Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix27.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#162352
1   2   3   4   5   6
Yosh olimlar 1012

YOSH OLIMLAR 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/yo 
50 
mamlakatda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy yetnik o‘zgarishlar tufayli xususan, Alisher Navoiy 
vafotidan keyin tez vaqt ichida mamlakatning Dashti qipchoqdan kelgan o‘zbeklar qo‘liga 
o‘tish va ularning butun mamlakat buylab, boshqa o‘zbeklar bilan aralashib ketishlari 
natijasida), o‘sha vaqtda bir-biri bilan yaqin bo‘lgan shevalar asta-sekin boshqa shevalar bilan 
qo‘yilishi, murakkab interatsiya va differentsiatsiya holatlarini boshdan kechirishlari 
natijasida ularning har qaysisi har xil yangi xususiyatlar kasb yetgan. Shuning natijasida ular 
bir-biridan uzoqlasha borgan. Shuning uchun ham A.Navoiy asarlari tili hozirgi Andijon 
shevasiga o‘xshamay qolganligi tasodifiy yemas. Shunday qilib, Alisher Navoiy asarlari tili 
Andijon shevasi tilidagi «y»lovchi shahar shevalariga mos keladi, chunki Navoiy zamonida y-
lovchi tipdagi shaќar markaz shevalari umumxalq o‘zbek tilining negizini tashkil yetgan. 
Shahar markaz shevalariga yesa Andijon, Namangan, Qo‘qon, Toshkent, Buxoro, Samarqand, 
Shahrisabz, Kitob kabi shevalar kirar yedi. Lekin shu bilan barobar yeski o‘zbek adabiy tili 
boqsha o‘zbek shevalarining ham, chunonchi, janubiy Xorazm shevalarining va qipchoq 
shevalarining zarur yelementlarini qabul qilgan. Bu jihatdan she’riy asarlar tili xarakterlidir. 
She’riy asarlar tilida proza asarlari tiliga nisbatan o‘g‘uz shevalarining ta’siri kuchliroqdir. 
Taniqli olim, S. Mutallibov Mahmud Qoshg`ariyning “Devoni lug`otit turk” asarini tarjima qilib 
o’tgan asrning 60-yillarida o`z ilmiy ishini ommaga yetkazdi. 
S. Mutallibov o`z sharhida Mahmud Qoshg`ariyning “Devoni lug`otit turk” asarida fе’l 
to’g’risida mulohaza yuritayotgan o’rinlarda fе’llarning yasalishi, ulardagi zamon, nisbat, 
o’timli-o’timsizlik katеgoriyalari haqida ma’lumot bеrib o`tadi. Dеvonda fе’l zamonlaridan 
o’tgan zamonga alohida e’tibor bеrilgan”. [Mutallibov S. 1960.] Chunonchi, “Kumush quyoshga 
qo`nsa, oltin o`z oyog`i bilan keladi”. (maqol), yoki “U mendan biror narsa umid qildi”, “O`t 
ko`kardi, undi”, “ U uyga ketdi” kabi misollarni olim o`z asarida keltirib o`tadi. [Mutallibov S. 
1960] 
Bundan tashqari Xorazmda tavallud topgan Mahmud Zamaxshariy ham tilshunoslikka oid bir 
qancha asar yozganligi to`g`risida A.Nurmonovning “O`zbek tilshunosligi tarixi” asaridan 
bilishimiz mumkin. Asarda keltirilishicha Mahmud Zamaxshariyning ‘‘Muqaddimat-ul adab’’ 
(“Adabiyotga kirish”) asari besh qismdan iborat bo`lib, uning ikki qismi fe`lga bag`ishlangan. 
Ya`ni, 1.Fe`l. 2. Fe`l o`zgarishlari. “Zamaxshariy bu asarida fe’lning o‘zak tarkibiga ko‘ra 
sinflarga ajratadi “,-deb ma`lumot beradi olim.[ Nurmonov A.2002] 
“Abu Nasr Forobiy tilshunoslik haqidagi fikrlarini o`zining “Fanlar tasnifi haqidagi so`z ” 
asarida bayon qilgan. Tur va jinsni bildiruvchi so`zlar asosida Forobiy so`z turkumlarini tasnif 
etadi. Muallif tur va jinsni bildiradigan so`zlarni arab grammatika maktablari an`analari 
asosida ot, fe`l va harflarga ajratadi. Shu bilan birga ot va fe`llarning grammatik kategoriyalari 
haqida ham ma`lumot beradi. Xususan, ot va fe`llar uchun jins, son kategoriyalari xos 
ekanligini, shuningdek, fe`llarning o`ziga xos belgisi zamon (o`tgan, hozirgi, kelasi zamon) 
bildirishi ekanligini ta`kidlaydi”,-degan fikrlarni A.Nurmonovning “O`zbek tilshunosligi tarixi” 
asarida o`qishimiz mumkin. [Nurmonov 2002] 
А Nurmonovning “O`zbek tilshunosligi tarixi” kitobida turkiy tillar lug`ati va grammatikasiga 
bag`ishlangan “At-tuhfatuz zakiyatu fil lug`atit turkiya” asari haqida ham ma`lumot keltirilgan. 
“Garchi bu asar muallifi noaniq bo`lsada (asarda uning muallifi haqida hech qanday ma`lumot 
uchramaydi, lekin kitobda bu asarni yozishga ko`pchilik da`vat etgani haqida fikr yuritadiki, 
demak, muallif tilshunos sifatida o`sha davrda jamoatchilik o`rtasida tanilgan, degan xulosaga 
kelish mumkin bo`ladi) lug`at tuzilishi ham, grammatik materialning berilishi ham asar 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə