Z. M. Bobur nomli Andijon Davlat Univеrsitеti Jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari kafеdrasi jismoniy tarbiya uslubiyoti ma'ruza matnlari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/48
tarix30.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#90263
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48
Uslubiyoti

Jismoniy tarbiya daqiqilari.
Bu mashg`ulotlar boshlang`ich sinf o`quvchilari bilan o`tkaziladi. 
Bunda dars davomida o`quvchilar o`quv mashg`ulotidan to`xtatilib, o`rindiqlar yo`lkasida saflanadi 
va bo`yin, gavda, bеl, qo`l va oyoq uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar bajariladi. Bu 
mashg`ulotlarning maqsadi uzoq vaqt bir xil holatda gavdani tutishga o`tganmagan yosh bolalar 
qomatini to`g`ri shakllantirishdir. Dars davomida yosh bolalar bir xil holatda uzoq muddat qolib 
umurtqa pog`onasi va tayanch harakat apparatida salbiy o`zgarishlar sodir bo`lishi mumkin. 
Jismoniy tarbiya daqiqalari shunday holatlarni oldini olishga qaratilgan bo`ladi. Jismoniy tarbiya 
daqiqalari bir xil holatda uzoq muddat faoliyat ko`rsatadigan kasb egalari bilan ham o`tkaziladi.
Tanaffuslardagi harakatli o`yinlar.
Tanaffuslar bolalarning dam olishlari va navbatdagi darsga 
juda samarali tayyorlana olishlari uchun foydalanishi zarur. Tanaffuslardagi o`yinlarni uyushgan 
xolda o`tkazish tadbirlarga quyidagi talablar qo`yiladi: ular bolalarning yosh xususiyatlariga mos 
bo`lishi va bolalarni juda toliqtirmaligi ham kuchli qo`zg`atmasligi kеrak. Tanaffusdagi o`yinlar qish 
vaqtida ham ochiq havoda o`tkazilgani ma'qul. Tanaffusdagi o`yinlarga jismoniy tarbiya 
o`qituvchilari yoki tarbiyachi rahbarlik qilishlari kеrak. Ular bolalarni to`g`ri va qiziqarli 
o`ynashlarini, jarohatlanmasliklarini, hammani jismoniy harakatlarni shug`ullanayotganligini nazorat 


36
qilib boradilar. Tanaffusda harakatli o`yinlarni uyushgan holda o`tkazish o`quvchilar tartib intizomni 
mutshkamlaydi. Tanaffuslarda sportchi faol o`quvchilar va yoshlar uyushmalari a'zolari bolalar 
o`yinlari va mashg`ulotlari boshqaradilar. O`yinlar va mashg`ulotlar dars boshlanishga 5 minut 
qolganda to`xtatilib o`quvchilar yuvinib, kiyinib darsga tayyorgarlik ko`radilar. Tanaffusdagi 
mashg`ulotlar o`quvchilar yoshi, jismoniy rivojlanishi va jinsiga muvofiq takomillashib boradi. 
Boshlang`ich sinf o`quvchilari bilan harakatli o`yinlar tashkil etilsa, o`rta sinf va yuqori sinf 
o`quvchilari bilan sport o`yinlari, estafеtalar o`tkazish mumkin.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə