Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix27.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#162352
1   2   3   4   5   6
Yosh olimlar 1012

YOSH OLIMLAR 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/yo 
51 
muallifining tilshunoslik bo`yicha katta tajribaga ega ekanligini ko`rsatadi”,- deb ta`kidlaydi 
olim. “At-tuhfatuz zakiyatu fil lug`atit turkiya” asarida so`z turkumiga ham katta ahamiyat 
berilganligi, fe`lning nisbat, bo`lishli-bo`lishsizlik, shaxs, mayl, zamon kategoriyalari atroflicha 
yoritilganligi to`g`risida ma`lumotga ega bo`lishimiz mumkin. [Nurmonov A.2002] 
Buyuk mutafakkir, o’zbеk adabiy tilining asoschisi va targ’ibotchisi Alishеr Navoiy tilshunoslik 
tarixida ham o’chmas iz qoldirgan ulug’ olim hisoblanadi. M. Fozilovaning bitiruv malakaviy 
ishida quyidagi ma`lumotlarni o`qishimiz mumkin: “Alishеr Navoiyning lisoniy qarashlari 
“Muhokamat-ul lug’atayn” asarida jamlangan. Mazkur asarda olim morfologiyaga oid o`z 
fikrlarni bildirar ekan, asosiy so’z turkumi sifatida fе’llarga murojaat qiladi. Fе’l birliklarining 
ma’no jihatidan, shakl va qo’llash jihatidan eski o’zbеk adabiy tilining o’zigagina xos, ya’ni 
forsiyda uchramaydigan xususiyatlarini tilshunos olim sifatida tahlil qiladi. Fе’lning nisbati, 
fе’lning o’zlik, orttirma va birgalik nisbatlarini, ravishdosh shaklini, ko’makchi fе’l yordamida 
tuzilgan murakkab fе’llarni qayd etadi. Alishеr Navoiy fе’lning orttirma nisbat shakli haqida 
fikr yuritar ekan, ayni nisbat tushunchasi -t qo’shimchasi orqali hosil bo’lishini aytadi, 
qator.misollar kеltiradi. Jumladan: yugurt, yashurt, chiqart, va h.k”. [Fozilova M. 2017.] 
Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi. “Zamonaviy o`zbek tili” kitobida keltirilgan 
ma`lumotlarga qaraganda 1760 yilda tuzilgan.“Sangloh” (Mirzo Mehdixon-Nizom-al-din 
Muhammad Hodi al-Husayni as-Safaviy tomonidan tuzilgan) lug`atining “Maboni ul-lug`at” 
deb atalgan grammatikaga oid qismi olti bo`limni o`z ichiga oladi. Grammatika qismining har 
bir bobida fe`lning barcha shakliga e`tabor qaratiladi: masdar shaklida uning nisbat ko`rinishi, 
o`tgan zamon shakli, mayl, bo`lishli-bo`lishsizlik kabi shakli izohlanadi. Mana shu lug`atda fe`l 
shakli hosil qiluvchi affiksning fonetik variant hamda qo`llanish xususiyati ham berilgan. 
[Zamonaviy o`zbek tili. 2008.] 
XX asr boshlarida Abdurauf Fitrat so’z turkumlarini, jumladan, fе’l so`z turkumini tadqiq etadi. 
Fе’lga harakat va holat ifodalovchi turkum sifatida yondashadi. Ayniqsa, olimning fe`l 
turkumiga oid qarashi katta ahamiyatga ega. Uning “har bir fe`l bir ish bilan uning ishlovchisi 
hamda bir zamonni bildiradi” tarzida aytilgan fikri juda muhim”,-degan fikrlari “Zamonaviy 
o`zbek tili” asarida ma`lumot sifatida keltirilgan. Olimning fe`lning zamon grammatik 
kategoriyasiga, shaxs-son kategoriyasiga, shuningdek, bo`lishli-bo`lishsizlik, o`timli- 
o`timsizlik, nisbat kabi kategoriyasiga nisbatan o`z qarashini bayon qilganligi to`g`risidagi 
fikrlarni o`qishimiz mumkin.[ Zamonaviy o`zbek tili. 2008.] 
XX asrning 50-yillaridan boshlab o’zbеk tili so’z turkumlarini maxsus , ya`ni fundamental 
o’rganila boshlandi. Jumladan, 50-yillar boshlarida professor Ayyub G’ulomov fе’l borasidagi 
o`z kuzatishlarini e’lon qildi. “Zamonaviy o`zbek tili” keltirilgan ma`lumotlarga qaraganda 
uning ‘‘Fe’l’’ kitobining yaratilishi o‘zbek tilshunosligida katta voqea bo‘ldi. Bu kitobda: 1.fe’l 
turkumi alohida yaxlit tarzda chuqur tahlil qilingan; 2. fe’l haqidagi barcha mavjud qarash 
umumlashtirilgan. Fe’lga xos xususiyat: ma’nosi va grammatik belgisi; grammatik 
kategoriyasi; yasalishi; to‘liqsiz fe’l, fe’lning sintaktik vazifasi batafsil tahlil qilinganligi 
aytilgan.[ Zamonaviy o`zbek tili. 2008.] 
Undan tashqari XX asr o`zbek tilshunosligi morfologiya sohasining taraqqiyotida yirik olim 
Said Usmonovning roli katta o`rin tutadi. Ayniqsa uning “Ba`zi fe`l formalari haqida” (1966) 
fe`l to`g`risida yozgan kitobi o`zbek tili fe`llarining taraqqiyotida muhim rol o`ynadi.[ 
Zamonaviy o`zbek tili. 2008.] 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə