Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix27.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#162352
1   2   3   4   5   6
Yosh olimlar 1012

YOSH OLIMLAR 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/yo 
49 
shevaga ham tayangan, uning tilida o‘sha ma’lum sheva yoki shevalarning izi boshqalarinikiga 
qaraganda ko‘prok aks yetgan. Demak, endi Alisher Navoiy tiliga asos bo‘lgan sheva qaysi 
sheva edi degan masala kun tartibida ko‘ndalang bo‘ladi. 
Bu masala olimlar o‘rtasida tortishuvga sabab bo‘lmoqda. Bunga Zahriddin Muhammad 
Boburning Alisher Navoiy tili Andijon shevasiga mos kelsa-da, degan fikri asos bo‘lmoqda. 
Ma’lumki, Bobur har tomonlama bilimli, olim kishi bo‘lgan. U o‘zining «Boburnoma» degan 
mashhur asarida o‘sha davrdagi ijtimoiy tuzum, siyosiy voqealar, adabiy hayot va boshqa 
ko‘pgina sohalarni ilmiy analiz qilib berish bilan birga, til sohasida ham ajoyib fikrlar aytgan. 
Bobur Andijon haqida gapirib Shunday deydi: «Eli turkdur. Shahr va bozorisida turkiy bilmas 
kishi yo‘štur. Yelining lafzu qalam bila rostdur. Ani uchun kim Mir Alisher Navoiyning 
muzannafoti, bovujudkim Hirida nash’u noma topibdur, bu til biladir» (1960. 60-bet). 
Xususan, Navoiydan keyin tez orada mamlakatning Temuriylar qo‘lidan ketganligi va shu 
munosabat bilan bog‘liq holda avval Dashti qipchoqda yashab kelgan va bu erdagi aholiga 
nisbatan son jihatdan ko‘proq bo‘lgan o‘zbeklarning (qipchoq va ko‘chmanchi o‘zbeklarning) 
bu yerga kelib o‘rnashishi va bu erdagi aholi bilan asrlar davomida aralashib ketganligi 
hisobga olinsa, Avdijon shevasida, shuningdek, boshqa o‘zbek shevalarida ham o‘tgan davr 
ichida qanchalik kuchli va katta o‘zgarishlar sodir bo‘lganini tushunib olish qiyin bo‘lmaydi. 
Professor V.Abdullayevning ko‘rsatishicha, Alisher Navoiy Samarqandda ikki yil yemas, balki 
4-5 yil bo‘lgan. Bu davr ichida deb ta’kidlaydi X.Doniyorov, u V.Abdullayev aytganidek, 
Samarqandning janub tomonlaridagina yemas, balki uning sharq tomonlarida, ya’ni Andijon 
tomonlarida ham bo‘lganligi yehtimol. O‘sha davrdagi shahar shevalari ichida andijon shevasi 
adabiy tilga yaqin (qalam bila rost) shevalardan biri bo‘lgan va Samarkdnd shevasi yesa, o‘sha 
paytda temuriylar davlatining poytaxtlaridan birining shevasi va sharqiy shevalardan biri 
sifatida hirot shevasiga nisbatan Andijon shevasiga ancha yaqin bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 
Shuningdek, o‘sha davrda Andijon va Samarqandning aholilari ham ancha kuchli bo‘lgan. 
Alisher Navoiy Andijon shevasi bilan ham bolalik vaqtlaridanoq, o‘sha Hirotdayoq tanisha 
boshlagan bo‘lishi mumkin. 
Chunki Hirotga Avdijon tomondan juda ko‘p ustalar, navkarlar, kosiblar va boshqa 
toifalarning borganligi, ular ichida ayniqsa, andijonlik shoirlar va mashshošlar yaxshi obro‘ga 
yega bo‘lgan. Demak, «qalam bila rost» sheva sifatida Andijon shevasi hali Alisher maktabga 
qatnab yurgan vaqtlaridayoq uning e’tiborini tortgan bo‘lishi mumkin. 
Alisher Navoiy Andijon shevasi bilan hali go‘dakligida oila muhitidayoq tanilgan bo‘lishi ham 
mumkin, chunki Alisherni tarbiyalaganlardan yoki unga qarindosh bo‘lganlardan 
birortasining andijonlik bo‘lishi yehtimoldan tashqari, Alisherning ota-onalari, uning 
oilasidagi kattalar va saroy kishilari, shu jumladan, barloslar gaplashgan sheva asosan o‘sha 
davrdagi Shahrisabz, Kitob shevasi bo‘lgan, chunki u yerlar barloslarning makoni bo‘lgan. 
Shunday ekan Shahrisabz-kitob shevasi o‘sha vaqtda Andijon shevasiga, Hirot katta 
Samarqand va Buxoro shevalariga nisbatan ham yaqin turgan bo‘lishi yehtimoldan uzoq 
yemas. 
Alisher Navoiy tilining Andijon shevasiga mos bo‘lganligini isbotlovchi dalillardan biri 
shundan iboratki, o‘sha vaqtda Andijon va Shahrisabz-Kitob shevalari o‘rtasidagina yemas, 
Andijon bilan Samarqand va Buxoro hatto, Hirot shevalari o‘rtasida ham keskin farqlar 
unchalik bo‘lmagan, balki ular o‘rtasida o‘xshashliklar ancha ko‘p bo‘lgan. A.Navoiyning 
ta’kidlashicha, faqat Xorazm shevasigina boshqa shevalardan ajralib turgan. Lekin keyinchalik 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə