Ўзбекистан Республикаси


Quyikibeltov svitasi - kbt



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix24.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#158923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Umumiy geologiya (4)

Quyikibeltov svitasi - kbt
18


Nohiyaning magmatizmi
Magmatik jinslar tektonik harakatlar holatining asosiy ko„rsatkichi 
sifatida muhim ahamiyatga ega. Ularning tarkibi, tuzilishi, shakllari 
geologik rivojlanishning asosiy davrlarini belgilashda, tektonik va 
geologik xaritalar tuzishda asos hisoblanadi. Magmatik jinslar m a’lum 
tektonik harakatlar sababli vujudga keladi. Ularning hosil bo„lgan vaqti 
struktura yaruslarining shakllanish davrini boshlanishi yoki oxirlari bilan 
chambarchas bog„liqdir. Bu davrda magmatik kompleks hosil bo„ladi. 
Magmatik kompleks deganda, bir xil tektonik sharoitda hosil bo„lib, 
shakllangan va yoshi jihatidan bir-biriga yaqin magmatik jinslari guruhini 
tushunamiz. Magmatik komplekslarni shakllanishi, tektonik va magmatik 
harakatlarning nihoyatda zo„raygan davrlarga to„g„ri keladi.
Chotqol-Qurama nohiyasida magmatik harakatlar tokembriy davridan 
boshlanib, trias davrining boshlarida tugallanadi. Bu harakatlar natijasida 
yuzaga kelgan magmatik jinslar quyidagi magmatik kopmlekslarga 
ajratiladi: 1.Tokembriy adamellit-granit; 
2. Quyi toshko„mir bazalt- 
diabaz-dasit; 
3.Quyi 
toshko„mir 
(boshqirt) 
gabbro-sienit-monsonit; 
4.O„rta toshko„mir montso-granodiorit-adamellit; 5.Yuqori toshko„mir -
quyi perm diorit-granodiorit-granit; 
6. Perm-trias dayka hosilalari va 
alyaskasimon granit. Qurama o„rtalik massivida, asosan, o„rta toshko„mir 
va yuqori paleozoy vulqon-pluton komplekslari keng tarqalgan.
1. 
Tokembriy adamellit - granit kompleksi.
Pskom tizmasining o„q qismida joylashgan granitoid kompleki Beshtor- 
Tunduk va To„qmoqsoldi intruzivlaridan iborat. Beshtor-Tunduk intruzivi 
shimoli-sharq tomon yo„nalishdagi jism bo„lib, o„rta kristalli muskovit- 
biotitli granidiorit (y5PR) va katta o„rta kristalli muskovit - biotitli granit- 
adamellit (y-y 5PR) lardan tashkil topgan.
2. 
Quyi toshko„mir bazalt-diabaz-dasit kompleksi.
Bu kompleks gersen tektonik-magmatik siklning boshlang„ich 
bosqichida hosil bo„lgan. Asosan, antiklinoriy va sinklinoriy struktura- 
larining chegaralarida uchraydi. Yetarlicha tektonik, petrologik nuqtai 
nazardan deyarli o„rganilmagan. Bu kompleksga tegishli magmatik jinslar 
Pskom daryosining chap oqimidagi Kaptar-kumush, Ispay soylarida va 
Sandalash daryosi atrofida qayd etilgan. Ular bazalt-diabaz va qisman
porfiritlardan tashkil topgan. B a’zan qalinligi 3 m gacha boradigan 
qatlamcha shaklidaga datsitlarni kompleks orasida uchratish mumkin. 
Kompleks jinslari vize ohaktoshlari bilan muvofiq qatlamlashgan.
19


3. 
Quyi toshko„mir (boshqirt) gabbro-sienit-montsonit kompleksi.
Chotqol va Pskom tizmalarida tarqalgan. 
Chotqol tizmasida 
Obiraxmat atrofi, Paltov, 
Qulosiya vodiylarida, Pskom tizmasida esa 
Oygaing, Maydontol daryolari oralig„ida sill shaklida vize karbonat va 
kremniyli slanetslar orasida joylashgan. Bu kompleks biotitli-gabbro va 
gabbro-montsonit (s? 1 С1-2), biotit-piroksenli va piroksen-biotit-amfibolli 
montsonit (ф; 1 С1-2), olivin-biotit-piroksenili shonkinit va esseksit, biotitli 
sienitlardan (ф3 С1-2), tashkil topgan.
Nohiyada Qoratutboshi, Paltov, Ko„ksuv daryosining o„ng qirg„og„ida, 
Qulobsoy, Oygaingda Tekesh nomli 3 ta yirik sillar aniqlangan.
Sillarning tarkibi va ichki tuzilishi nihoyatda murakkab, ularning ostki 
va ustki qismlari, qalinligi 3 m li, shonkinit va esseksitlardan iborat. O„rta 
qismi sienitlardan tuzilgan bo„lib, qalinligi 0,2-4,5m. Shonkinit va 
esseksitlarning mineralogik tarkibi deyarli bir xil. Farqi shundaki, 
esseksitlarda kaliy-natriyli dala shpati va piroksen kamroq. Plagioklaz va 
biotit ko„proq. Aksessor minerallardan apatit, flyuorit, sirkon, magnetit, 
ilmenit, pirit, xalkopirit, sfen, shpinel va boshqalar uchraydi. Nohiyadagi 
sillarning qalinligi 3 m dan 30 - 40 m gacha boradi, yo„nalishi bo„yicha 5­
6 km masofaga kuzatiladi. Odatda ularning joylanishi 
toshko„mir 
qatlamlarining yotish holatini aks etadi.
4. O„rta toshko„mir montsogranodiorit-adamellit kompleksi.
Bu kompleks qatoriga Pskom tizmasining g„arbidagi Chavata intruzivi 
kiradi. Bu yerda birinchi navbatda montsonit va dioritlar (УфС2), so„ngra 
esa adamellit-porfir tarkibli satelitlari keng rivojlangan, montsodiorit va 
granodioritlar (у62С2) 
vujudga kelgan. Ular plagioklaz (oligoklazdan 
andezin-labrodorgacha), ortoklaz, biotit va kvars minerallardan tashkil 
topgan. Aksessor minerallardan sirkon, apatit, sfen, rudali minerallardan 
molibdenit, xalkopirit, magnetitlar uchraydi.
Montsodiorit va granodioritlar yer qobig„ida shtok shaklida joylashgan. 
Granodiorit, porfirlar qatlamlar orasida sill shaklida muvofiq yotadi. 
Undan tashqari, aplitlar har xil kattalikda tomir hosil qiladi.
5.Yuqori toshko„mir - quyi perm diorit-granodiorit-granit kompleksi.
Bu kompleks jinslari Chaptosh, Sargardon, Shabrez daryolarning
vodiylari va Chimyon tog„ maydonida keng tarqalgan. Ular shtok, lakkolit 
kabi shaklli intruziyalar bo„lib, quyi toshko„mir karbonat jinslarni yorib 
o„tadi. Kompleksning ichki tuzilishi nihoyatda murakkab. U quyidagi 
intruziv jinslardan tuzilgan: gabbro va gabbro-diorit (v1 С3-Р 1), diorit (62 
С3), granodiorit (y53 С3), granit (y4 С3), granodiorit-porfirlar (у6п4 С3).
6. Perm-trias dayka hosilalari va alyaskasimon granit kompleksi.
20


Chotqol-Qurama maydonida magmaning faoliyati turli tarkibli dayka 
plutonlarini 
joylanishi bilan yakunlanadi. Dayka komplekslari yirik 
intruziyalar bilan bog„lanmagan holda, o„ziga xos sharoitda hosil bo„ladi. 
Ular 3 guruhdan iborat bo„lib, har bir guruh bir necha petrografik tur va 
jinslardan tashkil topgan.
a) Diabaz daykalari guruhi: gabbro-porfirit, gabbro-diabaz, porfirli 
gabbro-diabaz (piroksenli va amfibolli) va konglodiabazlar.
b) O„ta nordon porfirli daykalar guruhi.
v) Yuqori ishqorli daykalar guruhi: sienit-porfir, vogezit, avgitli 
vogezitlar.
Dayka komplekslari o„ziga xos doiralar tashkil qiladi va chiziqlik 
bo„ylab joylashadi. Ular deyarli hamma intruziv massivlarini kesib o„tadi 
va odatda, mustaqil daykalar kompleksiga mansub bo„lgan magmatizm 
faoliyatini oxiri hisoblanadi. Ko„ksuv daryosining pastki oqimida 
(Chavata, Burchmulla) biotitli diabazlar, Obiraxmat va Zaxtansoylarda 
lamprofir daykalari keng tarqalgan.
7. 
O„rta toshko„mir vulqon-pluton kompleksi. Bu kompleks asosan, 
Chotqol va Qurama doirasining chegaralarida, aynan Toshkeskan, 
Po„latxon tog„lari va Mozorsoy atrofida tarqalgan bo„lib, effuziv 
qatlamlardan iborat. Ular mingbuloq svitasi qatoriga kiritilgan. Mozorsoy 
sinklinalida (Chotqol daryosining chap irmog„i) effuziv jinslar vize 
ohaktoshlarini muvofiq qoplaydi. Ular qalin bo„lmagan diabaz-porfirit va 
tuflardan iborat. Toshkeskan tizmasida vize yotqiziqlari ustidagi mu vofiq 
joylashgan effuziv jinslarning qalinligi 1320 m gacha boradi. Bu jinslar 
kesmasining o„rta qismi qoramtir-qizg„ish, qisman, flyuidal teksturali, 
840m, qalinlikdagi felzit porfirlardan iborat. Kesmaning quyi va yuqori 
qismi qora, ayrim hollarda 
binafsha rangli andezitli porfirit (asosan 
kesmani quyi qismi) va lava tuflaridan tashkil topgan. Kesmaning yuqori 
qismidagi andezitli porfiritlar ustida muvofiq ravishda, 222 m qalinlikdagi 
tuf, tuf brekchiyasi va felzitli porfiritlar yotadi. Kesmaning eng yuqori 
qismini sferolit strukturali, to„q qizil felzitli porfiritlarning qalinligi 37 m, 
bo„lgan parda shaklidagi qatlamlari yakunlaydi.
Adabiyotda 
“Intruziv 
porfiritlar” 
deb 
ataluvchi 
subvulqon 
formatsiyalar (ya’ni effuzivlarning 
intruziv birligi) 
katta Chimyon 
tog„larida keng tarqalgan. Ular Belder va Nurekota soylarining yuqori 
qismlarida 2 km 
atrofidagi yirik intruziv massivini tashkil qiladi. Bu 
formatsiyalar vize ohaktoshlarini kesib o„tgan bo„lsalar, o„z navbatida, 
ularni yuqori toshko„mir davrida hosil bo„lgan intruziyalar yoradi.
21


I.M.Isamuxamedov tadqiqotiga binoan, subeffuziv jinslar biotit, biotit- 
shox aldamchisi, biotit-piroksenli porfiritlardan tuzilgan.
IV-bob Nohiyaning tektonikasi
Chotqol-Qurama tizma tog„lari shimoliy Tyan-Shanning g„arbiy 
tarmog„i hisoblanib, ularning hozirgi shakli neotektonik jarayonlar tufayli 
vujudga kelgan va bu harakatlar natijasida paydo bo„lgan strukturalarning 
shakllanishi hozirgi kunda ham faol davom etmoqda. Ularning bugungi 
faolligi va kelajak taraqqiyotini neotektonikaning tarmog„i hisoblanadigan 
seysmotektonika fani o„rganadi.
Burchmulla va uning atroflardagi tog„ inshoat kesmalari tasvirga 
olinganda, paleogen davri qatlamlari chig„anoqli ohaktoshlardan tashkil 
topganini ko„ramiz. Bu yotqiziqlarning qoldiqlarini ayrim namunalari 
hozirgi tog„larning 5 km va undan ham mutlaq baland cho„qqilarda qayd 
etilgan. Bu demak, neogen davrigacha O„rta Osiyo, shuningdek Burch­
mulla atrofi regionlari ham, asosan, epikon-tinental dengiz havzalaridan 
tashkil topgan. Bunday qoldiqlar esa, asosan, parda (chexol) yotqiziqlariga 
taaluqli bo„lib, O„rta Osiyo territoriyasida epigersin, 
epikaledon 
platformasi mavjud bo„lganligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham 
hozirgi tog„ inshootlari epiplatforma orogen (platformadan so„ng hosil 
bo„lgan tog„ inshootlari) strukturalarini tashkil etadi. Ular, asosan paleogen 
davri 
ohirlaridan shakllana boshlab, hozir ham shakllanishi 
davom 
etayotgan past-tekislik, tog„ va tog„ oldi strukturalarni tashkil qiladi. Bu 
o„rinda O„rta Osiyo tog„larining hosil bo„lishidagi nazariyalarni qisqa 
eslatib o„tish o„rinli.
XVII-XIX 
asrlargacha O„rta Osiyo tog„larining hosil bo„lishini 
magma faoliyatlari bilan bog„liq va hozir ham tog„lar o„qida harakatchan 
vulqonlar mavjud degan g„oya, Evropa geologlari o„rtasida keng tarqalgan 
edi. Bu g„oyaga binoan, O„rta Osiyo tog„lari “Bolar” tog„lari nomi bilan 
atalgan. Ular meridional yo„nalishda joylashgan bo„lib, yoylarida faol 
harakatdagi vulqonlar mavjud bo„lgan.
XIX asrning ohirlaridagina I.V. Mushketov ekspedision materiallar 
asosida, O„rta Osiyo tog„larida faol harakatdagi vulqonlar yo„qligini 
isbotlab berdi. I.V. Mushketovning ko„p yillik faoliyati tufayli O„rta 
Osiyoning mayda masshtabli geologik xaritasi birinchi bor tayyorlandi. 
O„rta Osiyo tog„ tizmalari I.V. Mushketov g„oyasiga asosan kaledon 
(Shimoliy Tyan-Shan), gersin (Oloy, Turkiston), alp (Pomir) tektonik 
sikllari tufayli vujudga kelgan. Bu hashamatli osmono„par tog„larimiz
22


hosil bo„lgan davrdan to hozirgi vaqtgacha yemirilib, yuvilib, asta-sekin 
qariyotgan 
va past tekisliklarga 
aylanayotgan 
strukturalar 
hosil 
bo„layotganligi asoslab berildi. Tyan Shanda hozirgi vaqtdagi zilzilalarni
I.V. Mushketov yer qaridagi o„chgan va sovib borayotgan olovsimon 
moddalar qoldig„i ta’sirida sodir bo„layotganligini ta’kidlagan edi. I.V. 
Mushketovning O„rta Osiyo tog„ tizmalarining tuzilishi, tarkibi haqidagi 
nazariyasi muhim ahamiyatga ega bo„lib, o„lkaning geologik taraqqiyoti, 
foydali qazilmalarining joylanishi va boshqa muhim geologik fan 
tarmoqlarining rivojlanishiga asos bo„ldi. Bu yirik olim O„rta Osiyo 
tog„larining hosil bo„lishini kontraksion nazariya asosida izohlashga 
muyaassar bo„ldi. Bu nazariya XIX asrning 30-yillarida fransuz olimi E. 
De Bomon tomonidan ishlab chiqilgan bo„lib, u Kant-Laplas nazariyasiga 
asosan, yer shari dastlab olovsimon, qaynoq holatda bo„lib, so„ngra asta 
sekin soviy boshlaydi. Kontraktsion nazariyaning asosi ham olovsimon 
yer sovishi natijasida Moxorovichich yuzasi - “M” yuzasi bo„ylab qattiq 
po„st bilan qoplana boradi. Bora-bora olovsimon yer qari ham asta sekin 
soviy boshlaydi. Yerning ichki qismidagi moddalar zichlashib, hajmi 
kamayadi. Bu esa dastlabki yerning “M” yuzasidan yuqoridagi qattiq 
po„sti yerning qisqarayotgan radiusiga moslanishiga, ya’ni qayishish va 
bermalanish zonalarida tog„ burmalanishlarini hosil bo„lishiga olib keladi. 
Lekin bu nazariya tog„ burmalanish mintaqalarining morfologik tuzilishini, 
tizma shaklining to„g„ri chiziqliligini tushuntira olmadi.
Bu muammo geologiyada geosinklinal ta’limot deb ataluvchi nazariya 
ishlab chiqarilganda keyingina yechila boshlandi. Geosinklinal ta’limoti 
1870 yilda amerikalik olimlar Dj.Xoll va Dj.Dena tomonidan kontraksion 
nazariya asosida yaratilgan. Bu ta’limotga binoan, dastlab hosil bo„lgan 
qattiq po„stli platforma strukturalari oralig„ida geosinklinal havzalarida 
to„plangan juda qalin, ammo hali qayishqoq qatlamlar nihoyatda shiddatli 
burmalanishga uchraydi. Natijada, geosinklinal havzalari o„rnida tog„ 
tizmalari hosil bo„ladi.
Umuman I.V.Mushketovning O„rta Osiyo 
tog„ tizmalarining hosil 
bo„lishi to„g„risidagi kontraksion g„oyasi 1960 yillargacha, ayrim holatlari 
esa hozirgi kungacha o„z mohiyatini yo„qatgani yo„q. I.V.Mushketovning 
ta’kidlashicha, O„rta Osiyoda sodir bo„layotgan zilzilalar yer ostidagi hali 
ham sovimagan magmatik o„choqlar bilan bog„liqdir. Ana shu faktlarga 
asosan, u g„arbiy O„zbekiston va Turkmaniston territoriyalariga oid Qizil 
qum va Qora qum past tekisliklari Turon epigersin platformaga, Tyan- 
Shan va shu jumladan Chotqol - Qurama tog„lari esa, so„nayotgan 
platformaga aylanayotgan strukturalarga bo„lgan edi.
23


1960 yillardan boshlab, yangi faktlar asosida olimlar kontraksion 
nazariyani qo„llab, tog„ burmalanish strukturalari hosil bo„lishini 
tushuntirib berish mumkinmasligini angladilar. Avvalo, astronom olimlar 
yerning “Issiq olovsimon” moddalardan paydo bo„lishi haqidagi 
nazariyasidan voz kechdilar. Yer va sayyoralarimiz sovuq gazchangsimon 
moddalardan hosil bo„lganligini isbotlaydilar. Bu esa yerning sovib, hajmi 
kichiklashishini inkor qilishiga olib keladi.
Ayniqsa, fiziklar tomonidan radioaktiv hodisalarning tashkil etilishi va 
hisobga ko„ra, tog„ jinslardagi radioaktiv elementlarning miqdori, ulardan 
ajralib chiqadigan issiqlik quvvati yerning qizitib, xatto erishigacha 
yetishini ko„rsatadi. Bu esa kontraksion nazariyada fizik asos yo„qligi 
ko„rsatuvchi dalil. Kontraktsion nazariyaning g„oyalari ko„pgina geologik 
obyektlarda, shuningdek Chotqol - Qurama tog„larida ham tasdiqlanmadi.
Buni hozirgi neotektonik xarakatlarda yaqqol ko„rish mumkin. Masalan, 
kontraksion nazariyaga asosan, bu tog„lar so„nib, asta-sekin turg„un, 
harakatsiz platformaga aylanishi kerak edi. Vaholanki, faol tektonik 
harakatlar tufayli tog„lar quvvati kuchayib borgan sari qaddi ko„klarga 
bo„y cho„zmoqda. Bu tektonik harakatlar paleogen davrining oxirlaridan 
boshlanib, hozirgi vaqtda ham davom etmoqda.
Neotektonika fani geotektonikaning bir tarmog„i bo„lib, neotektonik 
harakatlar va ular sababli hosil bo„lgan stukturalarni o„rganish uslubiga 
ega. Bu uslubga asosan, paleogen davrining oxirlarida hosil bo„lgan 
qatlamlarning ustki tekisligini dengiz sathidan 
“0” metr balandlikda 
joylashtirib, to shu kungacha faqat tik ko„tarilish sodir bo„lyapti deb qabul 
qilamiz (2 rasm).
Agar shu nuqtai nazardan yiliga 1mm ko„tarilish sodir bo„lsa, unda 30 
mln.yil davomida tog„larimizning balandligi 30 km dan oshib ketgan 
bo„lar edi. Vaholanki, aniq asboblar asosidagi o„tkazilayotgan yirik 
tadqiqotlar natijasida tog„larni yiliga 5-10 mm, ayrim nuqtalarda esa 20 
mm gacha ko„tarilayotgani aniqlandi. Demak, tik ko„tarilish tanaffussiz 
bo„lmaydi, ayrim vaqtlarda aks harakatlar kuzatiladi yoki, umuman, 
tektonik harakatlar sodir bo„lmaydi degan xulosaga kelamiz.
Tik tektonik xarakatlar to„xtagan yoki aks xarakatlar boshlangan vaqt 
davomida tekislangan yuza yoki daryo terrasalari hosil bo„ladi. Ular ayrim 
“geoblok” (geosektor), keyingi paytlarda “plitalar” degan atamalar bilan 
ifodalanib, ko„pincha yer bo„laklar degan ma’noni anglatadi. Geobloklar 
ko„pincha chuqur uzilmalar bilan chegaralangan bo„ladi. Geobloklar 
endigina shakllanayotgan “gorst” va “graben” kabi morfologik struktura 
shaklida ifodalanadi va uzoq kelajakda ham faol shakllanishi davom
24


etadi. Bunga tog„ tizmalaridagi hali qirralanmagan qoyalar yaqqol misol 
bo„la oladi. Mezozoy, kaynazoy eralari davomida O„rta Osiyo, jumladan, 
Chotqol Qurama tog„lari o„rnida chexol (parda) strukturalari rivojlangan, 
lekin ular neogen davridayoq batamom yuvilib, eroziyaga uchragan. 
Paleozoy erasiga taaluqli struktura shakllari Urol-Mongol serharakat 
mintaqasiga mansub, ular geosinklinal sistemalardan tashkil topgan. 
Chotqol Qurama tog„lari Urol Mongol serharakat mintaqasining gersin 
burmalanish sistemasiga mansub va Chotqol (geosinklinal burmalanish) va 
Qurama (o„rtalik massiv) doiralaridan iborat.
Chotqol doirasiga Ugam, Pskom, Sandalash tizma tog„lari, Qurama 
doirasiga esa Chimyon, Korjantov, Qurama tog„lari ham Toshkent oldi 
pasttekisligi va Farg„ona vodiysi kiradi. Chotqol doirasi serharakat gersen 
geosinklinal 
- burmalanish struktura doiradir. Geosinklinal nihoyatda 
serharakat, chuqur uzilmalar bilan chegaralangan, cho„kindi jins 
yotqiziqlardan tashkil topgan bukilma struktura. Uning asosiy belgilari: 
strukturaning cho„zinchoqligi, cho„kindi jinslarning qalinlik gradientining 
o„zgaruvchanligi, struktura - formasion komplekslarning qa’tiyan uzviy 
zonalligi, ya’ni cho„kindi 
vulqon komplekslarining hosil bo„lishida 
ketma-ketligi va rivojlanishida qa’tiy tektonik harakatlar bo„lishi bilan 
ajralib turishi. Davriy tektonik harakatlar tebranma bo„lib, m a’lum bir vaqt 
davomida qaytalanishi, qayta-qayta ko„tarilish va cho„kish jarayonlarning 
ro„y berishi bilan ifodalanadi. Davriy tektonik harakatlar geologik vaqt 
bilan va ularning hosilalari belgilariga binoan, bir necha darajali bo„lishi 
mumkin. Lekin tadqiqotlar, ayniqsa turli masshtabli geologik xaritalashda, 
tektonik xaritalar tuzishda tektonik sikl, davr va bosqich 
muhim 
ahamiyatga ega.
Tektonik sikl - uzoq geologik vaqt, ya’ni 180-200 mln.yil davomida 
cho„kish va ko„tarilish tebranma harakatlari bilan namoyon bo„ladigan 
davr. Uning hosilasi tik geologik kesmada ketma-ket tuzilgan geologik 
formatsion struktura qatlamini tashkil qiladi.
25


2-rasm
G arbiy Tyan-Shanning Q oratepa-Piskom chizigi 
Boyicha yuqori poleozoy O xirlaridagi tasviriy poleotektonik kesmasi.
Kristallik fundament-I-granit-gneysli 2-amtibolit-gneysli (AR-PR). 
Boykol-etaji (PR2):3-Slyudali slanes, meto-qumtoshlar, metomorflashgan 
andezit bazalt va ularning tuflari (R1-2), 4-kremniyli dolomitlar Paleozoy 
fundamenti (Pz) 5-7 Kaledon etaji: 5-Slaneslar, 6-Terrigen-Karbonat jinslar 
9-Vulkanitlar tuflar, 10-Andezit bazaltlar 11-Chuqur uzilmalar doirasi 12- 
Regional qoplamalar 13-Maxalliy qoplamalar 14-Kotarilma va tushurma 
uzulmalar.
Masalan, rifey davrida quyi Gudzon, yuqori Gudzon, Kibar, Grenvill 
struktura etajlar, paleozoy mezo-kaynozoy eralarida kaledon, gersen va alp 
struktura etajlaridan tashkil topgan.
Struktura etajlar quyi 
demission va yuqori orogen pog„onalariga 
bo„linadi. Demission struktura pog„onasi asosan cho„kish, kengayish 
alomatlari bilan bog„liq bo„lsa, orogen-struktura esa ko„tarilish tektonik 
tebranma harakatlar tufayli vujudga keladi.
Geosinklinal 
havzalardagi 
demission 
va 
orogen 
struktura 
pog„onalarning chegarasida, G.Shtille tabiricha, burmalanish tektonik 
harakatlari sodir bo„ladi. Geologik nuqtai nazardan, shiddatli, qiyomatli 
qisqa muddat davomida, ular namoyon bo„lgan doiralarda yer relyefi 
butunlay o„zgaradi, “okeanlar” o„rnida tog„lar hosil bo„ladi. Bu vaqt 
burmalanish yoshi hisoblanib, baykalid, kaledonid, gersenid, alpid kabi 
geosinklinal burmalanish davrlariga ajratiladi. Burmalanish davri tufayli 
geosinklinal havzalardagi quyi struktura etaj qatlamlari ham geosinklinal
26


burmalanishga uchrab, yagona, 
chambarchas bog„liq burmalanish 
strukturalarini hosil qiladilar.
Masalan, gersin burmalanish davri natijasida ulargacha hosil bo„lgan 
kaledon, baykal struktura qavatlari ham yagona burmalanish strukturalarini 
vujudga keltiradilar.
Burmalanish 
tektonik 
davri 
tufayli 
geosinklinal 
sistemalar 
konsolidasiyalashadi. Konsolidasiya - jipslashish, turg„unlashish degan 
m a’noni anglatuvchi jarayon, bunda qatlamlar zichlanib, toblanib, 
qattiqlashadi va keyingi tektonik xarakatlar natijasida faqatgina 
bo„laklarga ajraladi, suriladi. Konsolidasiya jarayonida yer qobig„ining 
shiddatli progressiv metamorfizmlanish yoki granitlanish va intruziyalar 
joriy bo„lishi natijasida baquvvat zinch yaratiladi, strukturaning ostki 
etajini zamini paydo bo„ladi. Tektonika taraqqiyoti tarixida konsolidasiya 
tubdan o„zgarish davrini ifodalaydi. Struktura yarusi - cho„kindi, 
magmatik, m a’dan jinslarning uyushmasini tabiiy - tarixiy kompleksi 
bo„lib, tektonik siklning boshlang„ich, dastlabki, o„rta, kechki va oxirgi 
bosqichlaridan birida hosil bo„ladi. Bu vaqt davomida tektonik harakatning 
to„liq cho„kish - ko„tarilish ritmi tufayli struktura shakllari vujudga keladi. 
Ular esa bir-birlaridan quyi va yuqori chegaralari bo„ylab, aniq yoki 
yashirin 
nomuvofiqliklar 
bilan 
chegaralanadi. 
Cho„kindi 
jinslar 
turkumining transgressiv va regressiv holatda yotishini isbotlash bilangina 
struktura yaruslar aniqlanadi.
Odatda, har bir bosqich to„liq kristallangan pluton-intruziv kompleks 
hosil bo„lishi bilan yakunlanadi. Agarda pluton kompleksi bo„lmasa, 
yuqorida qayd etilgan bosqichlarning chegaralari, regressiv holatda 
joylashgan cho„kindilarning transgressiv turkum yotqiziqlari bilan 
almanishiga qarab aniqlanadi. Struktura etaj va yaruslarning miqdor va 
sifat belgilarining birligi, muayyan maydonda ularning o„zgarmasligi va 
yarus turlarini belgilashda va ajratishda asos bo„lib hisoblanadi. Ko„pincha 
struktura etaj turlari uzilma sitemalari bilan chegaralanadi.
27


O„rta Osiyoda mezazoy eraisigacha bosqich uchun yuqorida uchun zikr 
etilgan nuqtai nazarlar asosida quyidagi geotektonik strukturalar ajratish 
mumkin (3-rasm).

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə