Yanvar boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishning maqsadlari va vazifalari



Yüklə 436,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix21.10.2023
ölçüsü436,78 Kb.
#129389
1   2   3   4   5   6   7   8
boshlang-ich-sinflarda-matematika-o-qitishning-maqsadlari-va-vazifalari

186
2023-YANVAR 
beriladi. Bunday yondashish bolalarning tajribasiga tayanish va shakllantirilayotgan bilimning ko`rgazmali 
asosini tashkil etishga imkon beradi. Har bir amalning belgisi, nomi, komponentalari va amal natijalarining 
nomlari kiritiladi. Sodda va murakkab ifodalar qaraladi[18]. 
Boshlang`ich matematika kursida o`quvchilarning hisoblash malakalarini shakllantirishga 
mo`ljallangan turli mashqlar sistemasi qaraladi: ayrim misollarning yechilishi, jadvallarni to`ldirish, 
harflarning sonli qiymatini qo`yish, ifodaning sonli qiymatini topish[20]. Jadval hollarda qo`shish, 
ko`paytirish, ayirish, bo`lish to`la avtomatizm darajasiga yetkazilishi kerak[19]. 
Arifmetik amallarning xossalarini o`rganish hamda amallarni bajarish asosida komponentalar va amal 
natijalari orasidagi bog`lanish; komponentalarning birining o`zgarishi bilan arifmetik amallar natijalarining 
o`zgarishi o`rganiladi. 
Algebra elementlarini kiritish chuqur, umumlashgan o`zlashtirish maqsadlarini ko`zlaydi. Konkreti 
misollar asosida tenglik, tengsizlik, tenglama o`zgaruvchi tushunchalari ochib beriladi.
1- sinfdan boshlab sonli tenglik va tengsizliklar (2=2, 4=1+3, 2<3, 5+2>5, 8-4<8-3….) qaraladi va 
murakkablashib boradi. Ularni o`rganish arifmetik amallarni o`rganish bilan bog`lanadi va uni chuqurroq 
o`zlashtirishga yordam beradi. Dastlab, x+2=5, 7-x=4 kabi eng sodda keyinroq (x+5)-3=10 ko`rinishdagi 
murakkabroq tenglamalar o`rganiladi, tenglamalarni yechish olidn tanlash usuli bilan, so`ngra esa amal 
natijalari bilan komponentalari orasidagi bog`lanishga asoslangan holda yechiladi. Tenglamalarni yechish 
bilan bir paytda masalalarni tenglama tuzish bilan yechishga o`rgatiladi[21]. 
Harf o`zgaruvchini belgilovchi simvol (a+v, 15-R) sifatida o`zgaruvchili tengsizliklar (8-s>5) 
kiritiladi; va ular tanlash yo`li bilan yechiladi. O`zgaruvchi bilan amaliy tanishtirish o`quvchilarning 
funktsional tasavvurlarini shakllanishiga imkon yaratadi[22]. 

Yüklə 436,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə