochiq ta'lim muxitini yaratishdan iborat. Umumta'lim 
maktablarda alohida dastur va darsliklardan foydalanish imkoniyati bo'lmaydi. Inklyuziv ta'lim tizimi 
integratsiyalashgan ta'lim tizimidan uzinig mazmun - moxiyati, maqsadi, vazifalari va xarakat dasturi 
bilan farqlanadi. 
Bolaning tarbiya va o'quv faoliyatida orqada qolishi psixik funksiyalarni o'zlashtirmaganligi 
natijasidir. Masalan, bolaning kiyim kiyishida ketma-ketlikning buzilishi uning xotirasi zaifligidan emas, 
balki ushbu jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan malakalarni egallamaganligi tufayli ro'y 



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə