Yanvar boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishning maqsadlari va vazifalari



Yüklə 436,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix21.10.2023
ölçüsü436,78 Kb.
#129389
1   2   3   4   5   6   7   8
boshlang-ich-sinflarda-matematika-o-qitishning-maqsadlari-va-vazifalari

187
2023-YANVAR 
Matematika darslarida o`qituvchi o`quvchilarning xotirasini, tasavvuri, diqqati, nutqini va mantiqiy 
tafakkurlarini rivojlantirishning real imkoniyatlariga ega bo`ladi, bu imkoniyatdan to`laroq foydalanish 
kerak[28]. 
O`zlashtirilayotgan bilimlarni sistemalashtirish va o`qitishning har xil sharoitda hamda turmushda 
qo`llanishni o`z ichiga olgan izchillik I-IV va V-VI sinflarda ham amalga oshirilishi kerak[29]. 
Boshlang`ich sinflarda matematik bilimlarning shunday puxta poydevorini qo`yish kerakki, bu 
poydevor ustiga bundan keyingi matematik ta'limni ishonch bilan qurish mumkin bo`lsin. 
O`qitish mazmunida izchillik yordam beradi[38]. 
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi V-VI sinflar dasturi bilan tanish bo`lishi, shu bilan birga to`plam, 
tenglama, manfiy sonlar, geometrik yasashlar va almashtirishlar kabilarni o`rganilishini ham bilishi 
zarur[30]. 
Boshlangich sinf o`qituvchilari V-VI sinfdagi masalalarni qarab chiqsa, birinchidan, to`plamlar 
nazariyasi, matematik logikaning asosiy tushunchalari, sonlar, miqdorlar haqida aniq tasavvurlarga ega 
bo`lishlari ikkinchidan, boshlang`ich matematik bilim, ko`nikma va malakalarning kelajagini yaxshi ko`ra 
olishi, shular asosida matematikani bundan keyingi o`qitish jarayoni bilan bog`lanishini amalga oshirishiga 
kafolat beriladi[31]. 
Bolalarning bog`chada bo`lishining oxirgi yilida ular bilan har kuni muayyan bir vaqtda 30-35 minut 
davom etadigan 2 ta mashg`ulot o`tkaziladi. Bu mashg`ulotlarni tarbiyachi maxsus dasturga muvofiq 
o`tkazadi. Bolalar ma'lum bilimlar tizimini egallab olishlari, dasturda belgilangan malakalarni hosil 
qilishlari va maktabda o`qishga tayyor bo`lishlari kerak[32]. 
Bu mashg`ulotlarda har bir boladan doim o`rgatilgan tartiblarga amal qilishni talab etiladi. Bolalar 
biror narsa demoqchi bo`lganlarida qo`llarini ko`tarishlari, javob berayotganidan o`rnidan turishi, 
o`rtog`ining javobini diqqat bilan tinglashi va uning xatosini tuzatishi, tarbiyachining ko`rsatmasini aniq 
bajarishi kerak[33]. 
6-7 yoshli bolalarda sistyemali bilimlarning o`sganligi va aqliy faoliyatlarining murakkablashishi 
hisob mashg`ulotlarida ham yaqqol ko`rinadi. Maktabga boradigan bolalardan faqat 10 gacha sanash talab 
etilmaydi, balki ulardan aytilgan sonni narsalardan sanab ko`rsata bilishni talab etiladi.
Son va miqdor bog`lanishlarini tushunish barcha arifmetik amallar asosini tashkil etadi. Bolalar 
narsalar sonini oshirish yoki kamaytirish bilan tanishayotganlarida bu bog`lanishni mustahkamlaydilar[34]. 
Bolalarning matematik tafakkuriga maktab talablarining keskin o`zgarishi munosabati bilan asosiy 
e'tiborini ularda to`g`ri matematik tasavvurlar yaratishga va ular bilan ishlash ko`nikmasini hosil qilishga 
qaratish kerak. Maktabga borgandan keyingi dastlabki kunlardanoq o`quvchi duch keladigan asosiy 
matematik tushunchalaridan biri tenglik va tengsizlikdir[35]. Agarda kichik bolalar narsalarni katta 
kichiklik belgisi bo`yicha solishtirib hissiy tajriba to`plagan bo`lsalar, kattalari xuddi shu tushunchaga 
sonlarni taqqoslash asosida erishadilar. Eng avvalo, tarbiyachi bolalarning mavhum sonlar bilan ishlashga 
o`tishga shoshilmasligi kerak[36]. Bolalar dilida va qog`ozda 1+2=3, 5-1=4 kabi misollarni yechishni 
o`rgatishdan oldin ularni turli konkreti narsalar bilan ishlashga o`rgatish zarur; qo’nib turgan qushchalarga 
yana bitta yoki 2 ta qushcha uchib kelib qo`shildi (kabi). 
Xulosa:
Mahum sonlar bilan ishlashga juda erta o`tish keyingi matematik tushunchalarni 
egallashlarida bolalarni qiynab qo`yadi, bolaning sistyemali bilimlarga o`tishini umulashtirish tomon o`sib 
boruvchi qobiliyat bilan bog`lab olib borish zarur[37]. 
6-7 yoshli bolalarning umumlashtirish xususiyati ularning mavhum narsalarni tushuna olishga 
qobiliyatliligidir. Bu yoshdagi balalar ba'zi bir tushunchalarni egallab boradilar. 
Masalan, «transport», «myebel», «kiyim», «idish tovoq» kabi tushunchalarni egallab olish uchun ular 
poyezd, tramvay, avtobus kabilarning ayrim xususiyatlarini bilish va ular uchun muhim va umumiy bo`lgan 
birgina belgini ajratib olishi zarur bo`ladi. Bunday belgi avvalo narsaning vazifasi hisoblanadi.
Syensomotorikaning rivojlanishi bolaning o`qishga tayyorligining zaruriy shartidir. Ular rasm 
solishi, qirqib olish, qog`ozni bir – biriga yyelimlashi, tikish va boshqa ishlarni ko`z va qo`l bilan aniq 
bajarishi zarur. 
Bundan tashqari, bog`chada ularning diqqati, xotirasi, tafakkur va nutqini rivojlantirish o`ta muhim 
vazifalar hisoblanadi. 

Yüklə 436,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə