Yanvar boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishning maqsadlari va vazifalari



Yüklə 436,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix21.10.2023
ölçüsü436,78 Kb.
#129389
1   2   3   4   5   6   7   8
boshlang-ich-sinflarda-matematika-o-qitishning-maqsadlari-va-vazifalari

Geometrik
materiyalani asosan o`quvchilarni eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish
ularning fazoviy tasavvurlarini o`stirish, shuningdek arifmetik qonuniyatlarni, bog`lanishlarni Ko`rsatmali 
konkreti illyustratsiyalash maqsadlariga xizmat qiladi. 1- sinfdan boshlab to`g`ri chiziq, siniq chiziq, 
kesmalar ko`pburchaklar, ularning elementlari, to`g`ri burchak, kvadrat kabi geometrik figuralarni 
o`rganiladi. O`quvchilar bu geometrik figuralarni tasavvur qila olishi, ularni atashni va katak qog`ozga 
sodda yasashlarni o`rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular kesma, siniq chiziq uzunligini, 
ko`pburchak perimetrinii, to`g`ri to`rtburchak, kvadratning yuzini (Paletka yordamida) topish malakasini 
egallab olishlari kerak[23]. 
Arifmetik, algebraik, geometrik materialni o`rganish bilan uzviy ravishda o`quvchilarni asosiy
miqdorlar – uzunlik, vaqt, massa, yuza, baho, hajm, tezlik bilan tanishtirish, shuningdek, bu miqdorlarning 
o`lchov birliklari, har xil o`lchov asboblari yordamida o`lchash usullari bilan tanishtiriladi. Ismli sonlar 
ustida amallar ismsiz sonlar ustida amallar bajarish bilan bir vaqtda bajariladi, chunki ikkala hol asosida 
ham 10 li sanoq sistemasi yotadi[24]. 
Masalalar yechish yordamida arifmetik amallarning, amallar xossalarining, amallar natijalari bilan 
komponentalari orasidagi bog`lanishlarning mazmuni ochiladi. 
1 sinfda qo`shish va ayirishga doir matnli masalalar real predmetlar yoki ularning tasvirlari ustida 
amaliy ishlarni bajarishga tayangan holda qaraladi. 
Predmetlarni sanash natijasida javob olinadi. +, -, = ishoralari kiritilgandan keyin masalani yechimi 
tenglik ko`rinishda bajariladi[25]. 
Oldin sodda masalalar o`rganilib, asta – sekin murakkab masalalarga o`tiladi. 
O`quvchilar masala matnni mustaqil o`qishni, uning sharti va savolini tushunishni, ma'lum va 
noma'lum miqdorlarni ajrata olishni, masala shartini qisqa yozishni, uni rasm yoki chizma bilan 
illyustratsiyalashni, yechish reja tuzishni, zarur amallarni tanlashni, hisoblashni bajarishni, yechimni 
tyekshirishni va javobni yozishni o`rganib olishlari kerak[26]. 
Shunday qilib, masalalar matematikani turmush bilan bog`lab o`rganish vositasi, matematik 
tushunchalarning har xil tomonlarini ochib beradigan turli hayotiy-iqtisodiy vaziyatlar bilan ta'minlovchi 
matematik bilimlarning tadbiq qilinish doirasidan iboratdir. Bundan tashqari, masalalar yechish jarayonida 
o`quvchilar turmushda zarur bo`ladigan amaliy o`quv, malaka va ko`nikmalarni egallaydilar, foydali faktlar 
bilan tanishadilar[27]. 



Yüklə 436,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə