Sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish rejasini ishlab chiqish



Yüklə 182,18 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü182,18 Kb.
#139814
  1   2
sertifikatlashtirish asoslar 4 amaliyot


Sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish rejasini ishlab chiqish.
Sifat menejment tizimini kompleks tashkil etuvchi va unda amalga oshayotgan jarayonlami o‘z ichiga oluvchi o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sir etuvchi komponentlarni tassavvur qilish mumkin (1-rasm).Sifat menejmenti tizimida ko‘rib chiqilayotgan modelni ishlashida mahsulot, xizmatlami hamda sifat menejmenti tizimi sertifikatlashtirishda sertifikatlashtirish eng muhim va ahamiyatli o‘rinni egallaydi. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish sertifikatlashtirish idorasi tomonidan amalga oshirladi.
Sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish.
SMT sertifikatlashtirishda asosiy ishlar bosqichlari quyidagicha:
1- ishlarnii tashkillashtirish;
2- tashkilot SMT hujjatlarini tahlil qilish;
3- “joyida audit’ga tayyorgarlik;
4- “joyida audit’ni o‘tkazish va audit natijalari bo‘yicha dalolatnomalami
tayyorlash;
5- sertifikatlashtirishni yakunlash, sertifikatni ro‘yxatga kiritish va taqdim etish;
6- sertifikatlashtirilgan SMT inspeksion nazorati.
Sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish natij asida tekshirilayotgan tashkilotni O‘z DSt ISO 9001:2009 talablariga muvofiqlik darajasi va SMT natijaviyligi aniqlanadi Sertifikatlashtirishni o‘tkazish sharoitiga qo‘yiladigan talabalar:
- SMT sertifikatlashtirish bo‘5acha ishlar ISO/IEC 62, O‘zDSt ISO 19011:2004 va sifat tizimini sertifikatlashtirish standarti,O‘z DSt tizimida akkreditlangan sifat tizimini sertifikatlashtirish idoralari o‘tkazadi.
- Sertifikatlashtirishni o‘tkazish sharoitida SMT mavjud bo‘lgan va rasmiy joriy qilingan hujjatlashtirilgan korxonalarda o‘tkaziladi.
- SMT sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarda sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha ekspertlar (auditorlar), ro‘yxatga olingan sertifikatlashtirish bo‘yicha xodimlar va zaruriy hollarda texnik ekspertlari jalb qilinadi.
- Buyurtmachi SMT qo‘llanish sohasini aniqlab, murojaati va audit natijalari bo‘yicha sertifikatlashtirish idorasi SMT sertifikatlashtirish sohasini aniqlaydi.
SMT sertifikatlashtirishda audit obyektlari sifatida quyidagilar hisoblanadi:
- SMT qo‘llanish sohasi;
- iste’molchi talablariga mahsulot sifatini muvofiqligi va ushbu mahsulotga bo‘lgan majburiy talablar;
- SMT da hujjatlashtirish O‘z DSt ISO 9001:2009 talablarining to‘liq va aniq mavjudligi;
- SMT jarayonlari fimksionalligi tizim hujjatlari talablarini bajarilishini haqqoniy munosabati va SMT natijaviyligini ta’minlash.SMT qo‘llaiiish sohasini tekshirishda SMT sertifikatlashtirishga murojaat bo‘yicha sohasi tahlil qilinib, quyidagilar tekshiriladi:
a) agarda arizada ko‘rsatilgan bo‘lsa barcha turdagi mahsulot va hayotiy davri jarayonlari SMT qamrab olishini;
b) tashkilotda SMT talablari O‘z DSt ISO 9001:2009 standarti 7 bolimida istisnoning to‘g‘riligi mahsulotning hayotiy jarayonlariga agarda bunday istisno O‘z DSt ISO 9001:2009 1.2 bilan muvofiqlikda arizada ko‘rsatilgan bo‘Isa. Sertifikatlashtirshga arizda ko‘rsatilgan istisnolar har bir turdagi mahsulotlar uchun tahlili o‘tkaziladi. Ushbu istisnolar sifat bo‘yicha qo‘llanma bo‘limlariga muvofiq mavjudligi to‘liq asoslanishi lozim. O‘z DSt ISO 9001:2009 standartining 7 bo‘limi talablariga noto‘g‘ri istisnolar SMT ga yoki istisnolar O‘z DSt ISO 9001:2009 boshqa bo‘limining talablariga nomuvofiq qaraladi. SMT qo‘llanish sohasini tahlil va tekshiruvi sertfikatlashtirishning barcha jarayonlarida ko‘rilishi ham mumkin. Mahsulot sifatini o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini quyidagilar asosida baholanadi:
- tashkilot O‘z DSt ISO 9001 da (7.2.1; 7.2.3, a)-c) keltirilgan) mahsulotga taalluqli talablar haqida maTumotlar bajarilishi sharti;
- iste’molchilami qoniqishiga bog‘liq ma’lumotlami tahlil natijalari (O‘z DSt ISO 9001 da 5.6.2, keltirilgan b); 5.6.3, keltirilganb);
7.2.3, keltirilgan c); 8.2.1);
- mahsulot sifati haqida davlat nazorati tashkilotlari tasarufidagi tashkilotdan mahsulot sifati uchun olgan ma'lumotlar;
- O‘z DSt ISO 9001 8.2.4 da ko‘rsatilgan mahsulotni hayotiy davri va uning bosqichlarida o‘lchash va monitoring ma’lumotlari.

Yüklə 182,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə