Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti shmist fakulteti 1-kurs talabalari: almardonov akrom,baxtiyorov akobir,solixodjayev akobir va nurmatov otabekning sharqshunoslikka kirish fanidan taqdimoti



Yüklə 6,92 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü6,92 Kb.
#137486
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti shmist fakulteti 1-kurs talabalari:almardonov akrom ,baxtiyorov akobir,solixodjayev akobir va nurmatov otabekning sharqshunoslikka kirish fanidan taqdimoti

Mavzu;o’rta osiyo mamlakatlari turizmi.


Reja
1.turizmi
2.Tabiiy muhiti
3.Madaniyati
4.AHOLISI

O’RTA OSIYO TURIZMI


Sayohlik O‘rta Osiyo o‘lkasida qadim zamonlardan rivojlangan bo‘lib, o‘lkamizdagi ilk sayyohlik ko‘rinishlari «Buyuk Ipak yo‘li» ga borib taqaladi. Miloddan avvalgi II-asrda ochilgan Buyuk Ipak yo‘lini ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. Bu yo‘l faqat savdo yo‘li bo‘lmay, ayni paytda dunyo xalqlari o‘rtasida madaniy hamda davlatlararo aloqalar yo‘li bo‘lgan.

O‘rta Osiyoda butun dunyoga dong‘i ketgan tarixiy me’morchilik yodgorliklari, muzey-shaharlar mavjud. Buxoro, Samarqand, Xiva dunyoga mashhur shaharlardir. O‘rta Osiyo o‘lkasidan jahon fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Ahmad alFarg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino kabi olimlar, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Shayboniyxon kabi sarkardalar, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Abu Abdulloh Rudakiy, Ahmad Yassaviy, Boborahim Mashrab kabi buyuk shoirlar, Imom al-Buxoriy, Hakim at-Termiziy, Bahouddin Naqshband kabi hadisshunos mutafakkirlar yetishib chiqqan.

TABIIY MUHITI

  • O‘rta Osiyo — Yevrosiyo materigining deyarli qoq o‘rtasida joylashgan juda katta berk havzali o‘lka. Iqlimi quruq va kontinental. Qishi ancha sovuq. Shimoli-sharqiy qismida –50°C sovuq kuzatilgan. Yozi esa juda issiq. Yermizda harorat +50°C ga, Qoraqumda +54°C ga yetgani kuzatilgan. Suvsiz cho‘llar minglab kilometrga cho‘zilgan. Shu bilan birga, sharqdagi tog‘larda juda katta maydonlarni doimiy qor va muzliklar qoplab yotadi. O‘lkada tabiat turli xil o‘tlar o‘sadigan dashtlardan, janubda quruq subtropiklargacha o‘zgaradi.

Uch narsaga ahamiyat qaratmoqchiman: iqlimdagi salbiy o’zgarishlar, tabiiy boyliklar to’g’ri boshqarilmasligi va atrof-muhitning ifloslanishi. Iqlimga kelganda, bilasiz, Markaziy Osiyo daryolari muzliklar eriganida va qor sabab suvga to’ladi. Qishda yoqqan qor kun ilishi bilan suvga aylanib, pastga qarab oqa boshlaydi. Lekin o’rtacha harorat yuqorilagani uchun u tezlikda erib, suv toshqinlari kuzatilmoqda. Suv ayni kerak bo’lgan mahalda esa yo’q. Bir tomondan selga guvohmiz, boshqa tomondan esa qurg’oqchilikka. O’rtacha harorat janubda 0,6 gradus, shimolda esa 1,5 gradusga oshgan. Bu jiddiy muammo. Agar o’rtacha harorat 2 gradusga oshsa, muzliklarning yarmi erib bitadi, 4 gradusga oshsa, 75 foizidan ayrilamiz. Kunlar yo juda sovuq, yo juda issiq bo’ladi. Oddiy qilib aytganda, muvozanat yo’qolgani sari hayot og’irlashadi.

Madaniyati Milliy madaniyatimizning rivojlanish jarayoniga e'tibor bersak, xalqimiz milliy ongining rivoji va umuminsoniy madaniyatlarning o'zaro ta'siri ostida ro'y berganligini ko'ramiz. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati rivojida «Buyuk ipakyo'li»ning roli benihoyat katta bo'lgan. Eramizdan avvalgi II ming yillikning oxiri va 1 ming yillikning boshlariga kelib, 0'rta Osiyoda Baqtriya, So'gdiyona va Xorazm kabi madaniy jihatdan rivojlangan davlatlar paydo bo'ldi. Mazkur davlatlarning qadimgi davr madaniy taraqqiyoti boshqa bir qator xalqlar: Eron, Xitoy va Hind madaniyatlarining ta'siri ostida ro'y bergan.


Milliy madaniyatimizning rivojlanish jarayoniga e'tibor bersak, xalqimiz milliy ongining rivoji va umuminsoniy madaniyatlarning o'zaro ta'siri ostida ro'y berganligini ko'ramiz. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati rivojida «Buyuk ipakyo'li»ning roli benihoyat katta bo'lgan. Eramizdan avvalgi II ming yillikning oxiri va 1 ming yillikning boshlariga kelib, 0'rta Osiyoda Baqtriya, So'gdiyona va Xorazm kabi madaniy jihatdan rivojlangan davlatlar paydo bo'ldi. Mazkur davlatlarning qadimgi davr madaniy taraqqiyoti boshqa bir qator xalqlar: Eron, Xitoy va Hind madaniyatlarining ta'siri ostida ro'y bergan.

Markaziy Osiyo davlatlari Aholisi

2023-yil ma’lumotlariga ko’ra Markaziy Osiyo aholisining umumiy soni 79 mln kishini tashkil etadi(O'zbekiston 36 mln Qozog’iston 19.5 mln Tojikiston 10mln Turkmaniston 6.5 mln Qi’rg’iziston 7 mln)

2023-yil ma’lumotlariga ko’ra Markaziy Osiyo aholisining umumiy soni 79 mln kishini tashkil etadi(O'zbekiston 36 mln Qozog’iston 19.5 mln Tojikiston 10mln Turkmaniston 6.5 mln Qi’rg’iziston 7 mln)

Markaziy Osiyo aholisi quyidagi diniy tarkiblarga bo’linadi :

Markaziy Osiyo aholisi quyidagi diniy tarkiblarga bo’linadi :

Musulmonlar- jami aholining 90% ni xristianlar 5% va qolgan qismini esa boshqa din vakillari tashkil etadi .


Yüklə 6,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə