Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix27.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#162352
1   2   3   4   5   6
Yosh olimlar 1012

YOSH OLIMLAR 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/yo 
52 
Muhokama. Akademik Azim Hojiyev fe’l so‘z turkumining o‘rganilishiga katta e’tibor qaratgan 
va buning ustida bir qancha ilmiy izlanishlar olib borgan olim hisoblanadi. Uning ‘‘Fe’l’’, ‘‘ 
Ko‘makchi fe’l’’, ‘‘To‘liqsiz fe’l’’ kitoblari so`z turkumlari ichida fe’l turkumiga alohida e’tibor 
qaratganini bildiradi. A. Hojiyevning “Fe’l” kitobida fe’lning tarixi, zamon, nisbat 
kategoriyalari, fe’lning barcha xususiyatlari atroflicha yoritib berilgan. Uning “To‘liqsiz fe’l” 
monografiyasi tilshunoslikda kam o‘rganilgan masalalardan biri hisoblanadi. Monografiyada 
to‘liqsiz fe’l formalari va ular yordamida hosil bo`luvchi fe’l formalarining ma’no va 
vazifalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. [Hojiyev A. 1970.] 
Masalan: Uzunni qo`y, qisqani kes ekan-da dunyoning ishi. [Hojiyev A 1970.] Davraning 
to`rida o`tirib kelgan Komiljon edi. Bu yerda edi, ekan to`liqsiz fe`l hisoblanadi. M. 
Sodiqovaning “Fe`l stilistikasi” monografiyasida badiiy asarda qo`llangan fe`llar, fe`lli 
birikmalar stilistik aspekda analiz qilingan. [Sodiqova. M. 1975.] Masalan: Qani endi, shu 
tobda ko`rsam. (Said Ahmad) Shunday mehnat qilganimga yarasha koshki ko`nglim tinch 
bo`lsa.(A. Qahhor), Achchiq- achchiq alamli so`zlar aytsa ham mayli (Said Ahmad). 
Shuni aytishimiz kerakki Sh. Rahmatullayev ham fe`l bo`yicha ilmiy tadqiqot olib brogan olim 
hisoblanadi. Uning “O`zbek tilida fe`l frazemalarning bog`lashuvi” ilmiy ishi bunga yaqqol dalil 
bo`la oladi. Ilmiy ishda frazemalar dastlab bog`lashuvsiz va bog`lashuvli deb ikki guruhga 
bo`linadi. Bog`lashuvli frazemalar bir, ikki, uch bog`lashuvli deb to`dalanadi va ularning 
bog`lashuv imkoniyati batafsil bayon qilinadi. “Bog`lashuv asli barcha turkum leksemalariga 
xos , lekin fe`lda eng kuchli. “ deb ta`kidlaydi olim o`z ilmiy ishida.[ Rahmatullayev Sh. 1992.] 
Olim Sh. Shukurov ham o`zbek tilshunosligida fe`l so`z turkumini, uning taraqqiyoti va fe`l 
zamonlari to`g`risida o`z ilmiy tadqiqotini olib brogan. 
Uning “O`zbek tilida fe`l mayllari taraqqiyoti” asarida o`zbek tilida fe`l mayllaridan buyruq-
istak va shart mayllarini o`rganishga bag`ishlangan. [Shukurov Sh. . 1980] 
Olim o`z asarida buyruq-istak maylining III shaxs formalari, Shart maylining hozirgi-kelasi 
zamonda qo`llanishi va ma`nolari to`grisida o`z qarashlarini bayon qilgan. Bundan tashqari 
olimning “O`zbek tilida fe`l zamonlari taraqqiyoti” asari ham aynan o`zbek tili tilshunosligida 
fe`l so`z turkumi so`z turkumlari ichida qanchalik muhim ekanligining yaqqol isbotidir. 
Shuni aytishimiz kerakki “Zamonaviy o`zbek tilshunosligi” kitobida o`zbek tilshunosligi 
ravnaqiga o`z hissalarini qo`shgan bir qancha olimlar to`g`risida ma`lumotlar keltirilgan. 
Jumladan, S.Akbarovning “O`zbek tilida ko`makchi fe`l”, “ O`zbek tilida qo`shma fe`l” tadqiqoti, 
J.Muxtorovning bog`lovchi fe`l darajasi, tadqiqotiga doir fe`l nisbat shaklini o`rganish bo`yicha 
ancha jiddiy tadqiqot yuzaga keldi. Bu borada S.Sultonsaidova, S.Maxmatqulovning nomzodlik 
va doktorlor dissertasiyasini, M.A`lamovaning “O`zbek tilidagi fe`lda nisbat kategoriyasi” 
monografiyasini, R.Rasulov, I.Qo`chqortoyev, Yo.Tojiyevning fe`l semantikasi, valentligi
fe`lning yasalishi, undagi grammatik kategoriya (o`timli, o`timsizlik, tarz kategoriyasi) va 
uning o`zaro munosabati masalasi bo`yicha olib borilgan boshqa tadqiqotni ham sanab o`tish 
mumkin. [Zamonaviy o`zbek tili. 2008.] 
Mustaqillik yillaridan keyin ham fe’l so‘z turkumi olimlar tomonidan o‘rganib kelinmoqda. 
Xususan, tilshunos R.Rasulovning “O`zbek tili fe`lining ma`no tuzilishi”(2005) qo`llanmasi, 
M.Mirtojiyevning “O`zbek tilida fe`l valentliklari” (2007) , M.Jo`raboyevaning “O`zbek tili 
morfologiyasi. Fe`l” (1999) qo`llanmasi, B.Bahriddinovaning “O`zbek tilida fe`l lug`aviy shakli” 
(2002) mavzusiga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiya ishi,[ Zamonaviy o`zbek tili. 2008.] 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə