Yanvar boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishning maqsadlari va vazifalari



Yüklə 436,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix21.10.2023
ölçüsü436,78 Kb.
#129389
1   2   3   4   5   6   7   8
boshlang-ich-sinflarda-matematika-o-qitishning-maqsadlari-va-vazifalari

185
2023-YANVAR 
Bu davrda ular pedagogning topshiriqlarini tinglab, darhol bajarishi, o`qituvchi ko`rsatmalariga amal 
qilish, muhim narsani nomuhim narsadan ajrata olish, qo`yilgan vazifalar tartibini aniqlash, olingan 
natijalarini qo`yilgan masalaga mos keltirish, o`z ishini nazorat qila olish hamda boshqa malakalarni egallab 
olishlari kerak[10]. 
-Yuqorida ko`rsatib o`tilgan vazifalarni hal qilishi o`qitish mazmunining tanlanishiga, uning ma'lum 
sistyemada joylashishiga hamda shunga mos ravishda o`qitish metodi va usullarining tanlanishiga bog`liq 
ravishda amalga oshiriladi[9]. 
Maktablarning I-IV sinflarida o`rganiladigan matematika kursi maktab matematika kursining 
ajralmas tarkibiy qismidir. Shu sababli boshlang`ich matematikani muvaffaqiyatli o`zlashtirish maktabda 
butun matematik ta'limni to`g`ri yo`lga qo`yishga asos bo`lishi tushunarli bo`lib qoladi. 
Amaldagi boshlang`ich matematika dasturi tuzilishi va mazmuni ham oldingi dasturlardagi metodik 
myerosdan va ilg`or o`qituvchilarning tajribalaridan kelib chiqib, o`qitishning an’anaviy tizimidagi 
izchillikni saqlagan holda yaratiladi[11]. 
Matematika boshlang`ich kursining tuzilishi o`ziga xos xususiyatlariga ega. 
1. Boshlang`ich kursning asosiy o`zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat 
bo`lib, bu o`zak atrofida algebra va geometriya elementlari birlashadi, bu elementlari arifmetik bilimlar 
sistemasiga tarkiban qo`shilib son, arifmetik amallar va matematik munosabatlar haqidagi tushunchalarning 
yuqoriroq darajada o`zlashtirishiga imkon beradi[12]. 
2. Boshlang`ich kurs materiali konsentrik kiritiladi. Dastlab birinchi o`nlik sonlarini nomerlash 
o`rganiladi, bu sonlarni yozish uchun raqamlar kiritiladi, qo`shish va ayirish amallari o`rganiladi, so`ngra 
100 ichida sonlarni nomerlash qaraladi, xona tushunchasi, o`nli xonalarga ajratish mumkin bo`lgan sonlarni 
yozishning pozitsion printsipi ochib beriladi, 2 xonali sonlarni qo`shish va ayirish o`rganiladi, ko`paytirish 
va bo`lish amallari kiritiladi[13]. 
Boshlang`ich sinflar dasturida arifmetikadan elementar ma'lumotlarning ushbu uyushmasi berilgan: 
natural son, nol ular ustida to`rt arifmetik amalni bajarish, kasrlar, ismli sonlar va ustida amallar. Bu 
ma'lumotlarni o`rganish o`quvchilarni matematik tushunchalar sistemasini o`zlashtirishga, shuningdek 
puxta va ongli hisoblash ko`nikmalari va malakalarini egallashga olib kelishi kerak[14]. 
Natural son to`plamlar sinfining miqdoriy tavsifi kabi talqin etiladi. Bu tushuncha to`plamlar ustida 
amallar va kattaliklarni o`lchash natijalari asosida o`rganiladi. Predmetlarni o`lchash jarayonida 
o`quvchilarning amaliy faoliyatlari bilan ularning son haqidagi tasavvurlari bog`lanadi. Nomerlashni 
o`rganishda natural son tartiblangan to`plam elementi yoki natural ketma – ketlik hadi sifatida qaraladi[15]. 
Boshlang`ich kursda nol soni bo`sh to`plamlar sinfining miqdoriy tavsifi sifatida talqin etiladi. Nol – 
son va raqam sifatida 1 sinfda kiritiladi. Dastlab nolni chizg’ichning boshlang’ich nuqtasini bildiruvchi 
raqami sifatida so`ngra 2-2, 3-3 kabi ayirish natijasi sifatida qaraladi. So`ngra nol amallarning komponenti 
sifatida: 5+0, 0+8, 6-0, 0x4, 4x0, 0:4 qaraladi. Bu yerda nolga bo`lish mumkin emasligi ham eslatiladi. 
Nol raqamidan sonning yozuvida u yoki bu xona birliklari yo`qligini belgilashda foydalaniladi. (70, 
3000, 204)[16]. 
Bundan tashqarii, qo`shish va ko`paytirishning o`rin almashtirish xossasi, taqsimot qonunidan kelib 
chiqadigan natijalar: sonni yig`indiga qo`shish, sonni yig`indidan ayirish, yig`indini sondan ayirish, sonni 
yig`indiga (ko`paytmaga) ko`paytirish, yig`indini songa bo`lish kabi hisoblash usullarini ongli o`zlashtirish 
dasturga kiritilgan. 2+6= 54-20= 
Hisoblashlarning og`zaki usullari bilan bir qatorda yozma usullarga ham katta e'tibor beriladi. Yozma 
hisoblash usullarini o`rganish «Minglik» ichda qo`shish va ayirish usullarini o`rganishdan boshlanadi. 
Kyeyinroq, 900-345, 802-368 hollar qaraladi[17]. 
Matematika sistematik kursini o`rganishga tayyorlash maqsadida kasrlar haqida dastlabki tasavvurlar 
beriladi. Ulush tushunchasi butun (doira, to`g`ri 4 burchak) teng qismlardan biri sifatida kiritiladi
shuningdek, yozuvi, almashtirish va taqqoslash Ko`rsatmalilik asosida beriladi.
Arifmetik amallar matematika boshlang`ich kursida markaziy o`rinni egallaydi. Arifmetik amal 
konkreti asosida to`plamlar ustida amallar bajarish jarayonida: qo`shish – umumiy elementlariga ega 
bo`lmagan to`plamlarning birlashtirish amali, ayirish – to`plamlarni biror qismini olib tashlash amali
ko`paytirish – bir xil sondagi elementlaridan tuzilgan to`plamlarni birlashtirish amali, bo`lish – to`plamlarni 
o`zaro kesishmaydigan teng elementlaridan tuzilgan bir nechta to`plamlarga ajratish amali asosida ochib 



Yüklə 436,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə